Davlat inson uchun


Download 33.92 Kb.
bet1/8
Sana31.03.2023
Hajmi33.92 Kb.
#1313611
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-mavzu sirtqi


2-mavzu. Xalqparvar davlat.
1.“Davlat - inson uchun” tamoyili - demokratik islohotlar mezoni.Davlat boshqaruvining sivilizatsiyaviy imkoniyatlari.
2.Hududiy masalalarni hal qilish mas’uliyati.
3.Qonun ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyoti.


Tayanch tushunchalar:”Davlat inson uchun” tamoyili, halqparvar davlat, demokratik islohotlar, Barqaror rivojlanish maqsadlari.


1.“Davlat - inson uchun” tamoyili - demokratik islohotlar mezoni. Davlat boshqaruvining sivilizatsiyaviy imkoniyatlari.
Yuqorida aytilganidek, yurtimizda uzoq yillardavomida "davlat - jamiyat - inson" tamoyiliga amal qilib kelindi. Davlat qurilishi va boshqaruvi, barchasiyosiy tuzilmalar, ularning ish uslubi va faoliyati ham ana shu tamoyil asosida shakllandi.Aslida esa, avvalo, inson, uning haq-huquqlari va baxt-saodati davlat siyosati, barcha davlat organlari faoliyatining eng ustuvor maqsadi bo‘lishi lozim. Jamiyat qurilishi, davlat siyosati ana shu g‘oyaga tayanishi hamda "Davlat - inson" tamoyili asosida tashkil etilishi darkor.
Mazkur tamoyilga amal qilish esa, insonni va uning manfaatlarini davlat siyosati va islohotlarning asosiy mezoniga aylantirish lozimligidan dalolat seradi. Bu nafaqat yurtimizda, balki butun dunyoda mazkur nslohotlarning eng demokratik tamoyillarga mosligi, ularning pirovard maqsadi va davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi inson manfaatlari, haq-huquqlari za erkinliklarini ta’minlashga qaratilganining e’tirof etilishiga sabab bo‘lmoqda.
Tarix shundan dalolat beradiki, dunyodagi barcha pivilizatsiyalar, madaniyat va dinlar inson huquqlari tug‘risidagi tayanch tushunchalarning shakllanishiga asos bo‘lgan ezgu g‘oyalar ta’sirida vujudga kelgan.Masalan, bundan 2700 yil muqaddam Osiyo hududida yaratilgan eng ko‘hna yozma yodgorlik - "Avesto" kitobida ham inson huquq va erkinliklari, millatlararo munosabatlarni o‘zaro hurmat va ishonch tamoyillari negizida barpo etish g‘oyalari muhim o‘rin tutadi, zo‘ravonlik va adolatsizlik rad etiladi.
Shuningdek, Sharqning buyuk huquqshunoslaridan biri Burhoniddin Marg‘inoniy XII asrdayoq o‘zining "Hidoya" asarida har bir insonning haq-huquqini saqlash zarurligi to‘g‘risida muhim g‘oyani ilgari surgan edi.Buyuk vatandoshimiz Muhammad ibn Mahmud Ustrushoniyning XIII asrda yaratilgan "Jomi’ ahkom as-sig‘or" ("Bola huquqlari kodeksi") asari jahon tarixidagi bolalar huquqi bo‘yicha dastlabki mukammal huquqiy manbadir. Unda bolalar, xususan, yetim bolalar hukuqlari, bolalik va otalikni belgilash, bola tarbiyasi, bolaning ota-onasi oldidagi burch va majburiyatlari kabi masalalar atroflicha tahlil qilinib, islom huquqi asosida qanday yechimlar mavjudligi ko‘rsatib berilgan. YA’ni, ushbu asar bola huquqlari masalasiga tamal toshi aynan tarixiy Movarounnahr - bugungi O‘zbekistonda qo‘yilgani hamda islom huquqshunosligida G‘arb sivilizatsiyasidan qariyb olti yuz yil avval bolalar huquqining to‘la-to‘kis o‘rganilib, hayotga tatbiq etilganidan darak beradi.
Ana shu muqaddas qadriyatlar bugun ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan va islohotlarimiz kun tartibiga hamohangdir.Hozirgi vaqtda O‘zbekiston inson huquqlari bo‘yicha 80 dan ortiq xalqaro hujjatga, jumladan, BMTning 7 ta asosiy shartnomasi hamda 4 ta fakultativ protokoliga qo‘shilgan. Ularning ijrosi yuzasidan BMTning Inson hukuqlari bo‘yicha kengashi va shartnomaviy qo‘mitalariga muntazam ravishda milliy ma’ruzalarni taqdim etib kelmoqda.Insonning asosiy hukuq va erkinliklarini ta’minlash O‘zbekistondagi islohotlarda g‘oyat muhim o‘rinda turadi.Eng asosiysi, yurtimizda yashayotgan har qaysi inson millati, tili va dinidan qat’i nazar, erkin, tinch va badavlat umr kechirishi, bugungi hayotdan rozi bo‘lib yashashi davlatning bosh maqsadiga aylanib bormoqda. 2030 yilgacha mo‘ljallangan Barqaror rivojlanish maqsadlari mamlakatimizda har bir insonning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlashni kuzda tutadigan "hech kimni e’tibordan chetda qoldirmaslik"tamoyili asosida amalga oshirilmoqda.
Parlament, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborotvositalarining rolini kuchaytirish, "Xalq - qonunlarning tom ma’noda yagona manbai va muallifi hisoblanadi" hamda "Barcha muhim qarorlar bevosita xalq bilan muloqot asosida, jamoatchilikning fikrini xisobga olgan holda qabul qilinadi"tamoyillarini amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida milliy maqsadlarni ro‘yobga chiqarish, inson taraqqiyoti bo‘yicha yuqori indeksga ega bo‘lgan (intellektual salohiyati, savodxonligi, insonning o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi) davlatlar darajasiga erishishga, ijtimoiy sohaga innovatsiyalarni keng joriy etishni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar qabul qilinmoqda.O‘zbekiston xalqaro huquq subyekti sifatida o‘z taraqqiyotining yangi bosqichiga ko‘tarilmoqda va xalqaro norma ijodkorligining faol ishtirokchisi va yangi xalqaro shartnomalarning tashabbuskori sifatida maydonga chiqmoqda.
Amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar insonlar hayotini, dunyoqarashini hamda turmush tarzini tubdan o‘zgartirmoqda. Jamiyatda "Yangi O‘zbekistonni birgalikda barpo etamiz"degan ulug‘vor maqsad umumxalq harakatiga aylandi.Mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini, umume’tirof etilgan xalqaro standartlar hamda O‘zbekistonning inson huquqlari sohasidagi majburiyatlarini, shuningdek, BMTning ustav organlari va shartnomaviy qo‘mitalarining tavsiyalarini hisobga olgan holda qonunchilikni takomillashtirib borish ishlarini biz albatta, davom ettiramiz.
Shuningdek, 2030 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlament va fuqarolik jamiyati institutlarining rolini yanada oshirish, qonun ustuvorligini mustahkamlash, milliy qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotini inson huquqlari bo‘yicha xalqaro majburiyatlarga muvofiqlashtirish eng dolzarb vazifalarimiz sirasiga kiradi.Yurtimizning inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi xalqaro reytinglar va indekslar (qonun ustuvorligi, norma ijodkorligi sifati, xukumat faoliyati samaradorligi, so‘z va axborot erkinligi, jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurash, biznesni olib borish shart-sharoitlari, global raqobatbardoshlik, innovatsion rivojlanish va boshkalar)bo‘yicha dunyodagi 50 ta yetakchi mamlakat qatoriga kirishi -bizning strategik maqsadimizdir.



Download 33.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling