2 – mavzu: ishlab chiqarish jarayoni mazmuni, omillari, natijalari. Reja


Ishlab chikarishning umumiy va pirovard natijalari


Download 234.5 Kb.
bet3/4
Sana15.03.2023
Hajmi234.5 Kb.
#1271797
1   2   3   4
Bog'liq
2-мавзу ишлаб чикариш

3. Ishlab chikarishning umumiy va pirovard natijalari
Ijtimoiy ishlab chikarish, ya’ni turli omillarning harakati natijasida juda ko‘p turdagi tovarlar va xizmatlar massasidan iborat bo‘lgan yalpi ijtimoiy mahsulot vujudga keladi. Shu yaratilgan jami tovarlar va xizmatlar, ya’ni milliy mahsulotning yil davomidagi yig‘indisi mamlakat bo‘yicha ishlab chiqarishning umumiy natijasi bo‘lib hisoblanadi.
Ishlab chiqarish jarayonini davom ettirish uchun, birinchidan, iste’mol qilingan ishlab chiqarish vositalarini faqat qiymat holidagina emas, balki uni moddiy buyum shaklida ham qayta tiklash zarur. Buning uchun albatta yaratilgan mahsulot tarkibida ma’lum mikdorda ishlab chiqarish vositalari natural shaklda mavjud bo‘lishi kerak. Ikkinchidan, ishchi kuchining qayta tiklanishi uchun mulk egalari va tadbirkorlarning shaxsiy iste’moli uchun yaratilgan maxsulot tarkibida zarur iste’mol buyumlari mavjud bo‘lishi shart. Shuning uchun ham moddiy mahsulotlar ikki xil tovar mahsulot sifatida mavjud bo‘ladi, bu esa o‘z navbatida, ikki yirik bo‘linmalar o‘rtasida tovar ayirboshlash imkonini beradi. Undan tashqari juda ko‘p korxona va tashkilotlar aholiga turli tuman xizmat ko‘rsatish bilan shugullanadiki, ular mehnatining natijasi xyumatlarda namoyon bo‘ladi. Bu esa milliy mahsulotning muhim qismi turli xil xizmatlardan iborat ekanligini ko‘rsatadi. Shunday qilib, yil davomida mamlakatda yaratilgan milliy mahsulot natural jihatidan uch qismdan: ishlab chiqarish vositalari, iste’mol buyumlari va turli xil xizmatlardan iborat buladi.
Yil davomida ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarni, ya’ni milliy mahsulotni bunday uchta ko‘rinishga bo‘lib o‘rganish va bilish muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga egadir. Chunki ularning har bir turi bo‘yicha talab va takliflar o‘rganilib, talabga yarasha ishlab chiqarish imkonini beradi.
Yaratilgan mahsulot faqatgina natural jihatdan emas, balki qiymat jixatdan ham hisobga olinadi va uning qiymat tarkibi taxdil qilinadi.
Yaratilgan mahsulot kiymat jihatdan ham uch qismdan iborat bo‘ladi, ya’ni:
1) ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilingan ishlab chiqarish vositalar qiymatining maxsulotga o‘tgan qismi (s);
2) yangidan vujudga keltirilgan maxsulotning bir qismi, yani, ishchilarga tegishli qismi - zaruriy mahsulot qiymati (V);
3) yangidak vujudga keltirilgan maxeulotning mulqdorlar, tadbirkorlar va jamiyat uchun ishlab chiqarilgan qo‘shimcha mahsulot qiymati (t)dan iboratdir.
Birok, shuni ta’kidlash lozimki, yalpi ijtimoiy mahsulot tarkibida oraliq mahsulot xamda takroriy hisob mavjud bo‘lganligi sababli u ishlab chikarish natijasiga to‘gri baxo bera olmaydi. Shunga ko‘ra, jamiyat a’zolarini ko‘prok ishlab chikarishning pirovard natijalari qiziqtiradi.
Ishlab chikarishning pirovard natijasi bo‘lib ishlab chiqarish soxasidagi o‘z harakatini tugatgan, jamiyat a’zolarining ehtiyojlarini yo bevosita (iste’mol fondi orqali), yoki bilvosita, ya’ni ishlab chikarishni kengaytirish (jamg‘arish fondi) orqali qondirishga tayyor maxsulot xisoblanadi. U o‘z ichiga takroriy hisob (qoplash fondi)ni olmaydi. Shunga ko‘ra, ko‘pincha ijtimoiy ishlab chiqarishnikg pirovard natijasi sifatida sof mahsulot maydonga tushadi.

Download 234.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling