2 – Mavzu. Falsafa va fan: vujudga kelishi va rivojlanish bosqichlari reja


Markaziy Osiyoda fan va falsafani taraqqiyoti (IX-XII asrlar)


Download 25.07 Kb.
bet2/2
Sana04.11.2023
Hajmi25.07 Kb.
#1747833
1   2
Bog'liq
2-mavzu. ma\'ruzasi

Markaziy Osiyoda fan va falsafani taraqqiyoti (IX-XII asrlar). O‘rta asrda tabiatshunoslik fanlari musulmon Sharqida, shu jumladan O‘rta Osiyoda taraqqiy etib, buyuk ilmiy va ma’rifiy qadriyatlar yaratildi.
Buyuk olim Muso ibn Muhammad Xorazmiy (780-850) algebra fani rivojiga asos soldi, birinchi bo‘lib kvadrat tenglamalar tiplarini va har bir tipni echish metodini tasnifi berdi. U o‘z davri xuquqshunosligining mujmal qoidalarini echishda matematik metodlardan foydalanish yo‘llarini anikdadi. Geografiyaga oid "Kitobda surat ilmiy aro" asarida ko‘p yillar davomidagi kuzatishlarini umumlashtirgan holda erning aholi yashaydigan joylarini ko‘rsatuvchi xaritalar tuzib, har bir shaharning o‘rnashgan joyining koordinatalarini - uzunlik va tenglik shakllarini ko‘rsatib berdi.
Fan tarixshunosi amerika olimi J.Sarton IX-asrning birinchi yarmini fanda Xorazmiy davri deb ataydi va Xorazmiyga "O‘sha davrning eng buyuk matematigi va, agar o‘sha davrdagi butun ahvolni e’tiborga olsak, hamma davrlarning ham eng buyuk siymosidir" deb yuksak baho beradi.
Evropada XVI asrgacha astronomiya ilmi bo‘yicha asosiy darslik bo‘lib Ahmad Farg‘oniyning "Ilmi nujum asoslari" xizmat qilgan. Olimni al Fraganus, deb bilishgan.
Abu Rayhon Beruniy tarix, matematika, astronomiya, medisina, mineralogiya, geografiya kabi ilmlarga oid 200 ga yaqin asarlar yaratgan. Olim osmon jismlarining harakatini o‘rganar ekan, geosentrik tizim nazariyasini tahlil qilish bilan birga geliotsentrizm ta’limotini ham izohlab beradi. Xorazm o‘tmishiga bog‘ishlangan asarida er qobig‘i, turli geologik jarayonlar o‘z moddiy sabablariga ega bo‘lib, uzoq tarixiy o‘zgarishlarning natijasi ekanligini ko‘rsatdi. "Geodeziya", "Ma’sud qonuniy" asarli Beruniyning tabiatni o‘rganishda g‘ayriilmiy fikrlardan uzoq bo‘lganini, ilmiy xulosalar empirik kuatishlarga, aniq faktlarga asoslanishi haqidagi fikrda qat’iy turganligini ko‘rsatadi.
Beruniy bilish jarayonida hissiy bilish - sezgi, idrok, xotira kabilarga katta e’tibor berib, ularsiz tabiat hodisalari haqida aniq tasavvur hosil qilish mumkin emasligini ta’kidlaydi. Fandagi nazariy xulosalar esa tafakkur yordamida erishladi va turli ilmiy g‘oyalar, qarashlar konkret tasavvurlar, faktlarni talqin qilish va umumlashtirish asosida vujudga keladi.
Beruniy koinotda erdan, biz yashab turgan dunyodan tashqari yana boshqa olamlar mavjud bo‘lishi mumkinligi haqidagi, harakatning ziddiyatli mohiyatga ega ekanligi, materiya shakllarining uzluksiz o‘zgarib, yangilanib turishi haqidagi ilmiy fikrlarni olg‘a suradi. O‘z ijtimoiy qarashlarida Beruniy jamoa va til insonlarning birlashuvga bo‘lgan ehtiyoji asosida kelib chiqqan deb ta’lim beradi. Olim madaniy taraqqiyotda vorisdikning zaruriy omil ekanligini ta’kidlaydi va o‘z ilmiy ishlari bilan buni isbotlaydi. U mamlakatning obodon ilm - fanning gullashiga bog‘liq, insonning baxti esa uning bilim va ma’rifatida, deb bildi.
Ibn Sino (980-1037) antik dunyoning falsafiy va ilmiy merosini, avallo Aristotelning ta’limotini SHarkda va Evropa mamlakatlarida tarqatishda katta rol o‘ynagan. Ibn Sino fan tarakqiyoti, taiiy - ilmiy va falsafiy bilimlarni targ‘ib etish uchun ko‘p ishlar qilgan. 5 jildli "Tib qonunlari" asari bilan olim mediwina ilmining rivojiga katta hissa qo‘shdi. Ibn Sino Aristotelning logika, fizika va metafizikasini mustaqil ravishda rivojlantirdi.
Jahon fani taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan qomusiy olimlardan biri Ulug‘bek (1394-1449) bo‘lgan. U o‘z davri uchun eng mukammal bo‘lgan yulduzlar jadvalini - "Zij Kuragoniy" ni yaratdi. Bu asar so‘nggi asrlar davomida Oksford, Parij, Amerika va Londonda tarjima qilinib, nashr etildi. Asar kirish, nazariy qism va 4 bobdan iborat: 1 - bobda - bir qancha halqlar: yunon, eron, xitoy, o‘rta osiyo halqlari tomonidan qabul qilingan kalendarlar, 2 - bobda - amaliy astronomiya, 3 - bobda -planetalar harakati va 4 - bobda - astrologiya haqida gap boradi.
Asarning bosh nazariy qismida - podsholiklar, davlatlarning o‘tkinchi ekanligi, fan notuqlarining, ilmiy haqiqatning saqlanib qolishi, ilmli bo‘lish inson uchun oliy fazilat ekanligi haqidagi fikrlar olg‘a suriladi. U fanda kuzatish metodiga va ilmiy asboblarning roliga katta e’tibor beradi, ilmiy haqiqatni aniqlashda mantiqiy usullar bilan birga matematik qoidalar yordamida aniq hisoblashning rolini ta’kidlaydi. Ulug‘bekning faoliyati SHarq va G‘arb tabiiy ilmiy bilimlar rivojida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Fan va ilmiy rasionallik bilan bog‘langan falsafiy fikrni taraqqiyotiga Forobiy, Beruniy, Ibn Sino katta hissa qo‘shdilar. Forobiy va Ibn Sino olamning bir butunligi, tabiatning ollohdan nurlanish pog‘onalari (emanatsiya) orqali vujudga kelib, so‘ngida o‘z ichki sababiy bog‘lanishlari asosida rivojlanishi haqidagi fikrni olg‘a surdilar, yagona mavjudotni bilish, o‘rganishda aql va ilm har qiluvchi ahamiyat etishini aytdilar. Sezgilar narsalarning o‘zgaruvchi tashqi xislatlarini, aql, tafakkur mohiyatni - substansiyani biladi, bilish cheksizdir, lekin inson akdi, bilimi dunyoviy aklning faoliyatiga bog‘likdir. Bilish nazariyasi va metodologiyasida Forobiy, Ibn Sinolar rasionalizm mavqeida turdilar. Forobiy birinchi bo‘lib SHarqda fanlar klassifikasiyasini, ijtimoiy qarashlarida hamma uchun baxt - saodat keltiruvchi fozil shahar haqidagi ta’limotini ishlab chiqdi.
XV asrda Alisher Navoiy insonparvarlik g‘oyasini oliy darajaga ko‘tardi, adolatli jamoa va ma’rifatli shoh, insonlarning o‘zaro do‘stligi, halollik, mehnatsevarlik, hayotni e’zozlash haqidagi fikrlarni olg‘a surdi.
Keyingi asrlarda ma’naviyat va ma’rifatni rivojlanishi Turdi, Mashrab, Ogaxiy, Nodira, Gulxaniy nomlari bilan bog‘liqdir.
Download 25.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling