2- маvzu. Boyitish jarayonlari va mahsulotlarining klassifikatsiyasi. Mа’ruzаning rejаsi
Download 182.6 Kb. Pdf ko'rish
|
FQB2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so`zlar va iboralar
- 2. Asosiy jarayon
2- Маvzu. Boyitish jarayonlari va mahsulotlarining klassifikatsiyasi. Mа’ruzаning rejаsi 1. Boyitish jarayonlari va mahsulotlarining klassifikatsiyasi. 2. Tayyorlash jarayonlari 3. Asosiy jarayon 4. Yordamchi jarayon 5. Boyitish usullari va minerallarning xossalari Tayanch so`zlar va iboralar: Qimmatbaxo komponent, foydali qo’shimcha, zararli qo’shimchalar, yo’ldosh elementlar konditsiyalar, oksidlar, silikatlar, alyumosilikatlar,elash, maydalash, yanchish va klassifikatsiyalash qimmatbaxo komponent, foydali qo’shimcha, zararli qo’shimchalar, yo’ldosh elementlar konditsiyalar, oksidlar, silikatlar, alyumosilikatlar,gravitatsiya , flotatsiya,magnit , elektr. Foydali qazilmalarni boyitish jarayonlari uchta jarayonlarni o'z ichiga oladi: 1.Tayyorlash jarayonlari – o'tkazishdan maqsad mineral zarrachalarni yuzasini ochib berishdan iborat bo'lib; elash, maydalash, yanchish va klassifikatsiyalash jarayonlarini o'z ichiga oladi. 2. Asosiy jarayon - o'tkazishdan maqsad mineral zarrachalarni ajratib olishdan iborat bo'lib, gravitatsiya , flotatsiya, magnit , elektr, qo'lda saralash va boshqa usullarni o'z ichiga oladi. Boyitishning asosiy usullari: gravitatsiya va flotatsiya usullari bo'lib, ular boyitish fabrikalarida ko'proq qullaniladi. Gravitatsiya - usulida boyitish mineral zarrachalarning zichligidagi farqiga harab boyitishdir. Flotatsiya - mineral zarrachalar yuzasining fizik-kimyoviy xossalaridagi farqiga asoslangan boyitishdir. Magnit - mineral zarrachalarning magnitlanish qobiliyatiga harab boyitish usuli. Elektr - mineral zarrachalarning elektr xossalaridagi farqiga harab boyitish usuli. qo'lda saralash - mineral zarrachalarning rangi, yaltiroqligi, shakliga harab boyitish usuli. Download 182.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling