2 -mavzu. O‘quvchilarning kompetensiyalarini baholash va natijalarni tahlil qilish usullari. Reja
Download 55.5 Kb.
|
2 mavzu O‘quvchilarning kompetensiyalarini baholash va natijalarni
2 -mavzu. O‘quvchilarning kompetensiyalarini baholash va natijalarni tahlil qilish usullari. Reja: 1. O‘quvchilar bilim, ko‘nikma va malakalari hamda kompetensiyalarini baholashning mazmuni va turlari 2. O‘quvchilarning kompetentsiyalarini baholash va natijalarini tahlil qilish. 2. Tahlillar asosida pedagogik faoliyatiga o‘zgartirishlar kiritish. 3. Ota-onalarni o‘quvchilarning o‘zlashtirishi natijalari bilan tanishtirish. SLAYD O‘zbekiston Respublikas Vazirlar mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida”gi Nizomning (2017 yil, 15-mart) 4 o‘quv tarbiya jarayonini tashkil etish va uning mazmuni bo‘limi 4,4 bandida o‘quvchilar bilimi sifatini va o‘qitish natijalarining davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini nazorat qilishni ta’minlash uchun shu quyidagi nazorat tartibotlarini o‘tkazish nazarda tutiladi: Joriy nazorat – so‘rovlar, kollekviumlar, seminarlar, nazorat ishlar, testlar tarzida o‘quvchilarning bilimlari, malaka va ko‘nikmalari muntazam nazorat qilinadi; Oraliq nazorat – chorak tamom bo‘lganda va o‘quv dasturlarining tegishli bo‘limlari, malaka va ko‘nikmalarini baholash uchun amalga oshiriladi. U imtihonlar, testlar, sinovlar va malakaga doir ishlar shaklida o‘tkaziladi; Bosqichli nazorat – o‘quv yili tamom bo‘lganidan keyin imtihonlari, test sinovlari shaklida amalga oshiriladi. Uning asosida reyting aniqlanadi va o‘quvchini navbatdagi sinfga o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi; Yakuniy nazorat – o‘qish tugatilganidan keiyn davlat attestasiyasi shaklida o‘tkaziladi. 4,5 umumiy ta’lim dasturlarini davlat ta’lim standartlarini doirasidan mustaqil o‘zlashtirgan o‘quvchilarga O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan Eksternat to‘g‘risidagi Nizom asosida, eksternat tartibida attestasiyadan o‘tish huquqi beriladi. Imtiyozli attestasiya 5-9 sinflarda o‘qish davrida o‘zlashtirish (reyting) bo‘yicha faqat a’lo ko‘rsatgichlarga ega bo‘lgan bitiruvchilarga beriladi. O‘rta maxsus kasb-hunar kollejlarida bosqichli nazorat o‘tkazilmaydi. Oraliq baholashda kurs ishi va bosqichli nazoratda u imtihonlar, testlar, malaka ishlar va diplom himoyalarini himoya qilish shaklida amalga oshiriladi. Maktabda o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini hisobga olish, tekshirish va ularga baho qo‘yish ta’lim tarbiyaning zarur va muhim qismidir. Bu ishning to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi davlat uchun, maktab, o‘quvchilar va ota-onalar uchun muhim ahamiyatga ega. O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini tekshirish asosida davlat ta’lim-tarbiya sifatini, bu sohada yuz bergan kamchiliklarga o‘z vaqtida barham berish, maktab, o‘qituvchi va o‘quvchi ishini har tomonlama yaxshilashga kerakli tadbirlar belgilaydi. O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini hisobga olish, o‘quv metodlarining va zaif tomonlarini o‘quvchilarning dars materiallarini qanday o‘zlashtirayotganligini aniqlab olishga imkon beradi. Har bir o‘quvchini har tomonlama yaxshi bilishga yordam qiladi. O‘qituvchi o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma, malakalarini tekshirish asosida o‘quvchilarning o‘quv dasturi hajmida bilim, ko‘nikma, malakalarini puxta o‘rganib olishlarini ta’min etish uchun dars materiali ustida yana qanday ishlash kerakligini ko‘rsatadi, darsdan ulgurmayotgan o‘quvchilarni o‘z vaqtida tezda tegishli choralar ko‘radi. Shu bilan birga tekshirish o‘qituvchining ham o‘quchining ham o‘ziga talabchanligini kuchaytiradi. Har bir o‘quvchining o‘qishda o‘zining yutuq va kamchiliklarini, o‘quv materialining qaysi qismi puxta, qaysi qismini bo‘sh o‘zlashtirganligini aniqlashga yordam beradi. O‘z-o‘zini tekshirib borishga o‘zi o‘zini tanqid qilishga odatlantiradi, intizomlikka va qunt bilan o‘qishga o‘qishga o‘rgatadi, ularda kuchli iroda hamda ijobiy xarakter vujudga keltiradi va tarbiyalaydi. Maktab, ota-onalarni esa davlat oldida o‘z mas’uliyati va vijdon burchini tushuntirishga o‘rgatadi. O‘quvchilarni bilim, ko‘nikma va malakalarini hisobga olish va tekshirish ota-onalarning o‘z bolalari qanday o‘qiyotganliklarini, darsdan ulgurish ulgurmasliklaridan xabardor bo‘lib turishlariga yordam beradi. Ularning o‘z bolalarining o‘qishlari va tarbiyasi uchun javobgarligini oshiradi. Masalan, ayrim ota-onalar bolalarining o‘qishlaridan xabardor bo‘ladilar. O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini hisobga olish va tekshirish ishi avvalo o‘quvchilarni kunsayin o‘rganib borish va ularning darsdan ulgurishlarini tekshirishni o‘z ichiga oladi. O‘qituvchi o‘qitish jarayonida har bir o‘quvchini diqqat bilan o‘rganib borishi lozim. O‘qituvchi ana shu o‘rganish asosida har chorak oxirida, har bir o‘quvchining ma’lum bir fanni qanchalik o‘zlashtirganligi haqida xarakteristka berishga majbur. O‘qituvchi o‘quvchilarni rejali va tizimli suratda kuzatish yo‘li bilan o‘rganadi, o‘qituvchi o‘quvchilarni darsda va darsdan tashqari vaqtlarda kuzatib boradi. Kuzatish unga o‘quvchining ishiga, o‘qishga munosabatini, o‘quvchining qiziqishlari va nimalarga moyil bo‘lganligini uning individual xususiyatlarini va qobiliyatini bilib olishga yordam beradi. O‘quvchilar suhbat yo‘li bilan ham o‘rganiladi. Suhbat sinf jamoasi yoki ayrim o‘quvchilar guruhi bilan, shuningdek yakka-yakka ham o‘tkazilishi mumkin. O‘quvchilar haqida to‘laroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun o‘qituvchilar, maktab vrachi, ayniqsa, ota-onalar bilan fikr almashishi katta ahamiyatga ega. Yana ularning shaxsiy hujjatlarini diqqat bilan ko‘rib chiqish orqali ham o‘rganiladi. O‘qituvchi o‘z o‘quvchilarini qancha aniq va har tomonlama yaxshi bilsa, ta’lim-tarbiya ishlari shuncha muvaffaqiyatli bo‘ladi. O‘quvchilarni bilish o‘qituvchining butun sinfga, har bir o‘quvchiga ta’lim va tarbiya berishning eng yaxshi usul va vositalarini tanlab olib, ulardan samarali foydalanishga imkon beradi. 4- SLAYD
Dastlabki taxminiy tekshirishning asosiy vazifasi o‘quvchilarning yangi o‘quv materialini ongli idrok qilishi va muvaffaqiyatli egallash uchun kerak bo‘lgan tayyorgarlik darajasini aniqlashdan iborat. Odatda tekshirishning bu xili o‘quv yilining boshida yoki o‘quv dasturining navbatdagi bobini o‘tishiga kirishish oldidan o‘tkaziladi. Kundalik tekshirish – har kuni, har dasrda muntazam ravishda, rejali tarzda o‘tkaziladigan tekshirishdir. Bu tekshirishning asosiy vazifasi o‘tilgan materialni qaytarish bilan birga, yangi o‘quv materialini o‘zlashtirilish darajasini aniqlashdir. Kundalik tekshirish katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Darsda har kuni o‘tkaziladigan bu tekshirish, o‘quvchilarni tizimli puxta ishlashga o‘rgatadi. Shuningdek, bu tekshirish o‘quvchilarga bilim, ko‘nikma va malakalarni singdirib borishga va irodasini o‘stirishga yordam beradi. Yakuniy tekshirish – o‘quv choragi va o‘quv yilining lxirida o‘tkaziladi. Uning asosiy vazifasi o‘quvchilarning o‘quv choragida yoki o‘quv yilidagi materialning egallash darajasini aniqlashdan iborat. O‘quvchilar bilim, ko‘nikma va malakalarini tekshirishda maktabda qo‘llaniladaigan asosiy usullar – o‘quvchilarning ishlarini kuzatish, darsda va darsdan so‘ng kuzatish, og‘zaki so‘rash, nazorat ishlar o‘tkazishdir. Download 55.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling