2- mavzu: Tarmoq himoyasini tashkil etish. Reja


Internet tarmog‘ida mavjud aloqaning himoyasini (xavfsizligini) ta’minlash asoslari


Download 57.48 Kb.
bet10/14
Sana14.07.2023
Hajmi57.48 Kb.
#1660285
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
2- mavzu Tarmoq himoyasini tashkil etish. Reja

Internet tarmog‘ida mavjud aloqaning himoyasini (xavfsizligini) ta’minlash asoslari

Ma’lumotlarni uzatish tizimlarining rivojlanishi va ular asosida yaratilgan telekommunikatsiya xizmat ko‘rsatish vositalarining yaratilishi bevosita foydalanuvchilarga tarmoq zaxiralaridan foydalanish tartiblarini ishlab chiqarish zaruriyatini paydo qildi:


•foydalanuvchining anonimligini ta’minlovchi vositalar;
•serverga kirishni ta’minlash. Server faqatgina bitta foydalanuvchiga emas, balki keng miqyosdagi foydalanuvchilarga o‘z zaxiralaridan foydalanishga ruxsat berishi kerak;
•ruxsatsiz kirishdan tarmoqni himoyalash vositalari. Internet tarmog‘ida ruxsatsiz kirishni taqiqlovchi tarmoqlararo ekran — Fire Wall vositalari keng tarqalgan. Ushbu vosita asosan UNIХ operatsion tizimlarida qo‘llanilib, bevosita tarmoqlar orasida aloqa o‘rnatish jarayonida xavfsizlikni ta’minlaydi. Bundan tashqari, Fire Wall tizimlari tashqi muhit, masalan, Internet uchun, asosiy ma’lumotlarni va MBlarini xotirasida saqlab, bevosita ma’lumot almashuvini ta’minlashi va korxona tizimiga kirishini taqiqlashi mumkin. Lekin Fire Wall tizimlarining kamchiliklari ham mavjud, masalan, e-mail orqali dasturlar jo‘natilib, ichki tizimga tushgandan so‘ng o‘zining qora niyatlarini bajarishida ushbu himoya ojizlik qiladi. Fire Wall sinfidagi tizimlarning asosiy qismi tashqi hujumlarni qaytarish uchun mo‘ljallangan bo‘lsa ham, hujumlar ularning 60 foizi kuchsiz ekanligini ko‘rsatdi. Bundan tashqari, Fire Wall zabt etilgan serverning ishlashiga qarshilik ko‘rsata olmaydi. Shu bois, Internet tizimida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha quyidagi o‘zgarishlar kutilmoqda:
Fire Wall tizimlarining bevosita xavfsizlik tizimlariga kiritilishi; tarmoq protokollari bevosita foydalanuvchilarni huquqlarini aniqlovchi, xabarlarning yaxlitligini ta’minlovchi va ma’lumotlarni shifrlovchi dasturiy imkoniyatlaridan iborat bo‘lishlari. Hozirgi kunda ushbu protokollarni yaratish bo‘yicha anchagina ishlar olib borilmoqda. SKIP protokoli (Simple Key management for Internet Protocol — Internet protokollari uchun kriptokalitlarning oddiy boshqaruvi) shunga misol bo‘la oladi.

Download 57.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling