2- mavzu: kiber jinoyatchilik tarixi va evolutsiyasi


muhim axborot infratuzilmasi —


Download 362.13 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/25
Sana24.09.2023
Hajmi362.13 Kb.
#1687174
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25
Bog'liq
2 - Mavzu (1)

muhim axborot infratuzilmasi — muhim strategik va ijtimoiy-iqtisodiy 
ahamiyatga ega boʻlgan avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarining, axborot 
tizimlari hamda tarmoqlar va texnologik jarayonlar resurslarining majmui; 
muhim axborot infratuzilmasi obyektlari — davlat boshqaruvi va davlat 
xizmatlari koʻrsatish, mudofaa, davlat xavfsizligini, huquq-tartibotni ta’minlash, 
yoqilgʻi-energetika majmui (atom energetikasi), kimyo, neft-kimyo tarmoqlari, 
metallurgiya, suvdan foydalanish va suv ta’minoti, qishloq xoʻjaligi, sogʻliqni 
saqlash, uy-joy kommunal xizmatlar koʻrsatish, bank-moliya tizimi, transport, 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza 
qilish, strategik ahamiyatiga ega boʻlgan foydali qazilmalarni qazib olish va qayta 
ishlash sohasida, ishlab chiqarish sohasida, shuningdek iqtisodiyotning boshqa 
tarmoqlarida va ijtimoiy sohada qoʻllaniladigan axborotlashtirish tizimlari; 
muhim axborot infratuzilmasi subyektlari — davlat organlari va 
tashkilotlari, shuningdek mulk, ijara huquqlari asosida yoki boshqa qonuniy 
asoslarda muhim axborot infratuzilmasi obyektlariga egalik qiluvchi yuridik 
shaxslar, shu jumladan muhim axborot infratuzilmasi obyektlarining ishlashini 


hamda hamkorligini ta’minlovchi yuridik shaxslar va (yoki) yakka tartibdagi 
tadbirkorlar.
15
4-modda. Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati 
Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati axborot resurslari, axborot 
texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlantirish hamda takomillashtirishning 
zamonaviy jahon tamoyillarini hisobga olgan holda milliy axborot tizimini 
yaratishga qaratilgan. 
Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari 
quyidagilardan iborat: 

har kimning axborotni erkin olish va tarqatishga doir konstitutsiyaviy 
huquqlarini amalga oshirish, axborot resurslaridan erkin foydalanilishini 
ta’minlash; 

davlat organlarining axborot tizimlari, tarmoq va hududiy axborot tizimlari, 
shuningdek yuridik hamda jismoniy shaxslarning axborot tizimlari asosida 
Oʻzbekiston Respublikasining yagona axborot makonini yaratish; 

xalqaro axborot tarmoqlari va Internet jahon axborot tarmogʻidan erkin 
foydalanish uchun sharoit yaratish; 

davlat axborot resurslarini shakllantirish, axborot tizimlarini yaratish hamda 
rivojlantirish, ularning bir-biriga mosligini va oʻzaro aloqada ishlashini 
ta’minlash; 

axborot texnologiyalarining zamonaviy vositalari ishlab chiqarilishini tashkil 
etish; 

axborot resurslari, xizmatlari va axborot texnologiyalari bozorini 
shakllantirishga koʻmaklashish; 

dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish rivojlantirilishini ragʻbatlantirish; 

tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish, investitsiyalarni jalb 
etish uchun qulay sharoit yaratish; 
15
 
http://old.lex.uz/uz/docs/-5960604
 - 
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy 
huquqiy axborot markazi 



kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ilmiy tadqiqotlarni 
ragʻbatlantirish.
16

Download 362.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling