2- mavzu: Boshlangʻich maktabda pedagogik jarayonning zamonaviy tendensiyalari va texnologiyalari
Pedagogik texnologiyalarning shakllanishi va tadrijiy rivojlanish tarixi
Download 50.54 Kb.
|
2 maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Texnologiya"
- «Pedagogik texnologiya
- Yan Amos Komenskiy ta’limni texnologiyalashtirish goyasini ilgari surgan.
Pedagogik texnologiyalarning shakllanishi va tadrijiy rivojlanish tarixi.
Ilmiy texnik taraqqiyot XX asr oxiriga kelib faqatgina ko’plab ishlab chiqarish sohalarini texnologiyalashtirishga sabab bo’lib qolmay, balki madaniyat sohasiga, bilimlar gumanitar sohalariga ham kirib keldi. Bugungi kunda biz endi axborot, tibbiyot texnologiyalari haqida gapiramiz, shu jumladan ta’lim sohasida ham. "Texnologiya" tushunchasi texnikaviy taraqqiyot bilan bog’liq holda fanga 1872-yilda kirib keldi. Texnologiya - bu belgilangan maqsad va kafolatlangan natijaga erishishning iqtisodiy samarali loyihalangan jarayonlar ketma-ketligi majmuidir. “Texnologiya” so’zi lotincha “Thexnos” – san’at, hunar, soha va “Logos” – fan degan ma’noni anglatadi. Biroq bu ifoda texnologik jarayonni to’liq tavsiflab berolmaydi, texnologik jarayon har doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalangan holda amallarni (operatsiyalarni) muayyan ketma-ketlikda bajarishni ko’zda tutadi. Yanada aniqroq aytadigan bo’lsak, texnologik jarayon, bu – mehnat qurollari bilan mehnat ob`ektlari (xom ashyo) ga bosqichma- bosqich ta`sir etish natijasida mahsulot yaratish borasidagi ishchi (ishchi-mashina) ning faoliyatidir. «Pedagogik texnologiya» so‘z birikmasi asosida «texnologiya», «texnologik jarayon» tushunchalari yotadi. Ushbu tushunchalar orqali sanoatda tayyor mahsulotni olish uchun bajariladigan ishlarning ketma-ketligi haqidagi texnik hujjat, ta’limda esa fan bo‘yicha uslubiy tadbirlar majmuasi tushuniladi. Pedagogik texnologiyani tushunishning asosiy yo‘li aniq belgilangan maqsadlarga qaratish, ta’lim oluvchi bilan muntazam o‘zaro aloqani o‘rnatish, pedagogik texnologiyaning falsafiy asosi hisoblangan ta’lim oluvchining xatti-harakati orqali o‘qitishdir. O‘zaro aloqa pedagogik texnologiya asosini tashkil qilib, o‘quv jarayonini to‘liq qamrab olishi kerak. Texnologiya deganda sub'ekt tomonidan kiritilgan ta'sir natijasida sub'ektda sifat o’zgarishiga olib keluvchi jarayon tushuniladi. Texnologiya har doim zarur vositalar va sharoitlardan foydalanib, ob'ektga yo’naltirilgan aniq maqsadli amallarni muayyan ketma-ketlikda bajarishni ko’zda tutadi. Ta’limni texnologiyalashtirish g’oyasi yangilik emas. Bundan 400 yil avval chex pedagogi Yan Amos Komenskiy ta’limni texnologiyalashtirish goyasini ilgari surgan. U ta’limni “texnikaviy” kilishga undagan, ya’ni xamma narsa nimaga o’qitilsa, muvaffakiyatga ega bulsin. Natijaga olib keluvchi o’quv jarayonini, u “didaktik mashina” deb atagan. Bunday didaktik mashina uchun anik kuyilgan maqsadlar; bu maqsadlarga erishish uchun, anik moslashtirilgan vositalar; bu vositalar bilan qanday foydalanish uchun, anik koidalarni topish muximligini yozgan. Ta’lim nazariyasi va amaliyotida o’quv jarayoniga texnologik xususiyatni berish uchun 50-yillarda birinchi urinishlar kilib kurilgan. Ular uz ifodasini an’anaviy o’qitish uchun majmuali texnik vositalarni yaratishda topgan. Download 50.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling