2 – мавзу: мактабгача тарбия ёшидаги болалар ривожланишининг ўзига хос хусусиятлари ва жисмоний тарбия вазифалари
Bolalar jismoniy rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlari
Download 52.86 Kb.
|
Jismoniy tarbiya darsini maktab yoshidan kelib chiqib vazifalari va vositalari 22
Bolalar jismoniy rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlari
Bolalarni rivojlanish yosh xususiyatlarini ÿrganishda yosh davrlariga katta e’tibor karatish lozim. Bolalarni yosh davrlariga bÿlishda bir kancha olimlar ilmiy-tadkikotlar olib borganlar. J.Plake (1896-1970), L.Kolberg, A.Vallon, R.Zazzo, G.Grimm… chet el olilari, L.S.Vagotskiy, L.I.Bojovich, D.B.Elkonin, A.A.Lyublinskaya, A.V.Petrovskiy, ÿzbek psixolog olimlaridan M.Vohidov, E.G’oziev, S.A.Axundjanova, M.Sh.Rasulova, R.I.Sunnatova va boshkalar yosh davirlarini turli yosh boskichlariga ajratish bÿyicha ilmiy-tadkikot ishlarini olib borganlar. Shularga asoslangan holda yosh davrlarini kuyidagi boskichlarga ajratish mumkin. gÿdakning davri – tuilgandan 1 yoshgacha; ilk bolalik davri – 1 yoshdan 3 yoshgacha; maktabgacha davr – 3 yoshdan 7 yoshgacha; kichik maktab yoshi davri – 7 yoshdan 11 yoshgacha; ÿrta maktab yoshidagi bolalar 11 yoshdan 14 yoshgacha; Katta mktab yoshidagi bolalar – 15 yoshdan 18 yoshgacha. Bolani psixik va jismoniy rivojlanishida gÿdaklikdan – maktabgacha bÿlgan davri eng muhim davr bÿlib hisoblanadi Bola hayotining dastlabki 7 yili barcha organ va tizmlarning intensiv rivojlanishi bilan xarakterlanadi. Bola naslga xos biologik xususiyatlar, jumladan, asosiy nerv jarayonlarining tipologik xususiyatlari (kuch, muvozanatlilik va harakatchanlik) bilan ham tug’iladi. Biroq xususiyatlar faqat jismoniy va psixik rivojlanishlarning asosini tashkil etadi, bola hayotining birinchi oylaridagi belgilovchi omil esa tashqi muhit va bola tarbiyasi hisoblanadi. Shuning uchun bola hayotining ilk kunlaridan boshlab shunday sharoit yaratish kerakki, bolaning tetik, ijobiy emotsional holati, jismonan va psixik to’laqonli rivojlanishi ta’minlansin. Bola hayotining birinchi yilida uning markaziy nerv tizimi xususiyatlari morfologik tuzilishining tugallanmagani va bosh miya po’stlog’ining funktsional rivojlanishidan iborat bo’ladi. Bu jarayonlarning nihoyasiga etishi keyingi yillarda tashqi va ichki qo’zg’atuvchilarning ta’sirida kechadi. Tug’ma shartsiz reflekslar bazasida (mudofaa, himoya, ovqatlanish, chamalash) oliy nerv tizimi faoliyatining rivojlanishiga erishiladi. Bola hayotining birinchi haftalaridayoq uni ko’rish va eshitish kabi shartli refleks qo’zg’atuvchilari shuningdek, (N.N.Kasatkina tadqiqotlari ko’rsatganidek) juda xilma-xil tashqi qo’zg’atuvchilarni paydo qilish mumkin. Yosh ulg’aya boshlashi bilan shartli reflekslar paydo bo’lishi tezroq kechadi. Agar biror-bir tashqi qo’zg’atuvchilar uzoq muddat, muayyan izchillikda qo’llanilsa, buning natijasida dinamik stereotip javob reaktsiyalarning yaxlit tizimi vujudga keladi. Bola tarbiyasi to’g’ri olib borilganda, ko’plab turli stereotiplar hosil qilish mumkin, bu tashqi atrof-muhitni idrok qilishni osonlashtiradi va nerv hujayralarining ish qobiliyatini oshiradi. Masalan, kun tartibi, o’z vaqtida uxlashga yotqizish, uyqudan so’ng ertalabki gigienik gimnastikani majburiy tarzda bajarish uchun stereotip hosil qilish mumkin. Biroq, bola nerv tizimining ayrim stereotiplar (odatlar) ni o’zgartirish maqsadida sharoit, yoshning o’zgarishiga qarab, bolalarda muhitni ongli idrok qilish qobiliyatini rivojlantirgan holda ehtiyotlik bilan mashq qildirish lozim. Chunonchi bola hayotining ikkinchi yilidagi harakat rivojlanish xususiyatlarini hisobga olgan holda bolalar odatdagi yurishni o’zlashtirgach, jismoniy tarbiya mashg’ulotlariga murakkablashtirilgan yurish (yo’lkadan, xodadan) ni kiritish lozim. Bola aytilgan vazifani engil bajaradi, yangi harakatga qiziqish bilan qaraydi, natijada harakat ko’nikmalari faqat mashqlarni bajarish paytidagina emas, balki kundalik turmushda ham takomillashadi. Markaziy nerv tizimining rivojlanish darajasi va differentsiyatsiyasiga (ulg’ayishiga) qarab harakat ko’nikma-lari paydo bo’ladi. Bu funktsiyalarning vujudga kelishi va mustahkamlanishi ham tashqi, ham ichki omillar bilan belgilanadi. I.M.Sechenov yangi tug’ilgan bola skelet mushaklari sohasida uncha ko’p bo’lmagan instensiv harakatlar miqdorini egallashni ta’kidlagan edi. Ixtiyoriy deb atalmish barcha harakatlar bola hayoti davrida, tashqi ta’sirotlar ta’sirida shakllanadi. Harakat analizatori va boshqa analizator o’rtasida vujudga keladigan aloqaning muayyan izchilligini M.Yu.Kistyakovskaya aniqlagan. Bola hayotining ikkinchi oyida kinestetik va vestibulyar analizatorlar o’rtasida aloqa o’rnatiladi, bu bolaning qorin bilan chalqancha yotganda, tik turgandagi kabi turli holatlarda boshni ko’tarish va tutib turish harakatlarida namoyon bo’ladi. Bu yoshda lablar, og’iz bo’shlig’idagi shilliq parda va qo’l terisidagi retseptorlarga ega bo’lgan kinestetik analizator bilan ham aloqa yuzaga kelishi mumkin. Bolalar barmoqlarini so’riydilar, qo’llarini yuzlari uzra ko’taradilar 4 oyning oxiri 5 oylardan boshlab, bolalar qo’llarini ko’rinadigan buyumlarga uzatadilar. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda harakat analizatorlari tez rivojlanadi. Buni N.I.Krasnogorskiy aniklagan. Shartli reflekslar bu yoshda tez hosil bÿladi, birok darrov mustaxkamlanmaydi va shuning uchun boladagi kÿnikmalar dastlab bekaror bÿladi. Bosh miya po’stlog’idagi qo’zg’alish jarayoni tormozlanish jarayonidan ustun turadi. Muayyan harakat ko’nikmalarini hosil qilish, shartli reflekslarni mustahkamlash mashqlar asosida olib boriladi. Bola o’z hayotining ikkinchi yilida murakkab ko’rinishni egallaydi, yura boshlaydi, shu yoshning oxirida esa yuguradigan bo’ladi. 2 – 3 yoshdan boshlab tirmashish va uloqtirish kabi harakatlarni bajara boshlaydi. Shu yoshda sakrashga harakat qiladi, shu yoshning oxirida sakraydigan bo’ladi. Bola 3 yoshga etganda barcha asosiy harakatlarni egallaydi, u bu harakatlarni o’zini erkin faoliyatida qo’llay boshlaydi. 4 – 7 yosh davomida shartli aloqalar mustahkamlanadi va ta’lim jarayonida takomillashadi. Muskullarga beriladigan yuklamalarning oshishi bilan harakat sifatlarining rivojlanishi va jismoniy tayyorgarlik darajasining oshishi juda intensiv kechadi. Buni quyidagi jadvalda ko’rish mumkin. Download 52.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling