2- mavzu: Gipsli bog‘lovchilar ishlab chiqarish texnologiyasi Reja
Download 0.56 Mb.
|
2 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- GLOSSARIY Gips-tosh
- 1.Gipsning tavsifi
2- Mavzu: Gipsli bog‘lovchilar ishlab chiqarish texnologiyasi Reja: 1.Gipsning tavsifi 2. Gipsning xarakteristikasi 3.Gips ishlab chiqarish Darsning maqsadi: Gipsli bog‘lovchi moddalar, qurilish gipsi va ishlab chiqarish texnologiyasi haqida malumot berish Tayanch iboralar: gips, gips-toshi, kristall struktura, sharsimon siniq mayda donali zich gips, bo‘shliqda tartibsiz yo‘naladigan yirik donali gips (alebastr); ipaksimon tovlanadigan, to‘g‘ri joylashgan, ipsimon kristallardan tarkib topgan tolali jins hamda qatlam strukturali yassi tiniq kristallar tarzida joylashgan plastinkasimon gips. GLOSSARIY Gips-tosh- asosan tarkibida ikki molekula suvi bo‘lgan kalsiy sulfatli CaSO4∙2H2O dan iborat Qurilish gipsi - Tarkibida ikki molekula suvi bo‘lgan kalsiy sulfatli cho‘kindi tog‘-jinsi,CaSO4∙2H2O, suvsiz gips deb ataluvchi angidrid tosh. 1.Gipsning tavsifi Gipsli bog‘lovchi moddalar. Gipsli bog‘lovchi moddalar kuydirilgan gips-toshini mayda qilib tuyish yo‘li bilan hosil qilinadi (gips-tosh asosan tarkibida ikki molekula suvi bo‘lgan kalsiy sulfat CaSO4∙2H2O dan iborat). Gips-toshining kuydirilish temperaturasiga va sharoitiga qarab qurilish gipsi, juda mustahkam gips hamda angidridli sement hosil bo‘ladi. Qurilish gipsi. Tarkibida ikki molekula suvi bo‘lgan kalsiy sulfatli cho‘kindi tog‘-jinsi gipsni (CaSO4∙2H2O), suvsiz gips deb ataluvchi angidrid toshni (CaSO4) va ayrim sanoat chiqindilarini pishirib gipsli bog‘lovchilar olinadi. Standartda ko‘rsatilishicha, birinchi nav gips ishlab chiqarish uchun tarkibida CaSO4∙2H2O ning miqdori 90%, ikkinchi nav uchun esa 65% dan kam bo‘lmagan tabiiy gips-tosh kerak. Tabiiy gips-tosh oq rangli, qattiqligi 2 (Moos shkalasi bo‘yicha) zichligi 2200….2400 kg/m3 bo‘lgan jinsdir. Gips-tosh zaxiralarining eng kattasi O‘zbekistonda Buxoro viloyatida mavjud (Kogon gips koni). 150…170oC temperaturada kuydirilgan gips toshni tuyib maydalab olingan maxsulot qurilish gipsi deb ataladi. Ikki molekula suvi bo‘lgan kalsiy sulfatni 650С da qizdirilganda u o‘z xususiyatini o‘zgartiradi va tarkibidagi suv asta sekin yo‘qolib, digidratatsiyalana boshlaydi. Bunda gips-tosh 1,5 molekula suvni yo‘qotib, yarim molekula suvli gipsga sekin aylanadi, bu quyidagi reaksiya bilan ifodalanadi. CaSO4 ∙2H2O=CaSO4 ∙ 0,5H2O+1,5H2O Gips-tosh 140…1700С temperaturada ko‘p miqdorda suvni yo‘qotib, yarim suvli, tez qotuvchi (CaSO4 ∙ 0,5H2O) gipsga tez aylanadi. Bunday bog‘lovchi ba’zan alebaster deb ham ataladi. Shunday qilib, qurilish gipsi hosil qilish yuzasidan belgilangan texnikaviy vazifa ikki molekula suvli gipsni yarim molekula suvli gipsga aylantirishdan iborat ekan. Tabiiy kalsiy fosfatlarini fosfat kislota hamda konsentratsiyalangan fosfor o‘g‘itlariga gidro-kimyoviy usulda aylantirish natijasida olingan chiqindi-fosfogips sanoat uchun yirik xom ashyo manbai hisoblanadi. Maxsus ishlab chiqilgan usullar asosida fosfogipsdan sifati eng yaxshi tabiiy xom ashyodan hosil qilinadigan maxsulotdan, qolishmaydigan tayyor bog‘lovchi modda olish mumkin. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling