2- mavzu: Tekislik va to’g‘ri chiziqning o’zaro joylashuvi. Tekislikning o’zaro kesishuvi. To’g‘ri chiziq bilan tekislikning uchrashish nuqtasini aniqlash. Reja


Download 1.36 Mb.
bet1/3
Sana22.01.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1109375
  1   2   3
Bog'liq
2-ma\'ruza


2- mavzu:Tekislik va to’g‘ri chiziqning o’zaro joylashuvi.
Tekislikning o’zaro kesishuvi.To’g‘ri chiziq bilan tekislikning
uchrashish nuqtasini aniqlash.
Reja:

  1. Tekislikning o‘zaro joylashuvi.

  2. To‘g‘ri chiziq va tekisliklarning paralelligi.

  3. Tekisliklarning o‘zaro kesishuvi.

  4. To‘g‘ri chiziq orqali tekislik o‘tkazish.

5. To‘g‘ri chiziq bilan tekislikning kesishish nuqtasini aniqlash.
Fazoda ikkita tekislik o`zaro parallel eki kesishgan vaziyatda bo`lishi mumkin. Tekislik bilan to`g`ri chiziq uch xil vaziyatda: to`g`ri chiziq tekislikda yetgan, to`g`ri chiziq tekislikka parallel yoki to`g`ri chiziq tekislikni kesuvchi bo`lishi mumkin.

To`g`ri chiziq va tekisliklarning parallelligi


Biror Parallel tekislikdagi kesishuvchi ikki AB va BC to`g`ri chiziqqa ikkinchi Q tekislikdagi kesishuvchi ikki AB va BC to`g`ri chiziqqa mos ravishda parallel bo`lsa, bu tekisliklar o`zaro parallel bo`ladi. Agar fazoda o`zaro parallel bo`lgan tekisliklarning bir nomli izlari ham o`zaro parallel bo`ladi, ya`ni P II Q bo`lsa, PH II QH , PV II QV bo`ladi. (5.1-shakl)

5.2-shakl.
Agar fazodagi AB to`g`ri chiziq Parallel tekislikka tegishli biror CD to`g`ri chiziqqa parallel bo`lsa, u holda bu to`g`ri chiziq tekislikka parallel
bo`ladi. (5.3-shakl)

5.3-shakl.

To`g`ri chiziq va tekisliklarning perpendikulyarligi


Agar tekislik ikkinchi tekislikka perpendikulyar bo`lgan to`g`ri chiziq orqali o`tsa, bu tekisliklar o`zaro perpendikulyar bo`ladi.
Tekislikka tegishli to`g`ri chiziqqa perpendikulyar bo`lgan har qanday tekislik mazkur tekislikning o`ziga ham perpendikulyar bo`ladi. Demak. Bir-biriga perpendikulyar bo`lgan tekisliklarni ikki yo`l bilan: tekislikka perpendikulyar to`g`ri chiziqdan tekislik o`tkazish va tekislikka tegishli to`g`ri chiziqqa perpendikulyar tekislik o`tlazish bilan yasash mumkin. (5.4-shakl)


5.4-shakl.
Agar to`g`ri chiziq tekislikdagi ikki kesishuvchi to`g`ri chiziqlarga perpendikulyar bo`lsa, uchun holda bu to`g`ri chiziq tekislikka perpendikulyar bo`ladi. Demak, to`g`ri chiziq tekislikka tegishli har qanday to`g`ri chiziqqa perpendikulyar bo`lsa, bu to`g`ri chiziq tekislikning gorizontali va frontaliga ham perpendikulyar bo`ladi.

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling