2- mavzu: Elekrton jadvallar bilan ishlash texnologiyasi
Download 128.12 Kb.
|
2- Ma\'ruza Elekrton jadvallar bilan ishlash texnologiyasi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8.3.2.2-rasm
2- Mavzu: Elekrton jadvallar bilan ishlash texnologiyasi. Reja: 1.Excel elektron jadvali haqida umumiy ma‘lumotlar 2.Excel dasturini yuklash va unda ishni tugatish 3.Excel elektron jadval dasturining menyusi Microsoft Excel elektron jadval dasturi haqida umumiy ma‘lumotlar.Microsoft Excel (ba'zan Microsoft Office Excel deb ataladi Microsoft korporatsiyasi tomonidan Microsoft Windows,Windows NT va MacOS, shuningdek Android, iOS, Windows Phone uchun yaratilgan elektron jadvallar bilan ishlash uchun dastur. U iqtisodiy-statistik hisob-kitoblar, grafik vositalarimkoniyatlarini taqdim etadi. Mac OS X platformasidagi Excel 2008 yilning dasturlash tili VBA (Visual Basic for Application). Microsoft Excel Microsoft Officening tarkibiy qismi hisoblanadi va bugun Excel dunyodagi eng mashxur ilovalar qatoriga kiradi. Excel Microsoft Office paketi tarkibidagi dastur bo’lib, u Windows operatsion tizimi boshqaruvida ma‘lumotli elektron jadvallarni tayyorlash va kayta ishlashga mo’ljallangan.Windows operatsion tizimi yaratilmasdan avval DOS tarkibida Super Calc,QuatPrio va shunga o`xshash elektron jadvalli dasturlardan foydalanilgan.Windows muxiti yaratilgandan keyin, ayniksa Windows operatsion tizimi yaratilgandan keyin ko’pgina foydalanuvchilar Office dasturlarining electron jadvalli dasturi Microsoft Excel elektron jadval (EJ) dasturidan foydalanish imkoniyatiga ega bo’ldilar. Excelda tayyorlangan har bir hujjat (ma‘lumotli jadval) ixtiyoriy nom va xls kengaytmadan iborat fayl bo’ladi. Excelda odatda bunday fayl «Ishchi kitob»(Workbook, kniga ) deb yuritiladi.Microsoft Excelning asosiy ish sohasi bu – «Ishchi kitob» bo’lib, u standart holda 3 ta varakdan (list) dan iborat bo’ladi. Foydalanuvchi xoxishiga ko’ra bu varaqlar sonini oshirishi yoki kamaytirishi mumkin. Ish varagida buxgalter(hisobchi) kitobi kabi, sonlar, matnlar, arifmetik ifodalar, hisoblar kator va ustunlarda joylashgan bo’ladi. Excel elektron jadvali, butun sonlar bilan tartiblangan 65536 ta kator (row-“1, 2, 3,…,65536”) va lotin alifbosining bosh harflari bilan nomlangan 256 taustun (column – A,B,C,D,……,Z,AA,AB,…,IV)dan iborat. Kator va ustun kesishmasida elektron jadvalning tarkibiy elementi – katak (sell – ya cheyka) joylashgan. Har bir katakka son, matn, yoki formula tarzidagi ma‘lumotlar kiritiladi. Kataklarning nomlari kator va ustunlarning nomlaridan kelib chikadi. Masalan A ustun bilan 7 katorning kesishmasi A7 katagi deyilsa D ustun bilan 12 katorning kesishgan joyi D 12 katagi deyiladi. Windows ishchi stolida MS Excel nomli yorliq bo’lsa, shu yorliqni ishga tushurish bilan Excelni yuklash mumkin. Ya‘ni shu yorliqga sichqoncha ko’rsatgichi keltirilib bir vaqtda ikki marta sichqonchaning chap tamondagi tugmasi bosiladi. Ishchi stoldagi MS Excel yorligiga ko’rsatgich keltirilib yorliqning kontekstli menyusi ochiladi va menyudan «Открыть» bo’limi tanlanadi. Agar foydalanuvchi vazifalar qatoriga Excelning belgisini (znachok) kiritib kuygan bo’lsa, shu belgini sichqoncha orqali tanlash bilan ham elektron jadvalni yuklash mukin. «Пуск» tugmasini bosib Windowsning menyusi chiqariladi, menyudan «programm» bo’limi tanlanadi, so’ng MS Excel tanlanib Excel EJ ni yuklash mumkin. «Пуск» tugmasini bosib Windowsning menyusi chiqariladi, «Документы» bo’limini chiqarib, Excelda yozilgan fayllardan birini tanlasaq shu fayl bilan birgalikda Excel EJ chiqadi. Excel EJ yuklanganda ekranga ikkita oyna chiqadi, oynaning biri Excelning oynasi bo’lsa ikkinchisi EJ kitobinig oynasi. 1- rasmda Excel oynasining umumiy ko’rinishi va uning elementlari ko’rsatilgan. Excel EJ dan chiqish uchun bir necha usullardan foydalanish mumkin: -sichqoncha yordamida boshqarish tugmalaridan ёпиш (закрыть) tugmasi bosiladi. -menyudan «Файл» bo’limiga o’tiladi, so’ng «Выход» bo’limi tanlanadi. Bu ishni sichqoncha orqali yoki klaviatura yordamida ham bajarish mumkin. Alt tugmasi bosiladi, Enter klavishi bosiladi, so’ng «Выход» bo’limi tanlanadi. - Faqat klaviaturadan foydalanish kerak bo’lsa, quyidagi klavishlar ketma-ket bosiladi. Chap Alt, Ф, ы. - Alt va F4 klavishlari birgalikda bosiladi. Excel EJ oynasining umumiy ko’rinishidagi nomerlangan elementlar quyidagilar: Excel oynasining belgisi va sarlavxasi. Excel Ejning menyusi. Excel oynasining boshqarish tugmalari. O’rash, (tiklash) yoyish va yopish tugmalari. Excel oynasining instrumentlar paneli. Yacheyka (katak) nomini ko’rsatuvchi satr. Formula (yozish) qatori Ustun nomlarini ko’rsatuvchi satr. Qator nomerlarini ko’rsatuvchi satr. Varaqlarni utkazuvchi (aylantiruvchi) tugmalar. EJ kitobining varaqlari. CHizish va ob‘ektlar bilan ishlashning instrumentlar paneli. EJ kitobini gorizontal aylantirish (utkazish) tugmalari. EJ kitobini vertikal aylantirish (utkazish) tugmalari. Elektron jadvallar hayotning har xil sohasida uchraydigan, avvalambor hisoblash va iqtisodiy masalalarni echishda, jumladan, berilganlarni tez oʻzgartirib turuvchi masalalarni tezkor ravishda qayta ishlab chiqishda, masalan, bank hujjatlari bilan ishlash kabi keng koʻlamli masalalarni yechishda qoʻllaniladigan oʻta quvvatli vosita hisoblanadi. Hisoblash elektron jadvalining dastlabki dasturi 1979-yili Visicals (Visiblencalculators-koʻrinib turuvchi kalkulyator) nomi bilan Software Arts firmasida chiqqan. Bu dastur Apple II kompyuteri uchun ishlab chiqilgan va koʻp jihatdan uning bozorda ommabopligi aniqlandi. 1981-yil IBM PS kompyuteri paydo boʻlishi bilan bu tipdagi kompyuterlar uchun elektron jadvallar ishlab chiqila boshlandi. Visicals va Supercals dasturlarining yangi koʻrinishlari paydo boʻldi, shu bilan birgalikda Microsoft-Multiplan firmasining birinchi amaliy dasturi paydo boʻldi va u elektron jadvallar yangi avlodining yorqin yulduziga aylandi. Hisoblashlar natijalarini koʻrgazmaliroq tasvirlash uchun joylashtirilgan grafik rejimlarining paydo boʻlishi, bu elektron jadval rivojlanishining navbatdagi qadami boʻldi. 1983-yil LOTUS firmasining 1-2-3 paketlari chiqib, kutilgandan ham ziyodroq muvaffaqiyatga erishdi. Ammo 1997-yil Microsoft firmasi tomonidan Excel dasturi taqdim etildi, u hozirgi kunda ham oʻz sinfidagi eng quvvatli dastur hisoblanadi. Shubha yoʻqki, Excel eng ommabop dasturlardan biridir. Bu dastur ixtiyoriy axborotni (matnlar, sonlar, sana va hokazolarni) qayta ishlab chiqish va saqlash imkonini beribgina qolmasdan, balki qilgan ishingiz natijasini bezash, koʻrgazmaliroq koʻrsatish va chop etish imkoniyatini beradi. Bunda siz WinWord dasturidagi tahrirlash vositalaridan foydalanishingiz mumkin. Dastlab Excelning ommaviy imkoniyatlarini oʻzlashtirish qiyin emas, ammo dasturning murakkabligi va imkoniyatlarining juda kengligi sababli ular bilan tanishish uzoq davom etishi mumkin, binobarin, aynan ish jarayonida uning yangi-yangi imkoniyatlarini koʻrish mumkin. Elektron jadvallar hayotning har xil sohasida uchraydigan, hisob va iqtisodiy masalalarni echishda, jumladan, oldindan tayyor boʻlgan maʼlumotlarni tezkor ravishda qayta ishlab chiqishda yoki sonli xisobotlar bilan ishlash kabi keng koʻllamli masalalarni echishda qoʻllaniladigan oʻta qulay vosita hisoblanadi. Yuqorida taʼkidlanganidek, 1982-yil Microsoft CP/M tizimlarida juda ommabop boʻlgan ilk jadval protsessori Multiplanni bozorga chiqardi, ammo u MS-DOS tizimlarida Lotus 1-2-3 dasturidan ortda qolardi. Excelning ilk versiyasi Mac uchun moʻljallangan edi va 1985-yil chiqarilgan, Windows uchun versiyasi esa 1987-yil noyabrda ishlab chiqilgan. Lotus Windows uchun dasturini moslashtirishga shoshilmadi bu esa 1988-yildan Excelning undan oʻtib ketishiga sabab boʻldi. Microsoft har bir yangi versiya uchun oʻz mavqeyini mustahkamlay boshladi. Windows platformasiga moʻljallangan hozirgi versiyasi Excel 16, Mac OS X uchun esa Microsoft Excel 2012 dir. Boshida Excel nomi bilan bogʻliq muammo paydo boʻldi, negaki boshqa kompaniya shu nomdagi dasturlar paketi bilan savdo qilardi va Microsoftni sudga beradi. Shu sababli bundan buyon Microsoft har qanday hujjatlarda dastur nomini Microsoft Excel deb yuritishga majbur boʻladi. Keyinchalik Microsoft kompaniyasining shu nomdagi dasturlarni sotib olishi natijasida muammoga barham berildi. Kompaniya dasturning qisqartmasi sifatida XL harflaridan foydalanishga qaror qildi va bu hozirgacha davom etmoqda, Excel faylarini kengaytmasi esa —. xls. Birinchi jadval muharrirlari bilan taqqoslaganda Excel foydalanuvchiga keng imkoniyatlarni taqdim etadi. Excel foydalanuvchiga ekraning oʻzida jadvalning koʻrinishini, shriftlar, belgilar va katak tashqi koʻrinishini oʻzgartirish imkonini bergan ilk jadval muharriridir. Yana u kataklarning aqlli hisobini chiqarib beradigan dastur edi. 1993-yilda ilk marotaba Microsoft Officeʼga birlashtirilish munosabati bilan Microsoft Word va Microsoft PowerPoint Excelʼga monand grafik interfeysga ega boʻlishdi. 1993-yildan boshlab Excel tarkibiga Visula Basic'ga asoslangan Excel masalalarini avtomatlashtirish imkonini beruvchi dasturlar uchun Visual Basic dasturlash tili kiritiladi. VBA foydalanuvchi bilan aloqa qilish formalarini yaratishga imkon beradi. Bu til DLL (ing. Dynamic Link Library-dinamik kutubxona)ni qoʻllashi (yaratishi emas) mumkin. VBAning funksionalligi Excelni makroviruslar uchun oson nishonga aylantirdi. Bu antivirus mahsulotlari ularni topishni oʻrganmagunlarigacha katta muammo boʻlib qoldi. Shu sababli Microsoft quyidagi himoya turlarini tanlash imkonini oʻz dasturiga qoʻshdi: makroslarni toʻliq oʻchirish hujjat ochilishi bilan makroslarni yoqish sertifikatga ega makroslarga ishonish. Excelning 5.0 dan 9.0 gacha versiyalari oʻzida turli „yashirin sir“larni saqlaydi, ammo 10-chi versiyadan soʻng Microsoft ularni yoʻq qilish chora-tadbirlarini qoʻllay boshladiExcel elektron jadvali, butun sonlar bilan tartiblangan 65536 ta qator (row- “1, 2, 3,…,65536”) va lotin alifbosining bosh harflari bilan nomlangan 256 ta ustun (column – A,B,C,D,……,Z,AA,AB,…,IV)dan iborat. Qator va ustun kesishmasida elektron jadvalning tarkibiy elementi – katak (sell – yacheyka) joylashgan. Har bir katakka son, matn, yoki formula tarzidagi ma‘lumotlar kiritiladi. Kataklarning nomlari qator va ustunlarning nomlaridan kelib chiqadi. Masalan A ustun bilan 7 qatorning kesishmasi A7 katagi deyilsa D ustun bilan 12 qatorning kesishgan joyi D12 katagi deyiladi. Excel elektron jadvallar muharriri Microsoft firmasining avtorlik huquqlari bilan himoyalangan MS Office dasturlar paketining tarkibiy qismi, u turli sohalarda keng qo'llaniladi. Unda turli xil hisob-kitoblar amalga oshiriladi va hujjatlar tayyorlanadi. Excel matnlar, o'zgarmaslar, formulalar va jadvallar bilan ishlashda qulaylik yaratadi. Excel elektron jadvallar muharriri o'ziga xos ko'rinishga egadir. Uning interfeysi quyidagicha: Excel ning ishchi oynasi bir qancha qismlardan iborat bo'lib, ular quyidagilardir: 1. Sarlavha satri. 8.3.2.2-rasm Sarlavha satrida Excel jadval muharririda ochilgan ishchi kitobning nomi aks etadi. 2. Menyu satri. Menyu satri o'z ichiga vazifalari bo'yicha turkumlangan buyruqlar va xizmatlar yig'indisini olgan. 3. Uskunalar paneli Uskunalar paneli har biri alohida funksiyani bajaruvchi tugmalar yig'indisidir. Uskunalar panelidagi biron-bir tugmaning bosilishi Excel dasturining mos buyrug'ini ishga tushiradi. 4. Formulalar satri Bu satrga formula va funksiyalar kiritiladi. Shuningdek, ushbu satrda joriy katakdagi ma'lumotlar (matn, formula va funksiyalar) aks ettiriladi. 5. Katak manzili Mazkur maydonda ochilgan joriy ishchi kitobdagi faol (aktiv) katak (yacheyka) ning manzili aks etadi. Ushbu maydon ochilganda barcha nomlangan kataklarning (agar mavjud bo'lsa) va joriy ishchi kitobning diapazonlari ro'yxati chiqadi. 6. Holat satri. Ushbu satr ishchi kitobda amalga oshirilayotgan amallar haqida ma'lumot beradi, shuningdek, unda CAPS LOCK, NUM LOCK, SCROLL LOCK tugmalarining holati aks etadi. 7. Sahifadan sahifaga o'tkazish belgilari Excel jadvallar muharririda bir necha sahifalardan iborat jadvallar bilan ishlash imkoniyati mavjud. Mazkur panel esa bir sahifadan ikkinchisiga o'tish imkoniyatini beradi. 8. Menyu satri Menyu satri quyidagi bo'limlardan iborat: - Fayl; - Pravka (Tahrir); - Vid (Manzara); - Vstavka (Joylash); - Format; - Servis (Xizmat); - Dannie (Ma'lumotlar); - Okno (Oyna); - Spravka - Ko'mak. Yuqorida sanab o'tilgan bo'limlarning har biri o'z tarkibiy menyulariga ega bo'lib, u yerda ularda xos turli buyruqlar joylashgan. Bosh menyuning Fayl bo'limi quyidagi ko'rinishga ega: Sozdat (Yaratish) - buyrug'i yangi ishchi kitobni ochadi. Bunda tayyor ishchi kitoblari qoliplaridan ham foydalanish mumkin. Otkrit (Ochish) - qattiq (vinchester) yoki yumshoq disklardagi mavjud ishchi kitoblarni ochadi. Zakrit (Yopmoq) - joriy (yuklangan) ishchi kitobni yopadi. Soxranit (Saqlash) - joriy (yuklangan) ishchi kitobni xotiraga saqlab qo'yadi. Soxranit kak (kabi saqlash) - joriy (yuklangan) ishchi kitobni yangi nom ostida va (yoki) boshqa katalogda saqlash imkonini beradi. Shuningdek, bu buyruq ish kitobiga turli maqomlar berishga hamda parol (password) orqali himoyalashga imkon beradi. Soxranit rabochuyu oblast (ishchi holatini saqlash) - ekranning ko'rinishini va dasturning sozlanish holatini saqlab qo'yish. Parametri stranisi (Sahifa parametrlari) - ish sahifasini formatlashda va kerakli sahifa parametrlarini o'rnatish uchun dialog oynasini ochadi. Oblast pechati - ma'lum bir belgilangan kataklar diapazonini bosmaga chiqarish uchun ma'lumotlar kiritiladi. Predvaritelniy prosmotr (Yakuniy nazorat) - tayyor ishchi kitobning qay holda bosmaga chiqishini oldindan ko'rish. Pechat (chop etishi) - tayyor ishchi kitobi faylini bosmaga chiqarish. Vixod (Chiqish) - Excel elektron jadvallar muharriridan chiqish. Pravka (Tahrir) menyusi quyidagi ko'rinishga ega: Otmenit (Bekor qilish) - jadval ustida bajarilgan oxirgi amalni bekor qilish. Vernut (Qaytarish) - jadval ustida bajarilgan oxirgi amalni bekor qilinganidan so'ng shu amalni qaytarish. Virezat (Kesib olish) - jadvaldagi belgilangan kataklar diapazonini kesib olib, xotira (almashtirish buferi) ga saqlab qo'yish. Kopirovat (Nusxa olish) - jadvaldagi belgilangan kataklar diapazoninidan nusxa olib, xotira (almashish buferi) ga saqlab qo'yish. Vstavit (Joylash) - ko'rsatkich (kursor) turgan joyga xotira (almashish) buferiga saqlab qo'yilgan matn bo'lagini qo'yish. Spesialnaya vstavka (Maxsus joylash) - Ushbu buyruq bir necha katakdan nusxa olib qo'yishda ishlatiladi. Bu buyruq ishga tushirilganidan so'ng maxsus muloqat oynasi ochiladi. Bu oynada almashish buferiga olingan malumot bo'lagini turli k?rinishda joylaydi va parametrlari tanlanadi. Zapolnit (To'ldirish) - ma'lum bir talablar asosida kataklar blokini to'ldiradi. Ochistit (Tozalash) - belgilangan diapazonni ma'lumotlardan tozalash. Udalit (o'chirish) - belgilangan diapazon kataklaridagi ma'lumotlarni muloqot oynasidagi parametrlar asosida olib tashlash. Udalit list (Sahifani o'chirish) - Ishchi kitobidagi ishchi sahifasini olib tashlash (o'chirish). Nayti (Topish) - ish kitobidagi biror bir ma'lumotni (joylashgan o'rnini) qidirib topish. Bu quyidagi muloqot oynasi orqali amalga oshiriladi: Zamenit (Almashtirish) - biror bir ma'lumotni qidirib topish va boshqasiga almashtirish. Pereyti (o'tish) - belgilangan, alohida ikki blokning biridan ikkinchisiga o'tish. Menyuning qolgan barcha bo'limlarining farmoishlari uskunalar panelida joylashgan. Uskunalar paneli Excel elektron jadvallar muharririda bir qancha uskunalar paneli mavjuddir. Ulardan asosiylari quyidagilardir: Standartnie (standart uskunalar) Formatirovanie (formatlash uskunalari) Diagrammi (Diagrammalar) Uskunalar panelidagi buyruqlar tugma ko'rinishiga ega bo'lib, agar sichqon ko'rsatkichini biron-bir tugma ustida bir necha soniya ushlab turilsa, shu tugmaning nomlanishi ekranga qalqib chiqadi. Standartnaya (Standart) uskunalar paneli Standart uskunalar panelining ko'rinishi quyidagicha: Bu paneldagi ba'zi tugmalar vazifalari Fayl va Pravka menyularidagi mos farmoishlar bilan bir xil, ya'ni: (Chapdan o'ngga) - Sozdat (Yaratish), Otkrit (Ochish), Soxranit (Saqlash), Pechat (Chop etish), Predvaritelniy prosmotr (Yakuniy nazorat), Virezat (Kesib olish), Kopirovat (Nusxa ko'chirish), Vstavit (Joylash), Spesialnaya Vstavka (Maxsus joylash), Otmenit (Bekor qilish), Povtorit (Takrorlash). Master funksiy tugmasi berilgan diapazondagi kataklardagi sonlar yig'indisini hisoblaydi yoki ular ustida boshqa funksiyalarni tanlash orqali boshqa amallarni bajarish imkonini beradi. Mazkur tugma funksiyalar ustasini ishga tushiradi. Bunda alohida muloqat oynasi ochiladi. Uning ko'rinishi quyidagicha: Ko'rib turganingizdek, bu muloqat oynasida funksiyalar turlari bo'yicha turkumlagan (finansovie (moliyaviy), data i vremya (sana va vaqt), buxgalterskie (iqtisodiy), logicheskie (mantiqiy) va boshqalar) Bu tugma yordamida belgilangan diapazondagi kataklar ma'lumotlarini alifbo bo'yicha tartibga solinadi. Bu tugma ma'lumotlarni alifboga teskari tartibda saralaydi. Bu tugma chizish uskunalari joylashgan panelni ochadi. Mazkur tugma ishchi kitobiga xaritani joylashtirishga yordam beradi. Bu tugma grafiklar va diagrammalar ustasini ishga tushiradi. Bu tugma bosilganidan keyin, quyidagicha muloqat oynasi ochiladi. Bu tugma ishchi kitobining ko'rinishini ko'rsatilgan darajada kattalashtirish uchun ishlatiladi. Ish kitobining ko'rinishi kattalashgani bilan, uning chop etiladigan sahifadagi hajmi o'zgarmaydi. Formatirovanie (tahrirlash) uskunalar paneli Formatirovanie (tahrirlash) uskunalar panelining ko'rinishi quyidagicha: Paneldagi tugmalar vazifalari quyidagicha: Bu tugma kataklardagi sonlarni pul formatiga o'zgartiradi, ya'ni agar katakda 12 soni bo'lsa, bu sonni 12$, 12 so'm, 12 rubl va hokazo ko'rinishga o'zgartiradi. Bu tugma katak(lar)dagi sonlarni foiz ko'rinishida ifodalaydi, masalan, 0,12 o'rniga 12% yoki 12 o'rniga 1200%. Bu tugma katakdagi (kataklar diapazonidagi) sonning butun qismini ajratib oladi. Bu tugma butun bo'lmagan sonlardagi verguldan keyingi raqamlar xonalarini bittaga kamaytiradi. Bu tugma esa yuqoridagisining aksi bo'lib, butun bo'lmagan sonlardagi verguldan keyingi raqamlar xonalarini bittaga ko'paytiradi. Bu tugma ishchi kitobning chop etiladigan qismining chetidagi bo'sh joyni (hoshiyani) kamaytiradi. Bu tugma ishchi kitobning chop etiladigan qismining chetidagi bo'sh joyni (hoshiyani) kamaytiradi. Bu tugma kataklarning chegaralarini turlicha (talabingizga qarab) chizadi. Bu tugma kataklardagi yoki kataklar diapazonidagi matnni chap tomondan tekislaydi. Bu tugma kataklardagi yoki kataklar diapazonidagi matnni va boshqa ma'lumotlarni o'ng tomondan tekislaydi. Bu tugma kataklardagi yoki kataklar diapazonidagi matnni va boshqa ma'lumotlarni markaz bo'yicha tekislaydi. Mazkur tugma kataklardagi yoki kataklar diapazonidagi ma'lumotlar shriftini belgilaydi. Bu tugma kataklardagi yoki kataklar diapazonidagi ma'lumotlar shrifti ?lchamini o'zgartiradi (kattalashtiradi yoki kichiklashtiradi). Mazkur tugma kataklardagi yoki kataklar diapazonidagi harflarni yo'g’onlashtiradi. Bu tugma kataklardagi yoki kataklar diapazonidagi harflarni qiyalashtiradi. Bu tugma kataklardagi yoki kataklar diapazonidagi matn ostiga chiziq tortadi. Excel dasturini bir necha usul bilan ishga tushirish mumkin: Pusk/Programmi/Microsoft/Excel (Boshla/Dasturlar/Microsoft Exsel). Excel da yozilgan ixtiyoriy hujjatni ochish yordamida. "Pusk"/ "Sozdat dokument Office"/ "Novaya kniga"/ OK Boshla/Ofis hujjatini yaratish/ Yangi kitob/ OK. Natijada dastur oynasi hosil bo'ladi: Bu oyna bir nechta tarkibiy qismdan iborat: - Dastur va joriy hujjat nomini o'ziga olgan qator (bosh qism, sarlavha); - Menyu; - Bosh Standartnaya (Standart) uskunalar paneli; - Formatirovanie (Formatlash) uskunalar paneli; - Joriy katak manzili va formula kiritish satri; - Elektron jadval - Joriy sahifa nomi, uni tanlash va jadval surgichlari - Holat satri. Katakka ma'lumot kiritilganidan keyin Enter tugmasi bosiladi va k?rsatkich keyingi katakga o'tadi. Agarda katakning ichiga kiritilgan ma'lumotni o'zgartirish kerak bo'lsa, F2 funksional tugmasini bosish kerak. Katak ichiga kiritiladigan ma'lumotning ko'rinishi, shakli, rangi, shrifti, o'lchami, uning chegarasi va turini belgilash uchun CTRL+1 qo'shtugmadan yoki "Format" menyusidagi kataklar "Yacheyki…" buyrug’idan foydalanish kerak. Natijada quyidagi oyna hosil bo'ladi: Bu Format yacheek (Kataklar formati) oynasi bir nechta jilddan iborat: Chislo (Son) - kiritiladigan sonlarning ko'rinishini tanlash uchun; Viravnivanie (Tekislash) - katak ichiga kiritiladigan ma'lumotlar shaklini va uslubini ko'rsatish uchun; Shrift - katakga kiritiladigan matn shrifti, rangi, o'lchami va boshqa xususiyatlarini ko'rsatish uchun; Granisa (Chegaralar) - katak chegaralarini o'rnatish, ular qalinligi va qo'llaniladigan chiziq shaklini tanlash uchun; Shuni ta'kidlash joizki, Excel dasturining elektron jadvalidagi chegaralari printerdan chop etilmaydi. Buning uchun foydalanuvchining o'zi chop etiladigan jadvalga chegara o'rnatishi lozim. Ma'lumotlarni bir biridan ajratish va farqlanishi uchun ularni boshqa shriftda, o'lchamda, rangda va fonda kiritish mumkin. Masalan: Agar zarurat bo'lsa, bir nechta kataklarni birlashtirish ham mumkin. Buning uchun ularni belgilab uskunalar panelidagi Kataklarni birlashtirish (Ob'edinenie yacheek) tugmasini tanlash kerak. Foydalangan adabiyotlar 1. Абдуллаев С., Мирзаев С., Шодмонова Г., Шамсиддинов Н. «Информатика ва ахборот технологиялари» Т.2012 2. Насретдинова Ш. «Windows 95 для Excel 7.0.» «Узбекистон», Тошкент, 1999 г. 3. Санжар Рузимов, «Компьютер саводхонлиги» Т.2011 4. Z.S.Аbdullaev, S.S.Мirzaev,B.Raxmankulova, S.P.Mavlanov, « Excel dasturida amaliy mashg’ulotlarni o’tkazish bo’yicha uslubiy ko’rsatma ((MS Excel -2010 uchun Download 128.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling