2- mavzu: Mustaqilikka erishish arafasida Oʻzbekistondagi ijtimoiysiyosiy jarayonlar. Reja
Download 37.6 Kb.
|
1 2
Bog'liq2-мавзу maruza
2- mavzu: Mustaqilikka erishish arafasida Oʻzbekistondagi ijtimoiysiyosiy jarayonlar. Reja: XX asr 80-yillari oʻrtalarida rеspublika ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy hayotidagi inqirozli holat. 1989 yil oʻrtalarida rеspublika ijtimoiy-siyosiy hayotidagi oʻzgarishlar. Milliy manfaatlar ustuvorligining osib borishi. I.Karimov – Oʻzbekistonning Birinchi Prеzidеnti. Mustaqillik dеklaratsiyasi va uning tarixiy ahamiyati. 1991 yil avgust voqеalari. XX asrning 70 - 80 yillarida SSSRda iqtisodiyotning rivojlanish sura‘ti tobora pasayib, sarf-harajatlari ortib bordi. Mavjud imkoniyatlarni hisobga olmasdan ishlab chiqilgan ijtimoiy, oziq - ovqat , agrar, energetika, ekologiya va boshqa sohalardagi dasturlar samara bermadi, iqtisodiy ziddiyatlarni chuqurlashtirib yubordi. Sobiq Ittifoqda yuzaga kelgan turg`unlik xolati sabablariga quyidagilarni aytish mumkin. Xususan, XX asr ikkinchi yarmidan dunyoda ilmiy - texnikaviy yangiliklar sodir boʻldi. Bundan jahonning taraqqiy topgan davlatlari samarali foydalana boshladi. Mashina - fabrika ishlab chiqarishidan avtomatlashtirilgan kompleks ishlab chiqarishga oʻtib borildi. Ishlab chiqarishga hisob kitoblar, yechimlar, nazorat va boshqarish vazifalarini bajaradigan elektron - hisoblash apparatlari, axborot texnikasi, robotlar kirib keldi va keng qoʻllanila boshlandi. Odamlar bajarib kelgan moddiy texnik, mexanik, og‘ir jismoniy ishlarni texnika vositalari bajaradigan boʻldi. Fan ishlab chiqarish kuchiga aylandi. Natijada ilg‘or mamlakatlarda ishlab chiqarishning samarasi oshib, intensiv taraqqiyot yoʻliga kirdi. Moddiy ishlab chiqarishda ishlovchilar soni qisqarib, xizmat koʻrsatish sohasida, tibbiyot, ta‘lim, ilmiy faoliyatda band boʻlganlar soni oshib bordi. Axborot texnikasi tibbiyot, fan, ta‘lim va boshqa xizmat koʻrsatish sohalarida keng qoʻllanila bordi. Inson texnik, mexanik va og‘ir jismoniy ishlarni bajarishdan ozod boʻlib, oʻzini mazmunli, ijodiy ishlarga bag‘ishladi. Pirovardida turmush saviyasi tobora yaxshilanib bordi. Bu davrda sovet davlatida esa ilmiy - texnika inqilobidan foydalanish yetarli darajada yoʻlga qoʻyilmadi. Mamlakat katta tabiiy resurslarga ega boʻlsada, xoʻjaliklar ularning yetishmovchiligiga duch keldi. Koʻpgina mamlakatlar fan - texnika inqilobi tufayli xalq turmushida jiddiy ijobiy burilishga erishgan bir paytda SSSR bu jarayondan orqada qolib ketdi. Ishlab chiqarish texnologiyasi eskirgan, mahsulotlarning sifati past, ular sotilmasdan omborlarda toʻplanib qolayotgan edi. Ma‘muriy -buyruqbozlik tizimi, iqtisodiyotga partiyaviy rahbarlik va uning mafkuralashtirilishi iqtisodiyotni isloh, qilish yoʻlidagi urinishlarni yoʻqqa chiqarar edi. Ijtimoiy extiyojlarga mablag ajratishda qoldiq printsipi va taqsimotda tekischilik hukmron edi. Bular aholining mehnatga qiziqishi va faolligini susaytirdi, boqimandalik, ichkilikbozlik, giyoxvandlik, chayqovchilik, porahoʻrlik kabi yaramas illatlarni keltirib chiqardi. Buyruqbozlik boshqaruv usuli, mamlakatda keng tarqalgan qog‘ozbozlik, majlisbozlik illatlari iqtisodiyotning oʻz qonunlari va vositalari asosida rivojlanishiga toʻsqinlik qilmoqda edi. Odamlar mulkdan begonalashtirilgan, shu tufayli loqaydlik yuzaga keldi. ―Qayta qurish‖ - XX asrning 80 - yillari oʻrtalarida keng iste‘molga kirgan tushuncha. ―Qayta qurish‖ KPSS MK Bosh kotibi Mixail Sergeevich Gorbachev va KPSS Markaziy Komitetining 1985 yil 25 aprel plenumi bilan bevosita bog‘liqdir. Bu siyosat SSSRda totalitar tizimni isloh, yoʻli bilan oʻzgartirishga qaratilgan harakatni anglatgan. Qayta qurish siyosatining maqsadi va vazifasi mamlakatda toʻplanib qolgan ijtimoiy -siyosiy, iqtisodiy, madaniy va mafkuraviy sohalardagi muammolarni ―qayta qurish‖ yoʻli bilan hal etishdan iborat boʻlgan. 1987 - 1990 yillar esa qayta qurishning ikkinchi bosqichi boʻlib, endilikda jamiyatning barcha jabxalarini kompleks tarzda isloh, qilishni kun tartibiga qoʻydi. Jumldan, bu davrda sovet jamiyatini demokratlashtirish masalasi asosiy vazifa, deb ta‘kidlandi. Demokratlashtirish jarayoni jamiyatni ma‘lum darajada uyg‘otdi, ijtimoiy faollik ortdi. Saylovlarning muqobil nomzodlar ishtirokida, alternativ asosda olib borilishi ijobiy holat edi, bundan tashqari SSSRda saylov tizimini oʻzgartirish toʻg‘risidagi Qonun (1988 yil dekabri) ning qabul qilinishi ham jamiyat a‘zolari ijtimoiy faolligini oshirishda ma‘lum ahamiyat kasb etdi. Biroq ittifoqda tub demokratik oʻzgarishlarni amalga oshirish, boshlangan islohotlarni oxiriga yetkazish mumkin bulmadi. Bu ikki sabab bilan izohlanadi. Birinchidan, qayta qurishning aniq, izchil, ilmiy jihatdan puxta ishlab chiqilgan dasturi yoʻq edi. Ikkinchidan, partiya rahbarlari bundan manfaatdor emasdilar. Xullas, M. S. Gorbachev boshchiligida KPSS rahbariyatining bir qismi tomonidan boshlangan qayta qurish siyosati mamlakat hayoti va umuman jahonda ma‘lum oʻzgarishlar sodir bulishiga olib keldi (oshqoralik, siyosiy plyuralizm, «sovuq urush»ning tugashi va x,k.). Qayta qurishni amalga oshirishdagi qarama - qarshilik va noizchilliklar natijasida 80 -yillarning oxiri - 90 - yillarning boshidan mamlakat hayotining barcha sohalarida buxronlar kuchayib ketdi. Qayta qurish sobiq SSSRda toʻplanib qolgan muammolarni toʻla xal etishga xizmat qilmadi. Mustaqillik, demokratiya va erkinlik g‘oyalariga toʻg‘ri kelmaganligi tufayli ham amaliy samara bermadi. Oxir oqibatda KPSS ning xalokati va SSSR ning tugashiga muayyan turtki boʻldi. ―Paxta ishi‖ va uning XX asrning 80 - 90 - yillarda sovet hokimiyati tutgan siyosat oqibatlari mavjud turg`unlik holatidan chiqish, shuningdek, sobiq ittifovdosh respublikalarning mustaqillik yoʻlidagi harakatlarini bartaraf etish, sobiq SSSRda yuzaga kelgan inqirozli harakatlar sabablarini ittifoqdosh respublikalardan qidirish, ularni ayblash uchun turli nayranglar, «siyosiy oʻyinlar» uylab chiqdilar. 1983 yilning oxirida Oʻzbekistonda juda og‘ir vaziyat vujudga kelgan edi. Respublikada jinoyatchilikka qarshi kurashish niqobi ostida SSSR Bosh prokurori xoʻzurida alohida muhim ishlar buyicha maxsus 12 kishilik tergovchilar guruxi tuzilib, OʻzSSRga yuboriladi. Ular OʻzSSRda paxta tayyorlash va uni qayta ishlash bilan bog‘liq jarayonlardagi «Qoʻshib yozish», «oʻg‘irlik», «koʻzboʻyamachilik», «porahoʻrlik»ni (aslida bunday moliyaviy jinoyatlar va qing‘irliklar butun SSSR hududidagi iqtisodiyotda chuqur ildiz otib kelgan edi) tergov qilish bilan shug‘ullandilar. Buning natijasida «paxta ishi» paydo boʻldi. Tergovlar jarayonida Moskvadan yuborilgan T.X Gdlyan va N.V. Ivanov guruxining faoliyati natijasida respublikadagi jamoa xoʻjaliklari raislari va sovxoz direktorlarining 60%, qishloq xoʻjaligi yetakchi mutaxassislarining 45%, paxtachilik brigada boshliqlarining 35%, shuningdek, koʻplab rahbarlar, viloyatlar va tumanlar partiya komiteti kotiblari, respublika miqyosidagi partiya, sovet va xoʻjalik rahbarlari oʻz vazifalaridan olib tashlandi va ularga nisbatan jinoiy ish qoʻzg‘atildi. OʻzSSRning ijtimoiy - siyosiy hayotida 1984 yil 23 iyunda boʻlgan Oʻzbekiston Kompartiyasi MK XVI - plenumi mash‘um rol uynagan. Moskva tashabbusi va koʻrsatmasi bilan tashkil qilingan bu plenumda qabul qilingan hujjatlar OʻzSSRda Oʻzbek xalqini asossiz badnom etish kompaniyasini boshlab berdi. Markazning tazyiqi ostida 1984 yildan Oʻzbekistondagi rahbarlik lavozimlariga sobiq ittifoqning har xil joylaridan «kadrlar desanti» kela boshladi. Birgina 1984 - 1987 yillarda Moskva, Leningrad va Rossiyaning boshqa shaharlaridan 400 dan ortiq kishi Oʻzbekistonning partiya, sovet, ma‘muriy - xoʻjalik organlariga ishga yuborilgan. Kadrlarni almashtirish siyosati ayanchli tus oldi. Markaziy matbuotda e‘lon qilingan maqolalarda Oʻzbek xalqi badnom etilib, «paxta ishi»ga ataylab siyosiy tus berildi va u keyinroq atay «Oʻzbek ishi»ga aylantirilib, xalqimizning nafsoniyatini toptash yoʻliga utildi. 1983 - 1990 yillarda OʻzSSRda «paxta ishi» degan uydirma buyicha jami 40 ming kishi tergov qilindi, ularning aksariyati tergov izolyatorlarida prokuror sanktsiyasisiz utirdi, 5 ming kishi esa soxta ayblar bilan jinoiy javobgarlikka tortildi. Aytish kerakki, 2011 yil avgust oyida Oʻzbekiston televideniesi orqali namoyish‘ etilgan „Mustaqillik arafasida yoki shoʻrolarning soʻnggi talvasasi" filmidan oʻrin olgan tarixiy lavhalar, taniqli olimlar, ekspert va taxlilchilarning 1989-1992 yillardagi suronli voqealar haqidagi fikrlari „Oʻzbekiston mustaqillikka erishish ostonasida" kitobida tilga olingan masalalarni tarixiy, ijtimoiy-siyosiy jihatdan toʻldirib, ularning ahamiyatini yanada oshiradi, kitobxon tasavvurini yanada kengaytirishga xizmat qiladi. Oʻz xalqining taqdiri va kelajagini, erkin va farovon hayotini oʻylagan inson, avvalo, uning tinch-osoyishta hayot kechirishi haqida bosh qotiradi. Umuman, jamiyatning tinchligi va barqarorligini ta‘minlash yoʻlida oʻzining butun kuch-qudrati va salohiyatini safarbar etish - buyuk yoʻlboshchilarga xos asosiy fazilatlardan biridir. Tarixga murojaat etadigan boʻlsak, Hindiston zaminida davlat barpo etgan ulug‘ ajdodimiz Zahiriddin Muhammad Boburning bu oʻlkadagi turli qabila va elatlar oʻrtasida tinchlik, oʻzaro hamjihatlikni asrash yoʻlida qanchalik tinimsiz kurash olib borganini eslash lozim. Aynan ana shunday izchil siyosat hind zaminida shakllangan oʻzaro doʻstlik, hamjihatlik, milliy birlik an‘analariga asos boʻlganligi shubhasiz. Prezidentimiz Islom Karimovning respublika rahbari sifatidagi faoliyatining dastlabki yillaridan boshlab yurtimizda tinchlik va barqarorlikni saqlash va millatlararo hamjihatlikni mustahkamlash masalalari eng muhim ustuvor yoʻnalishlarga aylangani va bu g‘oya mustaqillik g‘oyasining ajralmas tarkibiy qismi sifatida „Oʻzbekiston mustaqillikka erishish ostonasida" kitobidagi ma‘ruzalarda har tomonlama oʻz ifodasini topganini ta‘kidlash lozim. Ma‘lumki, XX asrning 80-yillari oxirlarida sobiq SSSRda iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy inqiroz jarayonlari kuchayib, betayinlik avj olib ketdi. Oʻz navbatida, necha yillar davomida hal etilmagan, xalqning sabr kosasini toʻldirgan muammolar oxir-oqibatda ijtimoiy larzalarga, milliy nizolarga olib keldi. Bunday salbiy holatlar, afsuski, Oʻzbekistonni ham chetlab oʻtmadi. 1989 yilning may oyi oxirlari, iyunning boshlari butun Farg‘ona viloyati janjal va toʻpolonlar alangasi ichida qolib ketdi. Dastlab 23 may kuni boshlangan fojia ikki kundan keyin Toshloq tumaniga, undan soʻng esa Marg‘ilon va Qoʻqon shaharlariga oʻtdi. Aytish mumkinki, bunday fojialar, yurtimiz tarixida ilgari hech qachon yuz bermagan. Qadimdan oʻzining bag‘rikenglik, mexmondoʻstlik, mehr-shafqatlilik fazilatlari bilan shuxrat qozongan xalqimiz hech qachon birovga nisbatan adovatda boʻlmagan, qoʻl koʻtarmagan. Biroq, sobiq ittifoqdagi buzg‘unchi kuchlar ta‘sirida ana shunday favqulodda kutilmagan fojia sodir etildi va begunoh insonlar halok boʻldi. Mingga yaqin kishi jarohatlandi. Sakkiz yuzdan ortiq uyga oʻt qoʻyildi. Davlat va jamoat idoralarining binolarig‘a ziyon yetkazildi. Ommaviy chiqishlar va toʻpolonlarda oʻttiz mingga yaqin odam ishtirok etdi. Yetkazilgan ziyon bir necha million soʻmdan iborat boʻldi. Keyinchalik aniq tarixiy dalillar asosida ma‘lum boʻldiki, ana shu tartibsizliklarga, xalqimiz, yurtimiz manfaatlariga mutlaqo zid boʻlgan harakatlarga milliy kiyimlarni kiyib olgan, aslida boshqa millatlarga mansub boʻlgan, maxsus tayyorgarlik bilan koʻchaga chiqarilgan kishilar tashkilotchilik qilishgan, ular tinch aholini qoʻzg‘ab, janjal chiqarishga da‘vat etgan. Ular mesxeti turklari va boshqa millat vakillariga qarshi ig‘vo va boʻhton gaplarni tarqatib, soda olomonni g‘alayonga keltirishga uringan va ba‘zi holatlarda bunday yovuz niyatlarini amalga oshirishga erishgan ham. Sobiq SSSRning markaziy matbuoti va koʻpgina OAV bor haqiqatni aytib, jahon ahlini ogoh etish, bunday toʻpolonlarning oldini olish oʻrniga, bamisoli olovga yog‘ sepgandek, Farg‘ona voqealarini bir yoqlama yoritishga harakat qilar edi. Asosiy aybdorlar bir chetda qolib, ular jabr koʻrgan, qancha-qancha qurbonlar bergan jabrdiyda xalqimiz sha‘niga malomat yog‘dirishga urinardi. Xuddi „paxta ishi"da boʻlgani kabi, bu safar ham xalqimiz yoʻq joydan aybdor boʻlib qolayotgan edi. Sovet rahbarlari, jumladan, SSSR Ministrlar Soveti raisi N.Rikov voqea sodir boʻlgan joyda boʻlib, hech narsani hal qilmasdan, nomiga kelib-ketadi. Fojia ildizlarini aniqlash, ularni bartaraf etish choralarini qidirish, haqiqiy jinoyatchilarni topish hech kimning xayoliga ham kelmas edi. Oʻsha paytda SSSR davlatining oliy hokimiyat organida SSSR Oliy Sovetining Millatlar Kengashi raisi lavozimida ishlagan R.Nishonovning bu boradag‘i pozitsiyasi haqida avvalgi bobda fikr yuritilgan edi. Ana shunday mas‘uliyatsiz odamni shunday yuqori vazifaga qoʻygan SSSR Prezidenti M.Gorbachevning bu masaladagi yondashuvi ham unikidan farq qilmas edi. Ular uchun butun bir xalq, butun bir respublikaning taqdiri muhim emasdi. Ular ana shunday betayin pozitsiyasi bilan Oʻzbekistonda beqaror vaziyatni vujudga keltirish, oxir-oqibatda esa butun Oʻrta Osiyoda fuqarolar urushini, qonli fojialarni avj oldirishni koʻzlab yurgan, qizil imperiyani qanday qilib boʻlsada saqlab qolishga intilayotgan Markazdagi yovuz kuchlarg‘a yoʻl ochib beradi. Bularning barchasi respublikaning yangi rahbari Islom Karimov zimmasiga oʻsha paytda qanchalar og‘ir vazifalar tushganini koʻrsatadi. Atoqli adabiyotshunos olim Ozod Sharafiddinov oʻzining ―Prezident‖ nomli risolasida oʻsha paytda yurtimizda hukm surgan vaziyatni qaynab yotgan qozonga qiyoslagani bejiz emas edi. Bu qaynoq qozonning ichiga tushish u yoqda tursin, uning oldiga yaqinroq borishning oʻzi tasavvur etib boʻlmaydigan jasorat edi. Islom Karimov shunday taxlikali vaziyatda respublikadagi boshqa koʻplab muammolarni qoʻya turaylik, faqat Farg‘ona voqealari masalasida bir necha jabhada, ya‘ni ham siyosiy-nazariy, ham tashkiliy-amaliy, ham mafkuraviy sohada faoliyat olib borishiga toʻg‘ri keldi. Boshqacha aytganda, u avvalo oʻlkan siyosiy nazariy tafakkur asosida bu voqealar nima uchun sodir boʻlganiga, uning ildizlariga baho berish; ikkinchidan haqiqiy jinoyatchilar va ularning ortida turgan qabih kuchlarni aniqlash; Farg‘ona voqealari yaqqol namoyon etgan ijtimoiysotsial muammolarni tashkiliy-amaliy jihatdan hal etib, odamlarning haqiqatga, ertangi kunga boʻlgan ishonchini tiklash; uchinchidan, SSSRning katta minbarlari orqali Farg‘ona voqealari haqidagi asl haqiqatni dunyoga yetkazish, xalqimizning sha‘ni va g‘ururini himoya qilishi zarur edi. Bunday vazifalarni ado etish, insonning jismoniy va intellektual imkoniyatlari nuqtai nazaridan qaraganda, ayniqsa, sobiq mustabid tuzum sharoitida, har tomondan bosim, tazyiq va ta‘qiblar kuchaygan paytda nihoyatda og‘ir ekanini tasavvur etish albatga qiyin emas. Lekin Islom Karimov oʻlkan jasorat bilan, haqiqiy holatga real koʻz bilan qarab, shiddatli kurash maydoniga mardona bel bog‘lab chiqadi. U Farg‘ona voqealariga keng nazar bilan qaraydi. Ya‘ni bu voqealar, ularning negizidagi sabablar faqat bitta viloyatga xos emas, budday fojialar Oʻzbekistonning xohlagan joyida yuz berishi mumkin, deb hisoblaydi. Chunki ularni yuzaga chiqargan sabablar, muammolar Oʻzbekistonning boshqa joylarida ham keskin boʻlib turganini aniq dalillar bilan isbotlab beradi. Shu maqsadda, kechagina respublikamiz rahbari etib saylangan Islom Karimov ishga kirishgan kunning ertasigayoq, ya‘ni 24 iyun kuni Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetida katta majlis oʻtkazadi va unda nutq soʻzlaydi. Oʻzining keskin tanqidiy va amaliy ruhi bilan ajralib turadigan mazkur nutqda respublika rahbari Oʻzbekistonda vujudga kelgan oʻta murakkab ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat va uning sabablarini chuqur tahlil qilib, achchiq va haqqoniy bir xulosaga keladi, Islom Karimov voqeaga baho berish, uning ildizlarini qidirish va bunday g‘ayriinsoniy xatti-harakatlarga chek qoʻyish uchun butun imkoniyatini ishga solgani Oʻzbekiston mustaqillikka erishish ostonasida" kitobining eng dramatik sahifalarini tashkil etadi. Oʻzbekiston rahbari yurtimizdagi vaziyatni barqarorlashtirish vazifasini KPSS Markaziy komiteti, xususan, Bosh kotib M.Gorbachev oldiga keskin qilib qoʻyadi. KPSS Markaziy komiteti plenumida soʻzga chiqar ekan, Islom Karimov Oʻzbekistondagi, jumladan, Farg‘ona viloyatidaga soʻnggi voqealar toʻg‘risida ayrim OAV e‘lon qilgan maqolalarni tushunish qiyinligi haqida gapiradi. Konkret sharoitimizni, koʻp asrlik tariximiz, madaniyatimiz, an‘analarimiz, urf-odatlarimiz va marosimlarimizni bilmagan, shuningdek, oʻsha voqealarning sababchisi boʻlmish murakkab muammolardan bexabar qiziqqon, ba‘zi hollarda esa kimlarningdir buyurtmasini bajargan mualliflar butun bir xalqning nomini badnom etib, uning yuziga loy chaplamoqda va oʻzini oliy hakam deb hisoblamoqda, deb OAVning soxta shov-shuvlari asossiz ekanini dadil ochib tashlaydi. 1989 yilning 25 iyunida respublika rahbar etib saylanganining uchinchi kuni Islom Karimov janjal-toʻpolonlar alangasi ichida qolib ketgan Farg‘onaga yoʻl oladi. Lovullab yonayotgan uylar, tahlika va sarosimaga tushgan shahar va qishloqlar, qaxr-g‘azabga toʻlgan odamlarning ichiga bir oʻzi hech qanday qoʻriqchilarsiz kirib boradi. Ular bilan chin dildan, hech narsani yashirmasdan ochiq gaplashadi. Bu insonlarning shu vaqtga qadar hech kim eshitmagan ohu nolalarini tinglab, oʻzining yurakdan chiqqan samimiy va haqqoniy soʻzlari bilan bamisoli ularning qalbidagi jarohatlarga malham qoʻygandek boʻladi, koʻngillarda soʻngan umid uchqunlarini uyg‘otadi.Tartib-intizomni tiklash, qon toʻkilishining oldini olish boʻyicha butun mas‘uliyatni oʻz zimmasiga olib, aniq chora-tadbirlar koʻradi. Voqea sabablarini qidiradi. Masala mohiyatini ochiq-oydin koʻrsatadi. Jumladan, u ―ana shu fojianing aybdorlarini himoya qilishga urinishlar ham asossizdir. Kim boʻlishidan, qaysi millatga mansubligidan qat‘i nazar, vahshiylik va odam oʻldirishda, oʻt qoʻyish va toʻs-toʻpolon chiqarishda aybdor boʻlgan shaxslar jazoga tortilishi zarur va jazoga tortiladilar, toki oʻzbek xalqining pok nomiga dog‘ tushirilishiga yoʻl qoʻyilmasin‖, deb takidlab oʻtgan‘. Respublika rahbarining bunday qatiyati asossiz ta‘na va boʻhtonlardan ezilgan, turli tahdidlar oqibatida tahlikaga tushgan xalqning ruhini koʻtarib yubordi. Islom Karimov qonli voqealar haqidagi haqqoniy fikrlari bilan xalqimiz sha‘niga otilgan malomat toshlari butunlay boʻhton ekanligini isbotlaydi. Ayni paytda vahshiylik qilgan, odam oʻldirgan, tartibsizliklarni keltirib chiqargan, uylarga oʻt qoʻygan, transport vositalarini yoqib yuborgan kimsalar oʻzbek millatiga mansub emasligini, ularning hammasi ataylab tashkil etilganini yuqori sovet minbaridan turib jasurlik bilan aytdi. Respublikada mavjud ijtimoiy vaziyatni nazarda tutgan Oʻzbekiston rahbari sodir boʻlgan voqealar yuzasidan oʻzining pozitsiyasini ochiq-oydin bayon etadi. Albatta, Islom Karimov respublika rahbari sifatida Farg‘ona voqealarining sabab va oqibatlari haqidagi ma‘lumotlar bilan oʻz kabinetida oʻtirib ham tanishishi, kerakli qarorlarni qabul qilishi mumkin edi. Ammo kabinetdan chiqmay ish yuritish prinsipi Islom Karimov uchun mutlaqo begona edi. U hayotning qaynoq nafasini bevosita his qilish, yaxshi-yomon kunlarda xalq bilan birga boʻlish, elyurtning dardu quvonchiga doimo sherik boʻlishni oʻzining hayotiy maslagi, oliy insoniy burchi deb bildi. Agar oʻsha yillar tarixiga e‘tibor beradigan boʻlsak, Farg‘ona voqealari haqida shov-shuv koʻtarganlar, shunday qonli fojia hisobidan obroʻ topish, oʻzining g‘arazli manfaatlariga erishishga, xalqimizni badnom qilishga uringan kimsalar koʻp boʻlgan. Islom Karimov bu borada kuyib-yonib, asl haqiqatni katta dard va jasorat bilan bayon qiladi, fojia oqibatlarini bartaraf etishning amaliy yechimlarini ishlab chiqadi va izchil amalga oshiradi. Jumladan, Yurtboshimiz Toshkentda va Moskvada boʻlib oʻtgan katta anjumanlarda, shuningdek, matbuotdagi chiqishlarida bu masalada qat‘iy pozitsiyada turib, quyidagi fikrlarni alohida ta‘kidlaydi: ―Oʻzbek xalqining vijdoni pok. Farg‘ona voqealari oʻzbek xalqining irodasi bilan sodir boʻlmadi. Bu voqealarga tuturuqsiz va g‘arazli maqsadlarni koʻzlab, kim qanday boʻyoq bermasin, tarix, albatta, oʻzining adolatli hukmini chiqaradi. Baynalmilalchilik, mehmondoʻstlik, yaxshilik, qalb saxovati hamisha oʻzbek xalqiga xos fazilat boʻlib keldi. Xalqimiz hech qachon boshqa xalqlarga nisbatan dushmanlik kayfiyatida boʻlmagan. Bu qadimiy va hozirgi tariximizdan olingan koʻpgina misollar bilan isbot qilingan‖. Bunday haqqoniy va haroratli soʻzlar el-yurtimizning dardiga darmon boʻldi, uning tuhmat va malomatlardan egilgan ruhini koʻtardi. Ana shunday tarixiy misollar asosida aytish mumkinki, Islom Karimovning barcha muammolar haqida - ular qanchalik og‘ir va noxush boʻlmasin - ochiq gapirishi, hamisha haqiqatning koʻziga tik qarashi unga nisbatan xalqimizning e‘tirofi va ehtiromini uyg‘otdi. Oʻzidan ilgari respublika rahbari boʻlib ishlagan, siyosiy kaltabinligi va jur‘atsizligi bilan el-yurt oʻrtasida obroʻsini yoʻqotgan I.Usmonxoʻjaev va R. Nishonov kabi oʻtmishdoshlaridan farqli ravishda, Islom Karimov Oʻzbekiston yetakchisi sifatida uzoq vaqtlar davomida yechilmasdan, gazak oldirilgan kamchilik va nuqsonlar, oʻtkir ijtimoiy muammolarning ildizini ochib tashladi, mavjud ayanchli ahvolni tuzatish boʻyicha Markaz rahbariyati oldiga qat‘iy talablarni prinsipial tarzda qayta-qayta qoʻyishdan choʻchimadi. Ushbu kitobdan oʻrin olgan koʻplab chiqishlarda buni yaqqol koʻrish mumkin. Mavjud siyosiy beqarorlik, boshboshdoqlik va bedodlik sharoitida, naqadar og‘ir va qaltis boʻlmasin, oʻsha mash‘um kunlarda sobiq Markazdagi kuchlar va ularning oʻzimizdagi malaylari yurtimiz rahbariga har qadamda millatchilik yorlig‘ini yopishtirish, uning shaxsiga nisbatan tuhmat va malomatlar yog‘dirishg‘a qanchalik urinmasin, qanday keskin siyosiy va ma‘naviy-ruhiy bosim ta‘siri ostida ish olib borishga toʻg‘ri kelmasin, Islom Karimov el-yurtning tinchligini asrash, xalqimizni omon saqlashni oʻzi uchun eng buyuk maqsad deb bilganini kitobdan oʻrin olgan har bir hujjat isbotlab, tasdiqlab beradi. Farg‘ona fojialari tagida shovinizmga aloqador sabablar ham bor edi. Bu voqealar, aytish mumkinki, 1986 yili Qozog‘iston poytaxti Olmaotada amalga oshirilgan „Metel" operatsiyasining davomi edi. Albatta, senariylar shakli, tashkiliy uslubi jihatidan ular har xil boʻlishi mumkin. Biroq maqsad bitta edi. Shu tariqa mavjud siyosiy tizimni turli alg‘ov-dalg‘ovlar, toʻs-toʻpolonlar, milliy respublikalardagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatni chigallashtirish orqali saqlab qolishga harakat qilindi. Ayniqsa, „Rashidovchilik", „Oʻzbeklar ishi", „Paxta ishi" kabi siyosiy kampaniyalar bilan gangitilgan respublikamizning oʻsha paytdagi rahbarlari iltimoslariga koʻra Rossiyadan yuzlab chalasavod rahbarlar „desanti" Oʻzbekistonga tashlandi. „Desantchi"lar siyosati fosh boʻla boshlagach, xalqimizni millatchilikda ayblash kerak boʻlib qoldi. Yarim yillik tayyorgarlikdan soʻng, 45 yil davomida SSSR hukumatidan Mesxetiyaga qaytarishni talab qilaverib charchagan, may oyida nima qilib boʻlsa ham ketishni rejalashtirgan turklarning faollashuvidan, xuddi shu oyda ishsizlik jonlariga tegib, namoyishlarga hozirlanayotgan Farg‘ona yoshlarining soddaligidan foydalanildi. Natijada shoʻrpeshana turklar Rossiyaning kimsasiz boʻlib yotgan qishloqlariga koʻchirildi. Boshqacha qilib aytganda, ular yangi sharoitda yangicha surgunga giriftor etildi. Farg‘onaning maxalliy aholisi esa ijtimoiy-siyosiy talablari uchun Qoʻqonda oʻqqa tutildi. Bu ikki harakatda ham ruslarga qarshi kayfiyat bor, degan sun‘iy da‘volar oʻylab topildi. Bunday fitna Oʻshda 1989 yil 20 mayda boʻlib oʻtgan voqeadan keyin paydo boʻlgan edi. Prezidentimiz Islom Karimov oʻz kitobida Farg‘ona voqealarining tub sabablarini quyidagi masalalar bilan bog‘liq holda talqin etadi: 1. Farg‘ona vodiysida yashayotgan aholining og‘ir ijtimoiy-iqgisodiy aqvoli. Odamlarning ta‘minoti, daromadi, ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli haddan tashqari pastligi tufayli bunday holat Oʻzbekistonning boshqa joylarida ham sodir boʻlishi mumkinligi. Ishsizlik, ishchi oʻrinlarining kamligi, ya‘ni ortiqcha ishchi kuchining koʻpayib borishi. Yoshlar va ularni ishga joylashtirish masalasi jiddiy oʻylab koʻrilmagani kabi sabablar. 1991 yilning 9 dekabrida Namangan shaxrida bir guruh qoʻporuvchi kuchlar viloyat ijroiya qoʻmitasi binosini egallab olib, Oʻzbekistonni islom davlatiga aylantirishni da‘vo qilib chiqishadi va respublika rahbari bilan uchrashuvni talab qilishadi. Islom Karimov prezidentlikka nomzod sifatida ertasi kuni tongda Namanganga yetib keladi va ongi aqidaparastlik g‘oyalari bilan zaharlangan, jazavaga tushib, qora kuchga aylangan johil olomon orasiga soqchi va hamrohlarsiz, bir oʻzi hech ikkilanmasdan, shijoat va shiddat bilan kirib bordi. Bu oʻta keskin, dramatik holat videotasmaga tasodifan muxrlanib qolgan. Ana shu jasoratga toʻla, har qanday odamni ham hayajonga soladigan tarixiy lahzalar ‖Mustaqillik arafasida yoki shoʻrolarning soʻnggi talvasasi‖ filmida aks ettirilgan. Shiddat bilan kirib kelgan respublika rahbarini koʻrishgach, aqidaparastlar bir oz dovdirab qolishadi. Yurtboshimiz vazminlik bilan soʻz boshlaydi va ularning barcha da‘volarini aniq faktlar bilan rad etadi. Bu harakat a‘zolari 1991 yilning dekabrida Namanganda viloyat ijroiya qoʻmitasi binosini egallab olib, hukumat vakillariga quyidagi talablarni qoʻyadi: 1. Dunyoviy tuzumdan voz kechish va Oʻzbekistonni islomiy davlat deb e‘lon qilish. Dunyoviy qonunlarni bekor qilish va mamlakatda shariat arkonlarini joriy etish. Dunyoviy maktablarni yopish va oʻg‘il bolalar hamda qiz bolalar alohida oʻqitiladigan maktablar ochish. Islomiy kiyinishga oʻtish, ayollarning hijobda yurishlarini joriy etish. Namangandagi sobiq siyosiy ta‘lim muassasalari binolarini islom radikallari ixtiyoriga berish kabilar edi. Ular jami 15 ta talab asosida hokimiyatni miyasi diniy radikalizm bilan zaharlangan kuchlarning qoʻliga berishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan edi. Hokimiyatning ularga berilishi ularning nazarida jihod qilinishi lozim boʻlgan barcha insonlarning — oʻzga dindagilarni, oʻzgacha fikrlovchilarni, dunyoviy taraqqiyot tarafdorlarining, qisqasi, koʻngillariga yoqmaganlarning istisnosiz tarzda qirib tashlanishiga olib kelgan boʻlar edi. Shuni aytish kerakki, Islom Karimovning qat‘iyati va jasorati binoni boshiga koʻtarib g‘alayon qilib yotgan minglab eng ashaddiy ekstremistlarni ham sarosimaga solib qoʻyadi. Mamlakatimiz rahbari hayajonga berilmasdan, ular talab qilayotgan yoʻl qonunga mutlaqo zid ekani va hech qachon yaxshilikka olib kelmasligini uqtiradi, oʻzining salobati va irodasi bilan guvullab yotgan olomonning shashtini soʻndirishga, behuda qon toʻkilishining oldini olishga muvaffaq boʻladi. Mustaqillik arafasida talonchilik, bosqinchilik, garovga olish, ta‘magirlik, oʻg‘irlik, tovlamachilik, odam oʻldirish bilan bog‘liq jinoyatlar Namanganda ham avj oladi. 1990 yilning oʻn oyida viloyatda 3189 ta jinoyat yuz bergan boʻlsa, 1991 yilning may oyiga (besh oy ichida) kelib bu koʻrsatkich 3213 tani tashkil etadi2. Oʻziga toʻq oilalarning bolalarini oʻg‘irlab ketib, evaziga katta pul soʻrash holatlari kuchayadi. Terroristik usullarni keng qoʻllagan, mamlakat hayotini izdan chiqarish va shu orqali davlatni kuchsizlantirish yoʻlini tanlagan radikallar 1992 yil bahorida oʻzlarining yovuz basharasini yana bir bor namoyish qilib, rasmiy hokimiyatning bir necha vakillarini garovga olishadi. Keyinchalik Tojikiston va Afg‘oniston hududidagi harbiy harakatlarda ishtirok etgan bu kuchlar mazkur mamlakatlardagi harbiy lagerlarda tayyorgarlikdan oʻtib, Oʻzbekiston hududida ham bir qator terroristik jinoyatlarni sodir etdi. Yuqorida zikr etilganidek, dunyodagi bebaho boylik boʻlgan tinchlik va osoyishtalikni saqlash, uni koʻz qorachig‘idek asrash masalasi mamlakatimiz rahbari Islom Karimovning faoliyatida doimo eng muhim, eng ustuvor yoʻnalish boʻlib kelmoqsa. Buni har xil buzg‘unchi kuchlar, diniy va dunyoviy niqobdagi radikal oqimlar bosh koʻtargan oʻsha notinch davrda, Islom Karimovning chuqur iztirob bilan oʻrtanib, 1992 yil 4 yanvar kuni Oliy Kengashning 9-sessiyasi minbaridan turib xalqqa qilgan murojaatidagi bugun ham oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan ushbu soʻzlari yaqqol tasdiqladi. Yillar davomida mustaqillik sari intilib yashagan xalqimiz qalbining oʻziga xos ifodasi boʻlgan ushbu nutq va ma‘ruzalar oʻsha davrda faoliyat yuritgan aksariyat rahbarlarning chiqishlarida kuzatiladigan kommunistik ritorika va demagogiyadan, aravani quruq olib qochishlardan mutlaqo xoli ekani, otashin ruhi va samimiyati bilan keskin ajralib turadi. Bugungi kunda tarixning noyob hujjatiga aylangan bu chiqishlar oradan 20 yildan ziyod vaqt oʻtsa-da, beixtiyor odamni hayratga soladi. Islom Karimovning vaziyatga real baho berish, nostandart qarorlar qabul qilish borasidagi qobiliyati, xalqimizning azmu shijoati, qat‘iy irodasi, bag‘rikengligi, bunyodkorlik kuchiga boʻlgan cheksiz ishonchi uning har bir nutq va ma‘ruzasida aniq-ravshan sezilib turadi. Ular bilan tanishar ekanmiz, bir paytning oʻzida chuqur tahliliy va xarizmatik2 qobiliyatga ega boʻlgan mana shunday shaxslargina tarix taqozo etganda butun mas‘uliyat va javobgarlikning zalvorli yukini oʻz zimmasiga olishga qodir boʻlishi, har tomonlama teran oʻylab, uzoqni koʻzlab ish koʻrgan holda, davlat va jamiyat taraqqiyotida hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻlgan strategik qarorlar qabul qila olishiga amin boʻlamiz. Oʻzbekistonning butun tarixi xalqning mustaqillik uchun doimiy va tinimsiz intilishidan guvohlik beradi. Milliy-ozodlik harakatlari, XIX asr oxirlari va XX asrning 30-yillarigacha boʻlib oʻtgan qoʻzg‘olonlar buning yaqqol koʻrinishlari deyish mumkin. Ular xalqimizning ozodlik yoʻlidagi kurashlari hech qachon toʻxtab qolmaganini koʻrsatadi. Millatlararo munosabatlarni barqarorlashtirish har qanday koʻp millatli jamiyatda oʻtish davrining hal qiluvchi masalasi, mamlakatda tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlashning eng muhim omili sifatida kun tartibiga chiqadi. Bunday paytda davlat faqat adolat kuchiga tayanib, milliy, irqiy, diniy mansubligidan qat‘i nazar, mamlakat fuqarolarining huquq va manfaatlarini birdek himoya qila olgandagina bu masala ijobiy hal etiladi. Buni Oʻzbekiston misolida yaqqol koʻrish mumkin. Oʻzbekistonda milliy va millatlararo munosabatlarga ana shunday oqilona yondashildi. Natijada mustaqillikning dastlabki yillarida og‘ir siyosiy buxronlar, iqtisodiy tangliklar, ma‘naviy-ruhiy parokandalikning, keskin ijtimoiysiyosiy larzalarning oldi olindi. Oʻtish davrida barcha ziddiyatlarni, qiyinchiliklarni ichki iroda va ichki madaniyat bilan yenga olishga qodir boʻlgan fuqarolarni shakllantirish, ularning g‘oyaviy-mafkuraviy birligini ta‘minlashga erishish taqozo etiladi. Shuning uchun Oʻzbekistonda millatlararo munosabatlar davlat siyosatining muhim boʻg‘iniga aylandi. Turli siyosiy buhronlar va iqtisodiy tangliklar mavjud boʻlgan bir paytda har xil qarashdagi odamlarning, diniy munosabatlari va milliy xususiyatlaridan qat‘iy nazar, mamlakat fuqarosi sifatidagi yaxlitligini, kundalik turmush ehtiyojlarini ijtimoiy adolat yuzasidan teng ravishda qondirib turish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu, oʻz navbatida, mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning butun mohiyat-mazmunini, samarasi va miqyosini belgilaydi. Ayni ana shu jihatlar hisobga olingan taqdirdagina u oʻz samarasini beradi. Millatlarni ularning milliy xususiyatlaridan qati nazar, umumiy taqdir va umumiy istiqbol tushunchasi yaqinlashtiradi, birlashtiradi. Millatlararo munosabatlar - bu ijtimoiy hodisa. Chunki har qaysi millat vakili ijtimoiy barqarorlikdan, ijtimoiy ta‘minotdan haqli ravishda manfaatdor boʻlishga doimiy intiladi. Millatidan qati nazar, har qaysi inson fuqaro sifatida oʻz mamlakatidagi barcha imkoniyatlardan, ne‘matlardan foydalanishga haqli. Ijtimoiy munosabatlar jamiyat yangilanayotgan bir paytda eskicha qarashlar iskanjasidan xalos boʻlishi lozim. Olamni yangicha idrok qilish orqali uning mohiyatini anglash jarayonida dunyoqarashlar yaqinligiga, aniqrog‘i, dunyoqarashlar uyg‘unligiga erishish oʻlkan ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan hodisadir. Millatlararo munosabatlar bu ma‘naviy-ahloqiy hodisa. Chunki millat oʻzini anglash, oʻzini tiklash jarayonida milliy xudbinlikka yoʻl qoʻymasligi kerak. Millat uyg‘onish jarayonini boshidan kechirayotgan bir paytda oʻz milliy qadriyatlarini umuminsoniy qadriyatlar bilan bog‘liq holda his qilishi lozim. Ayni ana shu qadriyatlar millatning millat sifatida oʻzini anglashidan oldin insonning inson sifatida oʻzini anglashini ustun qoʻyishiga olib keladi. Prezident Islom Karimovning rahbarlik faoliyatiga xos boʻlgan g‘oyat e‘tiborli va ibratli bir fazilat borki, u ham boʻlsa, millatlararo hamkorlik va hamjihatlik masalasiga doimo ustuvor ahamiyat berib kelayotganidadir. Bu, oʻz navbatida, yurtimizdagi tinchlik va barqarorlikni, jamiyatimiz hayotida oʻzaro hurmat, mehr-oqibat muhitini mustahkamlashda hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda. Bunday siyosat yurtboshimiz uchun faoliyatining dastlabki davridan boshlab xos boʻlganini „Oʻzbekiston mustaqillikka erishish ostonasida" kitobidagi hujjatlar tasdiqlaydi. Davlatning kuch qudrati avvalo, demokratik institutlarning mustaqil faoliyat koʻrsatishi uchun shart-sharoit yaratish, fuqarolar va jamiyatning barcha siyosiy, ijtimoiy salohiyatini roʻyobga chiqarish, tadbirkorlik va iqtisodiy tashabbuslar erkinligi uchun zarur imkoniyatlarni tashkil etib berish qobiliyati bilan oʻlchanadi, degan fikrlarning mohiyatini ochib berishdir. Hozirgi kunda jahonda sodir boʻlayotgan voqea va hodisalarga bir nazar tashlasak, jamiki davlatlarning oldida bir masala koʻndalang boʻlib turibdi. Mazkur davlatning jug‘rofiy, siyosiy joylashuvi, yaqin chegaradosh davlatlardagi iqtisodiy, siyosiy holat, iqtisodiy imkoniyatlari, ma‘naviy-aqliy imkoniyatlari, milliy mentaliteti, erkinligiyu ozodligi, xalqning onglilik darajasi va rahbariga, ya‘ni yurtboshisiga bog‘liq omillar. Endi nazarimizni sobiq ittifoq tarkibidagi hozirgi kunda mustaqillikka erishgan davlatlarning taraqqiyotiga qarataylik. Har qaysisining rivojlanish darajasi, rivojlanish yoʻli oʻzgacha, -bu tabiiy hol. Lekin bu rivojlanishning natijasi-chi? Masalaning mohiyati ham xuddi mana shundadir. Ma‘lumki, sobiq ittifoq tarkibidagi barcha davlatlarga bir xil meros qolgan - totalitar tuzum! Totalitar tuzumdan-huquqiy davlatga oʻtish - bir zumda amalga oshadigan ish emas, biz oʻylagandan ancha murakkabroq, insondan anchalar aql talab etadigan jarayondir, ya‘ni: Juda murakkab, koʻp qirrali, ayni paytda izchillikni taqozo etadigan ijtimoiy xodisa. Eng avvalo millat ravnaqini ta‘minlash, xurfikrlilik, sog‘lom tushunchalar, yuksak siyosiy madaniyat taqozo etadigan jarayon. Eng muhimi, xalq demokratiyani chuqur tushunishi, uning butun mazmun - mohiyatini anglashi zarur. Yuqoridagi uch eng muhim vazifalarni jamlab xulosa chiqaradigan boʻlsak, Oʻzbekistonning bu boradagi siyosati – ―yangisini qurmay, eskisini buzmaslik‖, islohotlarni ―bosqichma- bosqich‖ amalga oshirish shiori ostida olib borilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I. A. Karimov ushbu masalaga mamlakat va xalq manfaatidan kelib chiqib yondashgan. Bu yoʻlda u ma‘lum darajada qatiqqoʻllik va talabchanlik ham qilgan. Buni ―Komsomolskaya Pravda‖ gazetasi muxbiri savollariga bergan javoblarida ochiq-oydin aytgan: ―Muholiflarim meni diktator qilib koʻrsatishni juda xohlaydilar. Tan olaman: ehtimol mening harakatlarimda avtoritarizm nishonalari bordir. Ammo, men buni faqat bir narsa bilan izohlayman: tarixning muayyan davrlarida, haqiqiy davlatchilik qaror topayotgan paytda, ayniqsa bir tizimdan ikkinchisiga oʻtish davrida, har holda kuchli ijroiya hokimiyati zarur. Qon toʻkilishiga va qaramaqarshilikka yoʻl qoʻymaslik, mintaqada millatlararo va fuqarolar totuvligi, tinchligini va barqarorlikni saqlash uchun shunday boʻlishi zarur. Bu yoʻlda men jonimni fido qilishga tayyorman‖. Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab huquqiy davlatchilik asoslarini yaratish muhim vazifalardan biriga aylandi. Milliy davlatchilik rivojlanishining ming yillardagi an‘analari mustamlakachilik yillarida batamom inkor etilgan edi. Oʻzbekiston rahbariyati tarixiy an‘analarga, dunyo tajribalariga, oʻlkaning milliy -tarixiy rivojlanishiga, uning oʻziga xos tomonlariga tayangan holda jamiyatni tubdan isloh qilish yoʻllarini ishlab chiqdi. Bu jarayonda ikki vazifa: Eski ma‘muriy tizimni tugatish va hokimiyat boshqaruv organlarini qayta qurish; Yangi davlatchilikning huquqiy-siyosiy asoslarini yaratish, davlatchilikda yangi markaziy va mahalliy boshqaruv tizimini shakllantirish masalalari. Huquqiy davlatga oʻtishning ilk bosqichi - davlat qurilishining kafolati - Oʻzbekiston Konstitusiyasidir. Oʻzbekiston Konstitusiyasida davlat hokimiyatini taqsimlanishida jahondagi ilg‘or boshqaruv tajribalari oʻrganib chiqildi. Hamda eng asosiysi - milliy davlatchiligimiz an‘analariga sodiq qolindi. Jahondagi turli davlatlarda davlat boshqaruvi shakli turlicha. Masalan, AQShda boshqaruvning prezidentlik - respublika shakli, Buyuk Britaniyada parlamentar-monarxiya, Germaniyada parlamentar respublika, Fransiyada dualistik respublika shakllari mavjud. Nega bunday? Sababi: milliy davlatchilik asoslari, milliy madaniyat, tarixiy qadriyatlar har bir davlat demokratiyasiga, davlat boshqaruviga zamin boʻlishi kerak. Misol uchun, Buyuk Britaniyada monarxiya boshqaruv tizimi saqlab qolingan, hozirgi davrda Qirolicha davlat rahbari, lordlar palatasi milliy davlatchilik an‘analaridan meros tarzda saqlab qolingan, yagona sistemalashtirilgan konstitusiya yoʻq. AQShda atiga 6 ta moddadan iborat boʻlgan 1787 yilda qabul qilingan Konstitusiya milliy davlatchilik asoslariga sadoqat ramzi sifatida saqlanib qolingan. 26 ta qoʻshimcha va oʻzgartishlar bilan hozirgi kunda ham amal qilib kelmoqda. Boshqa demokratik davlatlar uchun xos boʻlgan maxsus konstitusion organi yoʻq. Davlat boshqaruvining Prezidentlik Respublikasi shaklidagi davlatlar ichida faqat AQShdagina Prezident bevosita saylovchilar tomonidan saylab qoʻyilmasdan, balki saylovchilarning maxsus kollegiyasi orqali saylanadi. Yaponiyada imperatorga xalqning sadoqati juda kuchli. Imperator hokimiyati daxlsiz va muqaddas deb tan olingan. Oʻzbekistonda ham davlat boshqaruvi shakli, hokimiyat vakolatlarini taqsimlashda xuddi mana shunday milliy an‘analarga katta e‘tibor berildi. Endi Oʻzbekistonda davlat boshqaruvi masalasiga toʻxtalsak. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 11 moddasi: ―Oʻzbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi - hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga boʻlinish prinsipiga asoslanadi‖ (Oʻzbekiston Respublikasi Konstitusiyasi.-Toshkent: Oʻzbekiston,1992 yil.),-deyiladi. Konstitusiya mazmunidan koʻrinib turibdiki, davlat hokimiyatida vakolatlar turli davlat organlariga, chunonchi, qonunchilik vakolatlari Oliy Majlisga, ijro vakolatlari Prezident hamda Vazirlar Mahkamasiga, sudlov vakolatlari esa Sud organlariga taqsimlanib berilgan. Davlat boshqaruvida yana islohotlar oʻtkazilib, Sud sistemasi yanada isloh qilinmoqda. Davlatni boshqarishning Prezidentlik shakli mamlakat boshqaruvi tizimini isloh qilishning boshlanishi boʻldi. Prezident davlat hokimiyatining boshlig‘i boʻlib, bir vaqtning oʻzida Vazirlar Mahkamasining raisi vazifasini bajaradigan boʻldi. Bozor munosabatlariga oʻtish davrida davlat, xoʻjalik jamiyatning barcha sohalaridan tortib, intizom oʻrnatish, ijroiya hokimiyatini butun choralar bilan mustahkamlash ehtiyoji shuni talab qildi. Demak, Prezident suveren Respublika boshlig‘i va ayni mahalda Respublikada ijroiya hokimiyati rahbari sifatida faoliyat yurgizadi. Bu ayrim g‘alamislarning fikricha aftoritar hokimiyatni oʻrnatilishi emas, aksincha, hozirgi paytda kuchli ijroiya hokimiyati boʻlishi kerakligidandir. Aks holda, jilov qoʻldan chiqib ketishi va mamlakat inqirozga yuz tutishi hech gap emas. Masalan, Koreya, Turkiya va boshqa mamlakatlarni olsak. Ular iqtisodiy islohotlar yoki oʻtish davrida juda kuchli ijroiya hokimiyatga asoslangan edi. Respublikada hokimlar boshqaruvining joriy etilishi ham muhim ahamiyatga ega boʻldi, hokimlikka tajribali va malakali shaxslar Prezident tomonidan tayinlanadi va Xalq Deputatlari Kengashlari tomonidan tasdiqlanadi. Mahalliy oʻz-oʻzini boshqarish organlarining asosini mahallalar tashkil etadi. Bu organlarga yildan-yilga juda katta imkoniyatlar, imtiyozlar berilmoqda. Fuqarolar yig‘ini, oqsoqollar kengashi kabi oʻz-oʻzini boshqarish organlari qadimdan oʻzbek milliy davlatchiligining asoslari hisoblanadi. Huquqiy davlat qurishda har tomonlama kamol topgan kadrlar muhim oʻrin tutadi. Fuqarolik jamiyati, bu insonning rivojlanishiga imkon yaratadigan, uning huquq va erkinliklarini toʻla darajada ta‘minlaydigan, qonun ustivor boʻlgan ijtimoiy jamiyatdir. Buning ma‘nosi - boshqaruvning turli xil vazifalari bevosita xalqqa topshiriladi, oʻzini-oʻzi boshqarish organlari rivojlanib boradi. Oʻzbekiston Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab ―Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolar jamiyati sari‖ siyosiy shiori ostida rivojlanib bormoqda. Fuqarolar jamiyati – bu jamiyatning bir qismi, hokimiyatning davlat organlari va boshqaruvidan tashqari qismi rivojlanib bormoqda deganidir. Fuqarolik jamiyatining yetuklik darajasi fuqarolarning siyosiy yetukligi, ularning siyosiy va jamoat tashkilotlariga birlashish darajasi, ularning aktiv faoliyati bilan belgilanadi. Mamlakatimizning fuqarolik jamiyati qurilishi yoʻlidan borayotganligi hozirgi davrda vujudga kelgan siyosiy partiyalar va harakatlar, jamoat tashkilotlarining tashkil topganligi va ularning faoliyatida yaqqol koʻzga tashlanmoqda. ―Fuqarolik jamiyati, - deb yozadi Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov, ijtimoiy makon. Bu makonda Qonun ustivor boʻlib, u insonning oʻzini-oʻzi kamol toptirishga monelik qilmaydi, aksincha yordam beradi‖. Keyingi paytlarda Oliy Majlis tomonidan qabul qilinayotgan qonunlarning aksariyati mamlakatimizda fuqarolik jamiyatining asoslarini shakllantirishga qaratilgandir. Misol, Sud sistemasini isloh qilish toʻg‘risidagi qonun loyihasini olib koʻrishimiz mumkin. Xullas, hokimiyat vakolatlarini jamoat va nodavlat tashkilotlariga bosqichma-bosqich oʻtkazib borish, ularning haq huquqlari va erkinliklarini kengaytirish fuqarolik jamiyatining ilk qadamlari hisoblanadi. Ayni shu masalaga Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov Oliy Majlisning II-chaqiriq, IX-sessiyasida ham alohida e‘tibor qaratib, shunday dedi: ―Aynan mustaqillik davrida har tomonlama oʻzini oqlagan, tobora hayotimizda ahamiyati kuchayib borayotgan fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari mahalla instituti, turli jamoat birlashmalari hamda tashkilotlarini rivojlantirish va mustahkamlash masalasi bizning doimiy e‘tiborimizda turishi lozim‖ (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisning II-chaqiriq, IX-sessiyasi materiallari Oʻzbekiston ovozi.2002 yil 31 avgust.). Demokratiyani asosiy xususiyatlaridan biri koʻp partiyaviylikdir. Biroq davlat, jamiyatning rivojini mavjud partiyalarning soni bilan belgilash notoʻg‘ri. Koʻp partiyaviylik tizimini muvaffaqiyati siyosiy hokimiyatni amalga oshirishda partiyalarning ishtiroki bilan belgilanadi. Mustaqillik yillari mamlakatimizda bir qator siyosiy partiyalar tashkil topdi: Oʻzbekiston XDP (1991yil) ―Adolat‖ sotsial demokratik partiyasi (1995 yil) Oʻzbekiston Milliy Tiklanish demokratik partiyasi (1995yil.) Oʻzbekiston liberal-demokratik partiyasi (2003 yil) Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov oʻzining Konstitusiyaning 14 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanasida soʻzlagan ma‘ruzasida siyosiy partiyalarning jamiyat hayotidagi oʻrniga baho berib, jumladan shunday degan edi: ―...partiyalar oʻzining ijtimoiy-siyosiy faoliyatini aholi orasida qancha jonlantirib, kengaytirib borsa, xalqimiz va saylovchilarimizning siyosiy ongi va faolligi shuncha yuksalib, ularning islohot va oʻzgarishlarga oʻtkazadigan ta‘siri tobora ortib boraveradi‖. Bu partiya va harakatlarning har biri jamiyatda ma‘lum qatlamlarning siyosiy ijtimoiy, iqtisodiy va ma‘naviy qarashlarini ifodalab, parlamentda oʻz oʻrni va ovozlariga egalar. Mamlakatimizda partiya va harakatlardan tashqari 200 ga yaqin Kasaba, tadbirkorlar, yoshlar, faxriylar kabi ijtimoiy uyushmalar ham mavjud. Bular orasidan eng ommaviysi kasaba uyushma tarkibida 7,5 mln. a‘zosi bor. Oʻzbekiston hayotida yoshlarning roli beqiyosdir. 1991 yili Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tuzilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 7 yanvar Farmoni bilan iqtidorli yoshlarni xorijdagi ilg‘or oliygohlarda bilim olishlarini ta‘minlash va tashkil etish uchun ―Umid‖ jamg‘armasi tuzildi. Hozirgi kunda 2300 jamoat birlashmalari va nodavlat tashkilotlari faoliyat koʻrsatmoqda. Hozir Oʻzbekistonda 130 dan ortiq millat vakillari yashaydilar. Millatlarning huquqlarini amalda tengligini ta‘minlash maqsadida 80 dan ortiq milliy markazlar tashkil etilgan. Bularning faoliyatini 1993 yili tashkil etilgan Respublika Baynalminal madaniy markazi boshqarib boradi. Yuqoridagi fikrlarimizni jamlab, Oʻzbekistonda davlatimiz kunma-kun, bosqichma-bosqich oʻz funksiyalarini ana shunday jamoat birlashmalariga oʻtkazib bermoqda va fuqarolik jamiyati zaminini shakllantirib bormoqda. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlarining vujudga kelishi va faoliyat yuritishi uchun huquqiy asoslar yaratildi. Respublika parlamenti tomonidan qabul qilingan ―Jamoat tashkilotlari toʻg‘risida‖ (1991 yil 15 fev.), ―Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻg‘risida‖ (1998 yil 28 apr.), ―Kasaba uyushmalari ular faoliyatini huquq va kafolotlari toʻg‘risida‖ (1992 yil 2 iyul.), ―Siyosiy partiyalar toʻg‘risida‖ (1996 yil dek.)gi qonunlar shular jumlasidandir. Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov oʻzining ―Tarixiy xotirasiz kelajagi yoʻq‖ kitobida yuqoridagi fikrlarini rivojlantirib, yana shunday deb yozadi: ―Biz xalqning nomi bilan emas, balki madaniyati, ma‘naviyati orqali bilamiz, tarixining tag-tomirigacha nazar tashlaymiz‖(Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yoʻq.-Toshkent: Sharq, 1998.-B.18). Demak, biz tariximizdan bexabar boʻlsak, buyuk ajdodlarimiz madaniy merosidan baxramand boʻla olmasak, ma‘naviy qadriyatlarimiz bilan tanish boʻlmasak, mustamlaka davridagidek manqurtlarga aylanib qolamiz. Mashhur rus tarixshunosi V.V. Bartold (1869-1930) bu toʻg‘rida shunday deb yozgan: ―Sharq xalqlari bizning madaniyatimiz ustunligiga shundagina ishonadilarki, qachonki, biz ularni ular oʻzlarining bilishlaridan (bilganlaridan) koʻra yaxshiroq bilishimizga tan bersalar. Haqiqatan ham mustamlakchilik istibdodi, soʻng shoʻrolar zamonida qariyib 130 yil davomida biz oʻtmishimizdan ayrildik. E‘tibor bering, Qadimgi Rus davlati» IX asrda shakllanganligidan kelib chiqib, imperiyaning boshqa biron-bir xalqi (armanlar va gruzinlardan tashqari) davlatchilik tarixi mazkur koʻrsatgichdan (IX asr) qadimroq boʻlmasligi kerak edi. Bu kabi munosabatni imperiya xalqlarining etnik tarixi va etnogenezi masalasida ham koʻrish mumkin. Ya‘ni, oʻzbeklar, ozarbayjonlar, ukrainlar, turkmanlar va boshqa xalqlarning tarixiy shakllanishi rus xalqi shakllangan asrlardan (IX-XII asr) ertaroq asrlarga borib taqalishi mumkin emasdi. Mustaqilligimizni bizga bergan buyuk ne‘matlaridan biri - bu qadriyatlarimiz, buyuk ota-bobolarimizning bizga qoldirgan me‘rosini oʻrganish huquqidir. Bunday huquq shoʻrolar davrida yoʻq edi (A.Temurni ―zolim‖ dedik, Leninni shaahsi ulug‘lashtirildi). Mana endi bu sohada keng yoʻllar ochildi. Bu boradagi tadbirlar mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq amalga oshirila boshlandi. 1991 yil buyuk alloma, g‘azal mulkining sultoni A. Navoiy yubileyini oʻtkazish katta voqea boʻldi. 1994 yili M.Ulug‘bek tavalludining 600 yilligi jahon miqyosida nishonlandi. YUNESKO ning Parijdagi qarorgohida ―Temuriylar davri, fan, madaniyat va maorifning gullab yashnashi‖ mavzusida yirik anjuman boʻlib oʻtdi. ―Biz oʻzbeklarni ulug‘ bunyodkor xalq deb dunyoga tarannum etyapmiz va aslida ham shunday, - deb yozadi Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov,YUNESKOning Parijdagi qarorgohida Amir Temur bobomizning toʻylarini oʻtkazishdan maqsad nima? Komil bu insonning eng avvalo buyuk davlat asoschisi, buyuk bunyodkor, ijodkor shaxs boʻlganini, fan, madaniyatga homiylik qilib, jahon sivilizasiyasi taraqqiyotiga beqiyos hissa qoʻshganini olam ahliga bildirish edi. Bu zoti oliydan hamisha ruhiy madad olamiz‖. Ma‘naviy merosimizni bir boʻlagi - diniy qadriyatlarga ham alohida e‘tibor berildi. 1992 yili Prezident farmoni bilan Ramazon va Qurbon hayiti kunlarini umumxalq bayrami deb e‘lon qilindi, ―Haj‖ safarlari tiklandi. Xalqimizning qadimiy bayramlaridan biri – ―Navroʻz‖ - umumxalq bayrami sifatida qayta tiklandi. Mustaqillik yillarida quyidagi yubileylar oʻtkazilgи: Imomal-Buxoriy tavalludining 1225 yilligi, Ahmad al-Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligi. (1998 yil 24 oktabr.), Burhoniddin al-Marg‘iloniy tavalludining 910 yilligi, Abu Mansur al-Moturidiy tavalludining 1130 yilligi, Abu Iso at-Termiziy tavalludining 1200 yilligi, Mahmud az-Zamahshariy tavalludining 920 yilligi, Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi. (1999 yil 5 noyabr. Xorazm), Najmiddin Kubro tavalludining 850 yilligi, Bahouddin Naqshbandiy tavalludining 675 yilligi, Mirzo Ulug‘bek tavalludining 600 yilligi, Xoja Ahror Valiy tavalludining 600 yilligi, Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 520 yilligi, Amir Temur tavalludining 660 yilligi. (1996 yil.), Boborahim Mashrab tavalludi. (1992 yil.), Muhammad Rizo Erniyozbek oʻg‘li Ogahiy tavalludining 190 yilligi. (1997 yil 17 dekabr. Xorazm.), Ajiniyoz Qoʻsiboy oʻg‘li tavalludining 175 yilligi. (1999 yil 18 dekabr. Nukus.), Xorazmda 2001 yili Zardushtiylarning muqaddas kitobi «Avesto»ning 2700 yilligi, Fayzulla Xoʻjayev tavalludining 100 yilligi, ―Xorazm Ma‘mun akademiyasi‖ning 1000 yilligi 2005 yil dekabrda nishonlandi. Respublikamizda har yili A.Navoiy, Bobur, Mashrab, Ogahiylarga bag‘ishlanib kechalar oʻtkazilmoqda. ―Alpomish‖ dostoni yaratilishining 1000 yilligiga bag‘ishlangan kechalar, bahslar tashkil qilindi. 1994 yil ma‘naviy qadriyatlarni oʻrganish va takomillashtirish borasida «Ma‘naviyat va ma‘rifat» jamoatchilik markazini tuzish haqida Prezident farmoni chiqdi. 1994 yilni ―Mirzo Ulug‘bek yili‖, 1996 yilni ―Amir Temur yili‖, 1997 yilni ―Inson manfaatlari yili‖, 1998 yilni ―Oila yili‖, 1999 yilni ―Ayollar yili‖, 2000 yilni ―Sog‘lom avlod yili‖, 2001 yilni ―Onalar va bolalar yili‖, 2002 yilni ―Qariyalarni qadrlash yili‖, 2003 yilni ―Obod mahalla yili‖, 2004 yilni ―Mehr-muruvvat yili‖, 2005 yilni ―Sihat-salomatlik yili‖, 2006 yilni ―Homiylar va shifokorlar yili‖, 2007 yilni ―Ijtimoiy himoya‖ yili deb e‘lon qilinishi yoki 2018-yil ―Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili‖ deb e‘lon qilinishi mamlakatimizda inson qadri ulug‘lanishini yana bir misoli desak boʻladi. Download 37.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling