№2 – mavzu: O‘zbekiston respublikasida metrologik xizmat va ta’minot


O‘zbekiston Respublikasida metrologik faoliyatning qonuniy asoslari


Download 325.5 Kb.
bet4/5
Sana09.02.2023
Hajmi325.5 Kb.
#1179421
1   2   3   4   5
Bog'liq
Respublikada metrologik xizmatini tashkil qilish

2.4. O‘zbekiston Respublikasida metrologik faoliyatning qonuniy asoslari

  • 1993 yilning 28 dekabrida Respublikamizda «Metrologiya to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi.
  • Ushbu qonun mamlakatimizda amalga oshiraladigan metrologik faoliyatlarning, bu sohada davlat idoralari va turli tashkilotlar tomohidan olib boriladigan ishlarning qonuniy asosini tashkil etadi. Bundan tashqari, unda Davlat metrologik nazorati bo‘yicha faoliyat doiralari va tegishli amallar aniq hamda ravshan belgilab berilgan.
  • Qonunda asosan, iste’molchilarning huquqlarini himoya etish asosiy maqsad etib qo‘yilgan bo‘lib, bu huquqiy davlatlarda turg‘un qonunlar vositasida boshqarilib turadi.
  • Qonunning alohida xususiyati shundaki, asosiy faoliyat doirasi hisoblangan – ishlab chiqarish, sog‘liqni saqlash, atrof – muhitning muhofazasi va qurilish, mamlakatning mudofaa qobiliyatini ta’minlash kabi sohalar aniq ko‘rsatib berilgan.
  • «Metrologiya to‘g‘risida» gi qonun 5 bo‘limdan iborat bo‘lib, bu bo‘limlar 21 moddani o‘z ichiga olgan. Unda Respublikamizda metrologiya xizmatini yo‘lga qo‘yish, bunda jismoniy va yuridik shaxslarning ishtiroki va vazifalari, bu boradagi javobgarliklar bo‘yicha keng ma’lumotlar berilgan.
  • Qonundagi muhim yangiliklardan biri davlat boshqaruv idoralari va yuridik shaxslarning metrologik xizmatlarini, asosiy vazifalarini belgilab berilganligidir. Mutaxassislarning bildirayotgan fikrlaricha, davlat boshqaruv idoaralaridagi metrologik xizmatga nisbatan yuridik shaxslarning mustaqil faoliyati salmoqliroq rivojlanadi.

«Metrologiya to‘g‘risida»gi Respublika qonunining eng ahamiyatli tomonlaridan biri – quyida keltirilayotgan holatlarning oldini olishdir:

  • «Metrologiya to‘g‘risida»gi Respublika qonunining eng ahamiyatli tomonlaridan biri – quyida keltirilayotgan holatlarning oldini olishdir:
  • • ishonchsiz o‘lchash asboblarining yoki uslublarining qo‘llanilishi texnologik jarayonlarning izdan chiqishiga sababchi bo‘lib, bundan tashqari, energetik resurslar asossiz sarflanib, avariya holatlari va brak mahsulot kelib chiqishi mumkin;
  • • o‘lchashlarning ishonchli natijalarini olishga katta sarf xarajatlar ketishi (rivojlangan davlatlarda o‘lchashlarga yalpi daromadning 6% i sarflanadi);
  • • iqtisodiy boshqaruvdagi o‘zgarishlar metrologiyadagi tashkiliy o‘zgarishlarga olib keladi.
  • Mazkur qonun metrologiya sohasida xalqlararo hamkorlikning qonuniy asoslarini mustahkamlab, quyidagi amallarga munosib zamin yaratadi:
  • • alohida yondashuvdagi xalqaro shartnomalar bo‘yicha majburiyatlarni qo‘llab – quvvatlash;
  • •O‘zbekiston Milliy metrologiya markazining xalqaro tashkilotlardagi obrusini yanada oshirish;
  • • ikkiyoqlama va ko‘pyoqlama tashqi iqtisodiy munosabatlardagi turli texnikaviy tusiqlarni bartaraf etish maqsadida o‘tkaziladigan sinovlar, qiyoslash va kalibrlash uchun sharoitlar yaratish.
  • Davlat metrologik xizmatining huquqiy holatidagi alohida xususiyati shundaki, barcha metrologiya xizmatlari vertikal bo‘yicha birgina mahkamaga – O‘zstandart Agentligiga bo‘ysunadi.

Download 325.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling