2- mavzu. Markaziy Osiyo jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi
YODDА TUTING: Urug’chilik jаmоаsining vujudgа kеlishi, dеhqоnchilik vа chоrvаchilik
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
2-maruza
YODDА TUTING: Urug’chilik jаmоаsining vujudgа kеlishi, dеhqоnchilik vа chоrvаchilik
mаdаniyatining shаkllаnishi o ’lkаmiz tаrаqqiyotidа tub ijtimоiy o’zgаrishlаrgа оlib kеldi Tarixan dehqonchilik va shorvachilik bilan bog’liq ravishda totemizm O’zbekiston xalqlarida bir muncha keng tarqalgan edi. Totemizm – hayvonlar va o’simliklarni e’tiqod obyektiga aylanishi natijasida keng tarqalgan diniy tasavvurlarning yig’indisidir. Ibtidoiy xalqlarda o’z qabilalariga asos solgan deb hisoblangan hayvon yoki o’simliklarga e’tiqod qilish, topinish; totemni o’ldirish, iste’mol qilish ta’qiqlangan, hayvon, o’simlik va baliq nomi bilan yuritilgan qabilalarning totem shakli solingan ramzi bo’lgan. Ayrim totemlar ham yaxhsilik, ham yomonlik timsoli bo’lgan. Masalan, ilon totem jonivor sanalib, u tashqi ko’rinishidan o’qilinga o’xshahsh tosh tumor O’zbekiston tarixi muzeyida saqlanmoqda. U Farg’ona vodiysining So’x qishlog’idan topilgan va miloddan avvalgi 2- ming yillikka oiddir. Ho’kizga esa qadimdan kuch- qudrat, mahsuldorlik timsoli sifatida qaralgan. Ba’z arxeoligik yodgorliklardan tutqichi qo’y shaklida ishlangan idishlar topilgan. Shuningdek, O’zbekiston madaniy yodgorliklarida tuya, otga sig’inganidan dalolat beruvchi tasvirlar mavjud. Kuch-qudrat ramzi bo’lgan sher tasvirini ham ko’plab uchratish mumkin/ Qadim-qadimda ba’zi qushlar ham O’zbekiston hududida tabarruk hisoblangan. Masalan, xo’roz, tovus va qirg’ovul “quyosh qushlari” deb qaralgan va ular hosildorlik keltiradi deb ishonilgan. Shuni alohida ta’kidlab o’tish lozimki, Turkiston xalqlari orasida musicha, qaldirg’och, ko’kqarg’a, laylak kabi qushlarga ozor berish gunoh deb hisoblanishi ham totemizmning bir ko’rinishi hisoblanadi. Ajdodlarimiz hayotida keng tarqalgan dastlabki diniy e’tiqodlardan yana biri – fetishizmdir. Fetishizm (portugal, ransuz.) – yasalgan, tumor, sehrli narsa; jonsiz narsalarni g’ayritabiiy xususiyatga ega deb ishonish va ularga topinish, sajda qilish. Fetishizmning ko’rinishlaridan biri turli xil buyumlardan yasaladigan tumor taqish odatidir. Tumorlarning shakli va ko’rinishiga qarab etnik tafovutlarni ko’rish mumkin. Masalan, xivalik o’zbeklar uzunchoq tumorlar taqishni afzal ko’radigan bo’lsa, Farg’ona, Samarqand, Qashqadaryo, Toshkent viloyatlarida to’g’ri burchakli va uchburchakli tumorlarni taqishgan. Magiya (yunon) – sehrgarlik: odamning o’zini g’ayritabiiy kuchlarga ta’sir ko’rsata olish qobiliyatiga asoslangan ish amallari. Ko’zmunchoq, tumor yordamida yomon ko’zlardan, balo- qazolardan asrashga oid sehrgarlik ham shunga kiradi. Sehrgarlikning ba’zi turlari hozir ham uchrab turadi: Qur’oni karim oyatlari yozilgan tumor, duo matni tushirilgan ko’zmunchoq va h.z. Ajdodlarimizning ma’naviy hayotidagi dastlabki diniy e’tiqodlar zaminida asta-sekin butun Turon hududi bo’ylab keng gtarqalgan dinlar ana shular jumlasidandir. Bu diniy qarashlar avlod- ajdodlarimizning tabiat va jamiyat voqea-hodisalariga munosabatlarini o’zida aks ettirgan. Olib borilgan tadqiqotlar natijalariga qaraganda, ilk temir davri O‘rta Osiyoda yashagan xalqlar va qabilalar orasida keng tarqalgan va asosiy din zardushtiylik edi. Bu diniy ta’limotning asoschisi Zaratushtra va bu dinning muqaddas kitobi «Avesto» haqidagi bahs va munozaralar tadqiqotchilar orasida hozirgacha davom etmoqda. Zaratushtra (o‘rta fors tilida «oltin tuyali», «oltin tuya etaklagan odam») tarixiy shaxs bo‘lib, Spitama avlodidan kelib chiqqan. Zaratushtraning otasi Pourushasp kohinlar avlodidan bo‘lgan. Zaratushtra tug‘ilgan joy haqida aniq ma’lumotlar yo‘q. Uning tug‘ilgan yilini tadqiqotchilar keng sanalar bilan (mil. avv. 1500-1000 yillardan boshlab, mil. avv. VII-VI asrlargacha) bog‘laydilar. Sosoniylar davri (III-VII asr) zardushtiylar an’analariga e’tibor beradigan bo‘lsak, Zaratushtraning hayoti mil. avv. VII-VI asrning boshlariga to‘g‘ri keladi. Ko‘pchilik tadqiqotchilar bu sanani to‘g‘ri deb hisoblaydilar. Zaratushtra tug‘ilgan joy hamda «Avesto» paydo bo‘lgan hudud haqida ham olimlar orasida yagona fikr yo‘q. Bir guruh olimlar Zaratushtrani hozirgi Ozarbayjon, yana bir guruh qadimgi Baqtriyada, boshqa guruh olimlar Xorazmda va Eronda tug‘ilib faoliyat ko‘rsatgan va «Avesto» ham shu hududlarda paydo bo‘lgan deb hisoblaydilar. Zaratushtraning yangi ta’limoti o‘z vatanida tarafdorlarini topmaganligi sababli u o‘z yurtidan ketishga majbur bo‘lgan. Zaratushtra diniy ta’limotini birinchi bo‘lib qabul qilgan tarafdorlar qadimgi Baqtriya podshosi Kavi Vishtasp, malika Xutaosa va ularning yaqin qarindoshlaridir. Zaratushtra o‘z g‘oyalarida qonli qurbonlik qilishni qat’iyan qoralaydi. U yana shuni ta’kidlaydiki, odamzod yashashga haqli bo‘lib, bu huquqdan uni mahrum qilishga hech kimning haqqi yo‘q. Zaratushtra o‘z g‘oyalarini targ‘ib qila boshlagan davr O‘rta Osiyo va Eron xalqlari tarixida eng muhim davr edi. Ibtidoiy jamoa munosabatlari o‘zgarib, davlatchilik tizimi munosabatlari qaror topmoqda edi. Yangi din esa bu o‘zgarishlarni o‘zida aks ettirib, tug‘ilayotgan sinfiy jamiyatga xizmat qilar edi. U birlashishga va kuchli markazlashgan hokimiyat tuzishga, o‘sha davrda o‘troq dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi vodiy aholisi uchun «xudoning qamchisi (tig‘i)» hisoblangan ko‘chmanchi xalqlarga qarshi keskin kurashga chaqirdi. Zardushtiylarning diniy falsafasi qarama-qarshi kuchlarning kurashiga asoslangan. Bu kurash yorug‘lik, yaxshilik kuchlari xudosi Axuramazda, qora va zulmat kuchlari xudosi Axriman o‘rtasida boshlanib jamiyat va insonlar orasida davom etgan. Zaratushtra ta’limotiga ko‘ra jamiyat yaxshilik va yomonlikdan iborat. Shuningdek, bu ta’limotga ko‘ra insonlar hayotining asosiy mazmuni doimo xayrli ishlar qilish, bir-biriga mehr- oqibatli, xushmuomala bo‘lish va olijanob fazilatlardan iborat. Zardushtiylarda to‘rt unsur - olov, er, suv va havo muqaddas hisoblangan va ular doimo ardoqlanib kelingan. Zardushtiylar o‘limni dunyoda, jamiyat taraqqiyotida eng yovuz narsa deb hisoblaganlar. Shuning uchun ham ular muqaddas erga o‘likni ko‘mmaganlar hamda o‘ziga xos ko‘mish marosimlariga amal qilganlar. O‘likni (odam, hayvon) erga ko‘mish qattiq jazolangan.
Zardushtiylar o‘likni maxsus joylarda saqlab, hayvonlar va qushlar ular suyaklarini tozalaganidan so‘ng tozalangan suyaklarni tosh, loy yoki ohakdan yasalgan maxsus «astadon» («ossuariy»)larga dafn etganlar. Zaratushtra dini vaqt o‘tishi bilan asta-sekin, Eron tiliga mansub xalqlar o‘rtasida tarqalar ekan o‘z asosini saqlagan holda biroz o‘zgaradi. Axuramazda va Axrimandan tashqari «Avesto» bir qator boshqa xudolar - Mitra, Xouma, Anaxita, Ashi va Zurvon kabi ulug‘ xudolar faoliyati haqida ham hikoya qiladi. Zardushtiylik Sosoniylar davrida (mil. III-VII asrlar) uzil-kesil rasmiylashgan. Bu davrda zardushtiylik adabiyoti ham keng tarqaldi. Dastlabki paytlarda zardushtiylik dinining muqaddas matnlari avlodlarga og‘zaki etkazilgan va Zaratushtra o‘limidan so‘ng bir necha asr o‘tgach ma’lumotlar to‘planib yagona matn yozilgan. «Avesto» shu tariqa yuzaga kelgan. Bir qator olimlar zardushtiylik aqidalariga tayanib «Avesto»ni ilk sosoniylar (III-IV asrlar) davriga bog‘lasalarda, shunga qaramay uning birinchi tahriri mil. avv. I asrda bo‘lib o‘tgan deb hisoblanadi. «Avesto» («Asos», «Asosiy matn») jumlasi ham o‘sha paytda paydo bo‘ladi. Tarixchi Ma’sudiyning yozshicha, podsho Doro ibn Doro xazinasida “Obisto”ning (“Avesto”) 12 ming oltin taxtaga, Balxiyning “Forsnoma” kitobi va Abu Rayhon Beruniy asarlarida yozilishicha, 12 ming oshlangan qoramol terisiga tillo suvida yozilgan 32 kitobdan iborat nusxasi bo’lgan. U Persepolda saqlangan. Makedoniyalik Aleksandr Eronni zabt etganda, bu nusxa kuydirib yuborilgan. Ayni zamonda uning tibbiyot, falakiyot, falsafa va adabiyotga doir bo’limlari yunon tiliga tarjima qilingan. Milodning I asrida Parfiyadagi Arshakiylar sulolasi hukmdori Vologez I (51-78) da qayta kitob qilingan, lekin u saqlanmagan. Shuningdek, sosoniylar sulolasi hukmronligi davrida zardushtiylik diniga bo’lgan qiziqish kuchaygan. Sososniylar davri (III – VII asrlar) da yaxlit kitob holiga keltirlgan. Jumladan, Podsho Ardasher (226-242) va uning o’g’li Shopur (242-272) hukmronlik qilgan davrda zardushtiylik yana davlat diniga aylangan. O’sha davrda hukmronlik qilgan Xusrav Anushervon (531-579) hatto ruhoniylar ham tushinishi qiyin bo’lgani uchun Avestoni zamonasining adabiy tili hisoblangan pahlaviy tiliga o’girtirgan. “Avesto” matnlarini o’rganishda avvalo farnsuz va ingliz olimlarining xizmatlari muhim hisoblanadi. Xususan, fransuz tadqiqotchisi Anketil Dyuperron Hindistonga ilmiy safar qilib, u yerdagi zardushtiy (mazdaiy) lar jamoasida 3 yil yashadi. “Avesto” tilini va yozuvini o’rganadi va uni 1771- yilda fransuz tiliga tarjima qilib nashr etgan. “Avesto” ning 27-jilddan iborat bu nashri asarning yettidan bir qismidir. Tadqiqotchi Meri Boys ko’p yillar davomida Hindistondagi zardushtiylik jamoalari hayoti va urf-odatlarini o’rganadi. Bu haqda o’zining “ Zardushtiylar. E’tiqodlari va urf-odatlari” kitobida hikoya qiladi.
Qadimgi ajdodlarimizning ezgu g’oyalari va milliy davlatchilik an’analari o’z aksini topgan bu kitob faqat mustaqillik yillarida haqiaiy qadr-qimmat topdi. Uning xalqimiz va milliy davlatchiligimiz tarixidagi ulkan ahamiyatini hisobga olgan holda O’zR Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Avesto” kitobi yaratilganligining 2700 yilligini nishonlash to’g’risida”gi (2000 y. 29 mart 110-sonli) Qaror qabul qilindi. 2001 yili O’zbekistonda “Avesto” kitobining 2700 yilligi tantanali nishonlandi. Urganchda “Avesto” yodgorligi bunyod etildi. Olib borilgan tadqiqotlar natijalariga qaraganda, ilk temir davri O‘rta Osiyo hududlarida madaniy hayot, milliy urf-odatlar, an’analarning rivojlanganligini kuzatishimiz mumkin. Shunday an’analardan biri Navro‘z bayramidir. Navro‘z qadim avlodlarimizdan bizgacha etib kelgan muqaddas urf-odatlardan bo‘lib, uni bayram qilish O‘rta Sharq va O‘rta Osiyoda qadimdayoq rasm bo‘lgan. Asrlar o‘tishi bilan Navro‘z bilan bog‘liq an’analar xalqlar va elatlar o‘rtasidagi iqtisodiy va madaniy aloqalarning rivojlanishi zaminida keng yoyila borib, ko‘p o‘lkalarning an’anaviy milliy bayramiga aylandi. Narshaxiyning ma’lumot berishicha, «Navro‘z - Yangi yil bayramini o‘tkazish» an’analari boshlanganiga uch ming yildan o‘tgan. Ingliz olimasi M.Boys fikricha, zardushtiylarda «olov hamda ezgulik homiysi Asha Vahishta sharafiga bahoriy udum - Navro‘zni o‘tkazish an’anasi paydo bo‘lgan». Beruniyning yozishicha, «Navro‘z yangi yilning birinchi kuni bo‘lib, uning forscha nomi ham shu ma’noni taqozo etadi. Eronliklar o‘tmish zamonlarda yillarni qabisali oylarga bo‘lishgan. Bu vaqt quyoshninng Saraton burjiga kirish paytiga to‘g‘ri kelar edi. So‘ngra u orqaga surilgach, bahorda keladigan bo‘ldi. Endi u butun yil unga xizmat qiladigan bir vaqtda, ya’ni, bahor yomg‘irining birinchi tomchisi tushishidan gullar ochilguncha, daraxtlar gullashidan mevalari etilguncha o‘simlik unib chiqa boshlashidan takomillashguncha davom etgan vaqtda keladi. Shuning uchun Navro‘z olamning boshlanishi va yaratilishiga dalil qilingan.» Demak, Navro‘z 3-3,5 ming yillar ilgari paydo bo‘lgan bo‘lib, asrlar davomida yangicha qarashlar va an’analar bilan boyib bordi. Shu bilan birga uning tarkibida ajdodlarimining qadimgi mifologik tasavvurlari va hayot tarzi bilan aloqador marosim va urf-odatlar ham saqlanib qoldi.
Tаriхiy mаnbаlаrni o’rgаnish оrqаli shu nаrsа mа’lum bo’ldiki, «Аvеstо» dа tilgа оlingаn 16 tа jug’rоfiy hududlаrdаn 9 tаsi O’rtа Оsiyogа tааlluqlidir. O’rtа Оsiyodа «Аvеstо» tilgа оlingаn quyidаgi hududlаr jоylаshgаn - Gаvа (So’g’d), Хvаrizаm (Хоrаzm), Bахdi (Bаqtriya, Hisоr, Pоmir, Tаngritоg’ (Tyan’shаn) tоg’lаri, Kаspiy, Оrоl, Issiqko’l, Аmudаryo vа Sirdаryo. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling