2- mavzu: Qishloq xo‘jalik korxonalarida mahsulotlar tannarxiga kiritiladigan xarajatlar tarkibi va ularni turkumlash
Download 316.95 Kb.
|
Qishloq xo‘jalik korxonalarida mahsulotlar tannarxiga kiritiladigan xarajatlar tarkibi va ularni turkumlash
- Bu sahifa navigatsiya:
- FAVQULODDA ZARARLAR Favqulodda zararlar
Davr xarajatlari
Sotish xarajatlari Boshqarish xarajatlari (ma’muriy sarf-xarajatlar) Boshqa operatsion xarajatlar va zararlar Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar Xorijiy valyuta bilan operatsiya bo‘yicha salbiy kurs tafovutlari Foizlar bo‘yicha xarajatlar Qimmatli qog‘ozlarga qo‘yilgan mablag‘larni qayta baholash Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar Daromad (foyda)dan olinadigan soliq to‘langunga qadar foyda yoki zararlarni hisoblab chiqishda hisobga olinadi Favqulodda zararlar FAVQULODDA ZARARLAR Favqulodda zararlar - bu xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning odatdagi faoliyatidan chetga chiquvchi hodisalar yoki operatsiyalar natijasida vujudga keladigan va ro‘y berishi kutilmagan odatdan tashqari xarajatlar moddalaridir. Bunga favqulodda moddalar va davr xarajatlari tarkibida aks ettirilishi kerak bo‘lgan o‘tgan davr moddalari kirmaydi. U yoki bu moddaning favqulodda zararlar moddasi sifatida aks ettirilishi uchun u quyidagi mezonlarga javob berishi kerak: - korxonaning odatdagi xo‘jalik faoliyatiga xos emaslik; - bir necha yil mobaynida takrorlanmasligi kerak; - boshqaruv xodimi tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga bog‘liq emaslik. Qishloq xo‘jalik korxonalarida mahsulot (ish, xizmatlar)ning tannarxiga kiritiladigan xarajatlar tarkibi ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan mehnatga haq to‘lash xarajatlari ishlab chiqarish moddiy xarajatlar (qaytariladigan chiqitlar qiymati chiqarib tashlangan holda) ishlab chiqarishga tegishli bo‘lgan ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar asosiy fondlar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan boshqa xarajatlar Dehqonchilik qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishning o‘ziga xos tarmog‘idir. Dehqonchilikdagi mablag‘larning aylanishiga ishlab chiqarishning mavsumiylik xarakteri, jumladan ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulotining chiqish davri o‘rtasidagi uzilish jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Dehqonchilik: sohasidagi ishlab chiqarish xarajatlari uzoq vaqt davomida qilinib, u o‘ta notekis xarakterda bo‘ladi, mablag‘larni qoplash-mahsulotning chiqishi o‘simliklar pishib yetilishining tabiiy sharoitlari belgilaydigan vaqtda sodir bo‘ladi. Bu xususiyatlarning barchasini, tabiiyki, bu sohadagi xarajatlarni hisobga olishni tashkil qilishda nazarda tutmaslik mumkin emas. Dehqonchilik tarmog‘ida xarajatlarni hisobga olish ob’ektlari Ekinlar yoki ekin guruhlari Qishloq xo‘jalik ishlari Taqsimlanishi lozim bo‘lgan xarajatlar Boshqa ob’ektlar Ekinlar yoki ekin guruhlari Don va dukkakli don ekinlari Texnik ekinlar Kartoshka, sabzavot va poliz ekinlari Yopiq yerdagi sabzovotchilik Yem xashak ekinlari Meva va boshqa ko‘p yillik daraxtlar Xarajatlar hisobi moddalari Moddiy xarajatlar Mehnatga haq to‘lash xarajatlari Ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan boshqa xarajatlar Dehqonchilik tarmog‘ining muhim xususiyati shundaki, ko‘pgina ekinlarni yetishtirish bo‘yicha ishlab chiqarish jarayoni kalendar yil bilan cheklanmaydi. Shuning uchun dehqonchilikdagi barcha xarajatlarni hisobda joriy yil hosili uchun oldingi yillarda qilingan, shu yilda joriy yil hosili uchun qilingan va kelgusi yillar hosili uchun qilingan xarajatlarga taqsimlash mumkin. Aslini olganda xarajatlarning birinchi ikki guruhi kalendar yil boshlanishi bilan birlashadi, ya’ni oldingi yillar xarajatlari joriy yil mahsuloti xarajatlarining tegishli analitik schyotiga yoziladi. Natijada, odatda har bir berilgan vaqtda hisobda joriy yil hosili uchun qilingan xarajatlar va kelgusi yillar hosili uchun xarajatlar farqlanadi . Tugallanmagan ishlab chiqarish bo‘yicha barcha xarajatlar birinchi yilda joriy yil hosiliga qilingan xarajatlar moddalari bo‘yicha hisobga olinadi. Agarda tugallanmagan ishlab chiqarishning bir qismi joriy yildagi ekinlar hosiliga qilingan xarajatlarga qismlarga ajratib qo‘shiladigan bo‘lsa va shunga ko‘ra bir necha yil davomida hisobga olinadigan bo‘lsa, masalan, ko‘p yillik o‘tlar, undan keyingi yillarda bunday xarajatlar detallashtirilmay, ya’ni kompleks moddada hisobga olinadi. Xarajatlar va mahsulot chiqishini hisobga oluvchi hujjatlar guruhlari Sarflangan mehnatni hisobga oluvchi hujjatlar Moddiy xarajatlarni hisobga oluvchi hujjatlar Mehnat vositalari xarajatlarini hisobga oluvchi hujjatlar Boshqa xarajatlarni hisobga oluvchi hujjatlar Mahsulot chiqishini hisobga oluvchi hujjatlar O‘simlikchilikda ishlab chiqarish hisoboti 18v- shakl o‘simlikchilikdagi tegishli bo‘linma bo‘yicha xarajatlar va mahsulotning chiqishi haqidagi hujjatlarning umumlashtiruvchisidir. U ikki bo‘lim: o‘simlikchilik bo‘yicha xarajatlar (2010 schyot debeti) va o‘simlikchilik mahsulotining chiqishi (2010 schyot krediti)dan tarkib topadi. Ishlab chiqarish hisobotining birinchi bo‘limida hisobning har bir ob’ekti uchun alohida grafa ajratiladi. Qatorlarda bajarilgan ishlar-ning hajmi naturada hamda shartli gektarlarga aylantirib, mehnat sarflari kishi-soatlarda, urug‘ va o‘g‘itlar sarfi natural ifodada va bir qator boshqa natural yoki texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar ko‘rsatiladi. Shundan so‘ng aniq xarajatlar moddalarini korrespondentsiya bo‘luvchi schyotlar bo‘yicha yozishga mo‘ljallangan grafalar keltiriladi. Ishlab chiqarish xarajatlari 2010 “Asosiy ishlab chiqarish” aktiv schyotida hisobga olinadi. Bu schyot balansga nisbatan aktiv bo‘lib, debet tomonida ishlab chiqarishga qilingan xarajatlar hisobga olinsa, kredit tomonida olingan mahsulotlar qiymati hisobga olinadi. 2010 Asosiy ishlab chiqarish schyotining debeti bo‘yicha yozuvlarni quyidagi schyotlar krediti bilan korrespondentsiyalanadi. 1010- «Xom ashyo va materiallar» sarflangan urug‘ va ko‘chat materiallari qiymatiga; 1030- «Yonilg‘ilar»-kombayn va boshqa mashinalarga ta’mirlash ustaxonasidan tashqari ishlarga sarflanayotgan yonilg‘i va yog‘-moy materiallari qiymatiga; 2010 «O‘simlikchilik» analitik schyoti taqsimlangan o‘tgan yilgi xarajatlar, amortizatsiya, joriy ta’mir va boshqa taqsimlanadigan xarajatlar summasiga; 2020- «Chorvachilik» analitik schyoti o‘g‘it sifatida solingan go‘ng qiymatiga (agarda u 1010-schyoti bo‘yicha kirim qilinmagan bo‘lsa); 2310“Yordamchi ishlab chiqarishlar”- yordamchi ishlab chiqarishlar xizmati summasiga. 2510 “Umumishlab chiqarish xarajatlari»-o‘simlikchilikka o‘tkazilgan umumishlab chiqarish xarajatlari qismiga. 3100-«Kelgusi davr xarajatlari» -o‘simlikchilikka o‘tkazilgan kelgusi davr xarajatlari summasiga va shu kabi xarajat turlari bo‘yicha: 2010 «Asosiy ishlab chiqarish» schyotining krediti bo‘yicha yozuvlar quyidagi schyotlar debeti bilan korrespondentsiyalanadi. 2810- «Tayyor mahsulotlar».1010- «Xom ashyo va mteriallar » Dehqonchilik mahsuloti asosiy, bog‘langan va yordamchi mahsulotlarga ajratiladi. Asosiy mahsulot bu, don, paxta, sabzavot, kartoshka va shu kabilarni ishlab chiqarish uchun tashkil etilgan mahsulotdir.Yordamchi mahsulotga biologik xususiyatlar va ishlab chiqarish sharoitlariga ko‘ra asosiy mahsulot bilan bir vaqtda olinadigan, ammo ikkinchi darajali ahamiyatga ega bo‘lgan (masalan, don ekinlarining somoni, chorisi, ko‘p yillik va bir yillik o‘tlarni urug‘i uchun yanchishda olingan poxol va shu kabilar) mahsulotlar kiradi. Ayni bir ishlab chiqarish jarayonining natijasida olinadigan ikki va undan ortiq asosiy mahsulotlar bog‘langan (masalan, zig‘irchilikda zig‘ir poxoli, urug‘i va shu kabilar) mahsulotlar deyiladi. Chorvachilik tarmog‘i qishloq xo‘jalik korxonalari iqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega. Bu tarmoqning roli keyingi yillarda tobora o‘sib bormoqda. Chorvachilik boqiladigan mollarning turiga ko‘ra bir qator mustaqil tarmoqlarga: qoramolchilik, cho‘chqachilik, qo‘ychilik, parrandachilik va boshqalarga ega. Chorvachilikda dehqonchilikdagi singari bajariladigan ishlar xilma – xil bo‘lmaydi. Bunda ishlab chiqarishning texnologik jarayoni bajariladigan operatsiyalar (oziqlantirish, mollarga qarash va mahsulot olish)ning bir xilligi bilan xarakterlanadi. Bu operatsiyalarning hammasi odatda uzluksiz davom etadi va vaqt e’tiboriga ko‘ra chegaralanmaydi. Download 316.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling