2 – мавзу: мактабгача тарбия ёшидаги болалар ривожланишининг ўзига хос хусусиятлари ва жисмоний тарбия вазифалари


Download 52.86 Kb.
bet6/7
Sana16.11.2023
Hajmi52.86 Kb.
#1778497
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Jismoniy tarbiya darsini maktab yoshidan kelib chiqib vazifalari va vositalari 22

Jismoniy tarbiya vositalari


Texnika taraqqiyoti davrida jismoniy tarbiya va sportga katta ahamiyat qaratilmoqda. Chunki, texnik taraqqiyot davrida insoniyat jismoniy mehnatdan ozod bo’lib, eng havfli «kam harakat qilish» kasalligiga uchramoqda, bu esa qon-tomir tizimining kasalligiga olib keladi.
Shuning uchun, oxirgi yillarda davlatimiz tomonidan chiqarilgan «Jismoniy tarbiya va sport» bo’yicha qonun va «Sog’lom avlod uchun» farmoni va dasturi bolalarning ma’naviy va jismoniy rivojlanishi, ularning sog’lom, mehnatsevar, baxtli bo’lishlari to’g’risidagi g’amxo’rlikdan dalolatdir. Shunday ekan, bolalarni jismoniy va har tomonlama rivojlanishi uchun jismoniy tarbiya vositalaridan foydalanmog’imiz muhimdir.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi vazifalarini hal etishda gigienik omillar, tabiatning tabiiy kuchlari, jismoniy mashqlar kabi vositalardan foydalaniladi. Har xil faoliyat turlariga kiruvchi (qo’l mehnati, musiqa asboblarini chalish, loy va plastilindan narsa yasash, qurish-yasash, rasm chizish, kiyinish, yuvinish...) xilma-xil harakatlar bolalarning jismoniy rivojlanishiga ta’sir etadi. To’laqonli jismoniy tarbiyaga barcha vositalardan mujassam holda foydalanilganda erishiladi, chunki ularning har biri kishi organizmiga turlicha ta’sir etadi.
Jismoniy tarbiya vositalari.

  1. Gigienik omillar.

  2. Tabiatning tabiiy kuchlari.

(quyosh, havo, suv)

  1. Jismoniy mashqlar.

  2. Xilma-xil faoliyat turlari.

  3. Massaj

Gigienik omillarga:
a) mashg’ulotlar rejimi;
b) dam olish;
v) Ovqatlanish;
g) uyqu;
d) kiyim bosh, poyabzal;
e) jismoniy jihozlar, xonalar, maydonchalar… kiradi.
Ular jismoniy mashqlarning shug’ullanuvchilar organizmiga ta’siri samaradorligini oshiradi.
Gigiena omillari barcha organ va tizimlarning yaxshi ishlashiga yordam beradi. Masalan, muntazam sifatli ovqatlanish ovqat hazm qilish organining faoliyatiga ijobiy ta’sir qiladi va boshqa organlarga zaruriy oziq moddalarning o’z vaqtida etib borishini ta’minlaydi, bolaning rivojlanishi va o’sishiga yordam beradi. To’laqonli uyqo’ nerv tizimiga dam beradi va uning ish qobiliyatini oshiradi. Xonalar, jismoniy jihozlar, atribut, o’yinchoqlar, bolalar kiyimlari va poyabzalining tozaligi kasalliklarning oldini oladi. Xonalarni to’g’ri yoritish ko’z kasalliklari (shabko’rlik va boshqalar) ning sodir bo’lishiga yo’l qo’ymaydi. Kun tartibiga qat’iy rioya qilish uyushqoqlikka, intizomlilikka o’rgatadi.



Download 52.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling