2- mavzu: Bolalarning shartli o’lchovlar yordamida turli o’chamlarni o’lchash haqidagi tasavvurlarni shakillantirish. Reja


Download 0.56 Mb.
Sana09.01.2022
Hajmi0.56 Mb.
#255832
Bog'liq
2-dars

2- mavzu:Bolalarning shartli o’lchovlar yordamida turli o’chamlarni o’lchash haqidagi tasavvurlarni shakillantirish. Reja:

1.O‘lchash haqida tushuncha.

2.Bolalarda shartli o‘lchov yordamida turli o‘lchamlarni o‘lchash haqidagi tasavvurlarni shakllantirish.

3.Bolalarning suyuqliklarning sig`imi haqidagi bilimlari haqidagi tasavvurlarni shakllantirish.

  • O`qitishning dastlabki oylarida maktabgacha eshdagi bolalarning o`zlariga geometrik figuralar – doira va kvadratlarni farq qilish hamda to`g`ri aytish malakalarini mustahkamlash kerak. Bu ishni gruppalarni miqdoriy taqqoslash mashqlari va sanoqqa o`rgatish deb aytilishini bola anglaydi.

  • Kundalik xaetda olib borgan maxsus mashg`ulotlar davomida bolalarni uzunlik o`lchashni, turli usullarini o`rganib oladilar. Enini o`lchashga o`rgatish vaqtida bolalarga o`lchovni predmetning ko`ndalangiga qarab qo`yganlini tushuntirishning o`zi kifoya. Predmetning uzunligi va enini o`lchash vaqtida olgan ko`nikmalarini balandlikni o`lchash vaqtida qo`llaydilar, shuning uchun bu o`lchovni olishda qiynalmadilar, va birinchi mashg`ulotdaek o`lchovni to`g`ri ola boshlaydilar.
  • Bu vaqtda shu yoshdagi bolalarda ma`lum bir narsaga uning o`lchamini anglatuvchi so`zni qo`shib aytish kuzatiladi. Masalan, bir sharoitda bola bir necha karobka ichidan bittasini eng uzun deb olsa, boshqa sharoitda ham, karobka bu gal boshqalariga qaraganda baland bo`lsada, uni “uzun” deb atayveradi.

  • Xuddi shu narsa ancha kattaroq bolalarda ham kuzatiladi. 5-yoshli bolalar katta – kichiklik haqidagi tushuncha (tasavvur) ancha keng. Ular faqat ko`rinib turgan narsalarni emas, balki ko`rinmaydigan narsalarni ham taqqoslay oladilar: “bizning uyimiz bog`chamizdan katta, u besh qavatli”.
  • Biroq bu yoshdagi bolalarda ham o`ziga xos xususiyat bor. Masalan bolalar bo`yi baland odam degan gapni tez tushunadilar va nutqlarda ishlatadilar, lekin “Bo`yi baland archa” yoki “bo`yi past ayiq” degan tushunchalarni ishlatmaydilar, bu erda ular faqat “katta” va “kichik” so`zini ishlatadilar. Bolalar “chuqur”, “yuza” tushunchalarini ham qiyinchilik bilan o`zlashtiradilar.

  • Shunday qilib, narsalar turli o`lchamlarni ajratishda bolalar ancha qiynaladilar. Bolalar sonlarni taqqoslash mobaynida katta-kichiklik haqidagi tushunchalarni oson o`zlashtiradilar. Katta maktabgacha eshdagi bolalar aniq narsalarni taqqoslab, ularning o`lchamlarini ajratishlari mumkin, lekin bu xar bir narsaning o`lchamini alohida holda ajrata olmaydilar.

Katta maktabgacha eshdagi bolalar xatto aniq doimiy fazoviy egallab turadigan narsalarda, masalan,yozuv stolining uchta o`lchami (uzunligi, eni, balandligi)ni aniq ajrata olmaydilar. Bola ko`pincha bu uchta o`lcham o`rniga narsaning uchta tomonini ko`rsatadi.

Maktabgacha eshdagi bolalarning narsalarining katta-kichikligi haqidagi tushunchani o`zlashtirib olishlari imkoniyatlari va o`ziga xos xususiyatlarini ilmiy tekshirishlar natijasida ochib berish bolalar bog`chasidagi har bir yosh gruppasi uchun dasturda berilgan bo`lim bo`yicha kerak bo`lgan zarur bilim va malakalar hajmini aniqlashga imkon beradi.


  • Bolalarga shartli o`lchovlarni o`rgatishdan oldin o`lchovning aniq chiqishiga erdam beradigan qo`yidagi qoidalarni tushuntirish lozim.
  • Har doim o`lchovni eng chekkadan boshlash kerakligi haqida.
  • O`lchovni ohirini belgilab qo`yish kerakligi haqida.
  • Predmetning uzunligini o`lchash vaqtida o`lchov chapdan o`nga qarab, eni bilan bo`yini o`lchagan vaqt o`lchovyuqoridan pastga qarab olinishi haqida.
  • Keyingi o`lchovni oxirgi belgi qo`yilgan joydan boshlash kerakligi haqida.
  • O`lchov olayotgan vaqtda albatta uning sonini sanash kerakligi haqida.
  • Bolalarni uzunlikni o`lchashga o`rgatishga vaqtida o`lchovni soniga qarab, lentachalarning uzunligini o`lchash yoki chiziqchalarda ramka chizishni taklif qilinadi.
  • Bolalar rasmdagi predmetlarning o`lchamlarini olishga qaraganda, tayer predmetlarning o`lchamlarini olish vaqtida uncha qiynalmaydilar. Shuning uchun bolalarga to`g`ri o`lcham olishni o`rgatish vaqtida tayer predmetlardan foydalanish kerak. Shuningdek ma`lum sondagi o`lchovlar ko`p bo`lmasligi ya`niy 5-ta bo`lishi kerak.

  • Tajriba va kuzatishlar shuni ko`rsatdiki, u`-w eshli bolalar uzunlikni o`lchashni to`la egallash qobiliyatiga egadirlar. Og`irliq o`lchamini bolalar qanday tushunadilar Kuzatish va bolalarning javobi shuni ko`rsatadiki, eshli bolalar og`irlikni tarozi orqali o`lchash kerakliginibiladilar.
  • Xaltacha (qop)larda qancha shakar bor degan savolga bolalar “Uni tarozida tortish kerak” deb javob beradilar.
  • Bu savolga maishiy uy tajribasini ifodalovchi javoblar ham beradilar. Stakan bilan o`lchash kerak.
  • Bolalar shu narsalarning og`irligi uning toshi ekanligini bilmaydi. Toshlar katta va kichik, og`ir va engil bo`ladi. Agar bolalarning uzunlik va og`irlik haqidagi bilimlari taqqoslansa, ularning og`irligi haqidagi bilimlari ko`p ekaniga ishonch hosil qilamiz.

  • Bolalarning suyuqliklarning sig`imi haqidagi bilimlari juda past ekanligi aniqlangan. Bolalarning ko`pchiligi ko`zadagi sutni qanday o`lchashni bilmaydi. Ularni santimetr bilan, lineyka bilan gradusnik bilan deb javob beradilar.

Turli narsalarni o`lchay olishga o`rgatish bolaning aqliy taraqqietiga katta ta`sir qiladi. Shuning uchun bog`chaning katta tayerlov gruppalarida olib borgan ta`lim natijasida ularga uzunlikni o`lchash, og`irlikni o`lchash, suyuqlikning sig`imini o`lchash, va ularning o`lchov birliklari bilan tanishtirib borish kerak.
  • Turli narsalarni o`lchay olishga o`rgatish bolaning aqliy taraqqietiga katta ta`sir qiladi. Shuning uchun bog`chaning katta tayerlov gruppalarida olib borgan ta`lim natijasida ularga uzunlikni o`lchash, og`irlikni o`lchash, suyuqlikning sig`imini o`lchash, va ularning +o`lchov birliklari bilan tanishtirib borish kerak.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling