2 – mavzu: O‘zbek tilining ijtimoiy funksiyalarining kengayishi: jamiyatdagi o‘zgarishlar va til rivoji
Download 43.76 Kb.
|
2 – mavzu O‘zbek tilining ijtimoiy funksiyalarining kengayishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- TAYANCH TUSHUNCHALAR
- Aloqa – munosabat vazifasi (
- Tilning to‘plash vazifasi
2 – MAVZU: O‘zbek tilining ijtimoiy funksiyalarining kengayishi: jamiyatdagi o‘zgarishlar va til rivoji. REJA:
1.O‘zbek tilining ijtimoiy funksiyalarining kengayishi 2.Tilining ijtimoiy funksiyasining tavsifi va tavsiflanishi. 3. Jamiyatning turli sohalarida o‘zbek tili ijtimoiy funksiyalarining kengayishi. 4.Tilning ijtimoiy funksiyalari kengayishining so‘z semantik strukturasiga ta’siri. TAYANCH TUSHUNCHALAR: Ijtimoiy funksiya,til rivoji,tavsif,so‘z semantik strukturasi, kommunikativ funksiya,kishilik jamiyati, tilning hissiy ta’sir vazifasi, tilning to‘plash vazifasi, kishilik jamiyati, shakllanish, aloqa – munosabat vazifasi, differensiatsiya, nomlash, fikr ifodalash Til bilаn jаmiyatning о‘zаrо bоg‘liqligi ulаrning hаr ikkisi bir vаqtdа yuzаgа kеlgаnligini, jаmiyatning shakllanishidа tilning аsоsiy vаzifаni bаjаruvchi eng muhim оmillаrdаn biri ekаnligini, shungа kо‘rа, tilsiz kishilik jаmiyati bo‘lmasligini аsоslаydi. Shungа ko‘rа til o‘zigа хоs ijtimоiy funksiyalаrni bаjаrаdi. Tilning kishilik jamiyatidagi o‘rnini, madaniy-ma’naviy soha taraqqiyotidagi ahamiyatini yoritish uning ijtimoiy vazifalarini to‘g‘ri belgilashga asoslanadi. Til alohida tizim sifatida quyidagi vazifalarni bajaradi: 1. Aloqa – munosabat vazifasi (kommunikativ funksiya). Tilning mazkur vazifasi jamiyatda aloqa-munosabat vositasi sifatida xizmat qilishdan iborat. Bu funksiya tilning asosiy ijtimoiy vazifasi hisoblanadi. Til belgilari uni aloqa-munosabatning boshqa vositalaridan farqlash, tilni ijtimoiy hodisa sifatida talqin etish imkonini beradi. Til aloqa-munosabatning muhim vositasi sifatida jamiyat bilan, uning madaniyati, turmush tarzi va mehnat faoliyatidagi har bir jarayon bilan uzviy bog‘liq. Kishilar o‘z fikrlarini, sezgi va ruhiy kechinmalarini ifoda qilib, bir-birlariga ta’sir ko‘rsatadilar. 2. Tilning hissiy ta’sir vazifasi (emotsional-ekspressiv funksiya). Muayyan ma’lumotni ifoda etib, tinglovchiga ta’sir ko‘rsatishi tilning hissiy ta’sir vazifasi hisoblanadi. Xabar, sezgi va hayajon, xohish ifoda qilish hissiy ta’sir vazifasining asosini tashkil etadi. Bunda turli tasviriy vositalardan, jumladan, modal so‘zlar, javob talab qilmaydigan so‘roq (ritorik) gaplar, tartibni o‘zgartirish (inversiya) kabilardan foydalaniladi. 3. Tilning to‘plash vazifasi (akkumulyativ funksiya). Til aloqa-munosabat vositasi, hissiy ta’sir ifodasi bo‘lib qolmay, to‘plash vazifasini bajaruvchi muhim manba hamdir. Til to‘plangan bilim va tajribalarni keyingi avlodga yetkazishda muhimdir. Tilning ushbu vazifasi bilish jarayonida ahamiyatlidir. Bevosita aloqa-munosabat davomida tilning nomlash va fikr ifodalash vazifalari namoyon bo‘ladi. Mustaqil so‘zlar, qo‘shma so‘zlar, iboralar, atamalar nomlovchi birliklar hisoblansa, turli gap ko‘rinishlari fikr ifodalovchi birlik hisoblanadi. Download 43.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling