2 – mavzu Pedagogik psixologiya metodlari Reja
Pedagogik psixologiyaning tadbiqiy ishlari
Download 60.5 Kb.
|
2-маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maorif sohasidagi amaliy ishlar
Pedagogik psixologiyaning tadbiqiy ishlari. O’zbekistonda endi shakllanayotgan, lekin nazariy no’qtai nazardan ma’lum an’analarga ega bo’lgan soxadir. 1998 yilning Prezidentimiz tomonidan “Oila yili” deb e’lon qilinishi joylarda psixologik xizmat o’choqlarining paydo bo’lishiga va u yerlarda psixologik xizmatidan foydalanishni anglashga turtki bo’ldi. Psixolog bu yerlarda yoshlardagi oila va nikoh borasidagi tasavvurlarning to’g’ri shakllanishidan tortib, toki muammoli, xattoki, ajrim bo’lgan oila a’zolariga psixologik maslahatlar berish, “ishonch telefonlari” orqali maslahatlar uyushtirishni o’z zimmasiga oladi.
Maorif sohasidagi amaliy ishlar boshqa sohalarga nisbatan anchagina yaxshi tajribaga ega. Ayniqsa, O’zbekistonda kadrlar tayyorlashning milliy dasturi qabo’l qilingandan so’ng tashkil qilingan yangi tipdagi ta’lim muassasalari - akademik litseylar va kasb - hunar kolledjlariga bir nechtadan psixologlar shtati kiritilgan va ular aynan tadbiqiy muammolar - bolaning o’quv jarayoniga psixologik jihatdan tayyorligini diagnostika qilishdan tortib, professional va kasb mahoratini rivojlantirishgacha bo’lgan barcha muammolarni hal qilishga “aralashadi”. Huquqbuzarlikning oldini olish va qonunga zid harakat qilganlarni psixologik reabelitatsiya qilish muammosi ham har doim ham psixolog aralashuvini talab qilib kelgan. Chunki jinoyatchi yoki xuquqbuzar shaxsi o’z - o’zidan shakllanib qolmaydi, uni shakllantiruvchi omillar, motivlar va bolani qayta tarbiyalash va reabelitatsiya masalalari ijtimoiy psixologik jarayonlar mohiyatini bilish va ularga faol ta’sir ko’rsatish talab qiladi. Shuning uchun ham mamlakatimizda yoshlar o’rtasida xuquqiy ma’rifat va xo’qo’qiy madaniyatni shakllantirishga juda katta e’tibor qaratilgan va bu ishda amaliyotchi xodim - psixologning o’rni va roli katta bo’ladi. Yuqorida e’tirof etilgan psixologiyaning tadbiqiy sohalari uchun umumiy narsa shuki, bu sohalarda ishlaganlar avvalo yaxshi psixodiagnost, ya’ni psixologiya metodlarini o’z o’rnida samarali ishlatishni bilishi, va yaxshigina psixoterapevt va psixokorrektor - ya’ni, aniqlangan muammo yoki “kasallikni” to’zatuvchi mohir professional bo’lishi kerakligini taqozo etadi. Download 60.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling