2- mavzu: «Qovun va anor» mavzusida naturmort ishlash Sana


Download 1.54 Mb.
Sana24.12.2022
Hajmi1.54 Mb.
#1057986
Bog'liq
qovun va anor mavzusida naturmort


Aim.Uz

2- mavzu:
«Qovun va anor» mavzusida - naturmort ishlash
Sana:________________________________
Darsning maqsad va vazifalari:
Ta’limiy:Natyurmort haqida tushuncha berish;TK2: Tasviriy san’at faniga oid televizor, radioda berilgan eshittirishlarni ko‘rish FK1: Naturaning shakli, hajmi, tuzilishini kuzata olish
Tarbiyaviy: O‘quvchilarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash; ularning badiiy-ijodiy qobiliyatlari, badiiy-estetik didlarini о‘stirish; еasviriy malakalarini rivojlantirish;kuzatuvchanlik va ko‘z xotirasini takomillashtirish;TK4: Tasviriy san’at fanini o‘rganish, amaliy ishni bajarishda tozalikka rioya qila olish
Rivojlantiruvchi: Badiiy fikr doirasini kengaytirish. Tasviriy faoliyat turi: Borliqni idrok etish. Rangtasvir kompozitsiyasi. FK2: qog‘oz, qalam va bo‘yoqlarning bir-biriga mosligini to‘g‘ri tanlay olish
Darsning jihozlanishi: rasm daftar, oddiy qora qalam va bo’yoqlar, o‘chirg‘ich, qovun va anor suratlari, san’at asarlarining reproduksiyalari, slaydlar, rasmlar.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
Salomlashish; Davomatni aniqlash;
Darsning maqsadini aytish;
Darsga tayyorgarlik ko’rish, o’quv qurollarini tekshirish.
II.O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
Uyga berilgan vazifani tekshirib baholayman, o’rganilgan mavzu yuzasidan savol- javob o’tkazaman.
III.Yangi mavzu bayoni.
Ona Vatanimizda yetishtirilgan mazali mevalar o‘zi- ning chiroyliligi bilan rassomlarni ilhomlantirib, ularni naturmort yaratishga qiziqtiradi (14-17-rasmlar).



16-rasm. Yanis Salpinkidi. 17-rasm. N. Oripova.
Anorli naturmort. Naturmort.

18-rasm. Obidjon Bakirov. Kuzgi naturmort.
Bugun siz «Qovun va anor» deb nomlangan na­turmort rasmini naturaga qarab ishlaysiz. Buyumlarni o‘ziga qarab rasm chizishni naturadan rasm ishlash deyiladi.
Mevalar, gullar, qush va hayvon tulumlari, sabzavot- lar, poliz ekinlari, o‘quv qurollari, uy-ro‘zg‘or buyumla- ri, kasbga oid buyumlar tasvirlangan surat naturmort deyiladi.
«Qovun_ va anor» mavzusida naturmort rasmini chi­zishni ikki bosqichda amalga oshiramiz. Birinchi darsda naturmort rasmi qalamtasvirda ishlansa, ikkinchi darsda rangtasvirda yakunlanadi.
Ishni naturani diqqat bilan kuzatishdan boshlang. Rasm chizish bosqichlarini 18-rasmda berilgan namuna misolida tahlil qiling

IV. 0‘tilgan mavzuni mustahkamlash
-Dastlab naturada turgan narsalarni rasm daftari yuzasiga to‘g‘ri joylashtirib olishingiz kerak. Naturmort chizish bosqichlarida barcha narsalarni bir yo'la tasvirlab borish lozim. Aks holda bir jismning o‘lchovi kattaroq va ikkinchisiniki kichikroq bo‘lib, buyumlarning nisbati, o‘zaro munosabati, rasm kompozitsiyasi buzilishi mumkin. Shuning uchun naturmortdagi barcha narsalarning umumiy balandligi va eni qog‘ozga yordamchi chiziqlar bilan belgilab olinadi.
Naturmort ishlash jarayonida, avvalo, uning yoritil-ganlik darajasiga e’tibor qaratiladi. Soya, yarim soya, to‘q soya, yorug1 joy va refleks ajratib olinadi. Ularni belgilashda quyidagi holatlarga e’tibor qarating:
1. Narsalar sirtida eng ko‘p yorug'lik qaytayotgan joy yorug‘ joy deb ataladi.
2. Narsalarning soya qismi oxiridan yorug'likning sinib qaytishi refleks deyiladi.
3. Narsalardagi soyaning boshlang‘ich qismi yarim soya, asosiy qismi - to‘q soya deb ataladi.
4. Buyumdan tekislikka tushayotgan soya tushuvchi soya deyiladi.
Ranglar bilan ishlashda avval yorug' joylarini och ranglarda bo'yash bilan boshlaysiz. So'ng qovun, anor, qovun tiligidagi yorug' va soya joylarini mos ranglar bilan ajratib olasiz. Bo'yash jarayonida e’tibor avval asosiy narsalarga, so'ng mayda detallarga qaratiladi.
Naturadan rasm ishlash paytida quyidagi qoidalarga e’tibor berish zarur:
- doimo chizilayotgan buyumlar bilan rasm daftari-dagi tasvirni solishtirib boring;
- dastlab yirik hajmli, keyin maydaroq shakllarni tasvirlashga o‘ting;
- ranglar tanlayotganda faqat asosiy ranglarni ish-latmasdan hosila ranglardan ham foydalaning; . .
- sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilishga, rasm ishlash paytida qog'oz yuzasini rezina bilan ko‘p o‘chiravermaslikka, mo'yqalamni bosib ishlatmaslikka va suvni ortiqcha isrof qilmaslikka odatla-ning. Naturadan rasm ishlashni tugatar ekansiz, uning ranglarini yana bir bor tekshirib ko'ring, xatolari bo‘l-sa tuzating.
V. Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
Darsni yakunlash jarayonida o‘quvchilarga quyidagi savollar beriladi
1 . «Naturmort» so‘zining ma’nosini ayting.
2. Naturmort janrida ijod qilgan mashhur rassomlar va ularning asarlarini aytib bering.
3. Rang berishda nimalarga e’tibor berish kerak?
4. Refleks, yarim soya va to‘q soya nima?
5. Asosiy ranglardan hosila ranglar qanday farq qiladi?
Faol qatnashgan o’quvchilar ballari e’lon qilinadi
V I. Uyga topshiriqlar:
1. Naturmortning kompozitsion yechimini dastlabki darsda qalamtasvirda, keyingi darsda rangtasvir-da tugallab keling.
2. Atamalar daftariga ajratib ko‘rsatilgan so'zlarni yozib boring.
3. 0‘zingiz mustaqil naturmort qo‘yilmasi chizishni o‘ylab ko'ring, masalan, «Guldasta», «Mevalar», «Oshxona buyumlari» kabi mavzularda.
Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling