2- mavzu: test meyor (normalarining) reprezentativligi reja


Download 32.6 Kb.
bet1/4
Sana19.10.2023
Hajmi32.6 Kb.
#1709967
  1   2   3   4
Bog'liq
2- mavzu test meyor (normalarining) reprezentativligi reja-fayllar.org


2- mavzu: test meyor (normalarining) reprezentativligi reja

2- MAVZU: TEST MEYOR (NORMALARINING) REPREZENTATIVLIGI


Reja:
  1. Test ko‘rsatkichlari, meyorlari va mazmuni. Statistik tushunchalar.


  2. Testlarning mazmuni va ko‘rsatkich va normalar. Statistik tushunchalar. Yosh normalari. Guruhiy normalar. Nisbiy norma.


  3. Test natijalarini kopyuter talqini. Minimal talablar va mezoni ko‘rsatkichlar.


  4. Ishonchlilik. Korrelyatsiya koeffitsiyenti. Ishonchlilik turlari. O‘lchashdagi standart xato.




Tayanch so‘z va iboralar
Test, meyor, ko‘rsatkich, tahlil, statistik tahlil, korrelyatsiya, korrelyatsiya koefitsenti, ishonchlilik, validlik
Statistika, psixologiya, sifat, miqdor, subyektivlik, obyektivlik, shkala, o‘lchov, tahlil, nomlash, intervallar, munosabat, tartib shkalasi.
Psixologiyada matematik statistikaga nisbatan zarurat nega paydo bo‘lganligini tahlil qilganimizda psixologik kuzatish va tajriba natijalarini so‘z orqali ifodalaganda subyektivlik xolatlari bo‘lishi muqarrar, bunday subyektivlik xolatlari muddatidan avval xulosa chiqarishda, asoslanmagan umumlashtirishlarda namoyon bo‘lishini tasavvur etishimiz lozim.
Shuningdek, sifat jihatdan o‘rganilayotgan psixik xodisa va jarayonlarni tavsiflashda ular o‘rtasidagi farq va o‘ziga xos rivojlanish xususiyatlarini to‘la xolda ta’riflashda qiyinchilik tug‘diradi. Bunday tahlil kuzatish va tajriba natijalarida qay darajadagi xatolar bo‘lishi mumkinligini aniq ko‘rsatib bera olmaydi. Shuning uchun xamma vaqt miqdoriy tahlil sifat tahlil bilan birgalikda qo‘llaniladi. Ana shunda subyektivlik xolatlariga barham berilib, shakllantirilgan xukm va xulosalar tadqiqotchi shaxsiyatiga bog‘liqlikdan xalos bo‘ladi, natijaarni tekshirish imkoniyati vujudga keladi.
Psixolog uchun kuzatish va tajriba natijalarini statistik metodlar yordamida aniqlashni bilish juda muximdir.

Download 32.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling