2- mavzu. Tizim va muhit Reja
Download 39 Kb.
|
2 Maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
- Tizimning egiluvchanligi
- Tizim trayektoriyasi
2- mavzu. Tizim va muhit Reja Tizim va muhit. Ish bajarish va tizimning rivojlanishi. Tizimga ta’sir qiluvchi, tizimni oʻzgartiruvchi xususiyatlar va faktorlar. Tayanch iboralar: muhit, tashqi muhit, evolyutsiya, ish bajarish, tizimning egiluvchanligi, tizim harakati, tizim trayektoriyasi, korrektsiya, Tizim va muhit Tashqi (atrof-muhit) muhit – bu tizimga kiritilmagan, ammo ularning xossalarini oʻzgartirishi tizim holatini oʻzgartirishi mumkin boʻlgan ob’yektlar majmui. Tizimning xatti-harakatlariga ta'sir qiladigan va tizimning oʻzi ta'sir qiladigan ob’yektlar atrof muhit ob’yektlari boʻlishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, tizim u yoki bu ma'noda atrof-muhitning bir qismi bilan oʻzaro ta’sirlashishi mumkin. Ob’yektlarning qaysi biri tizimga, qaysi biri atrof-muhitga tegishli ekanligi tadqiqot maqsadiga bogʻliq. Tizimning faoliyati (ishi) ikkita asosiy rejimda amalga oshishi mumkin: rivojlanish (evolyutsiya) va ish bajarish. Ish bajarish deb tizimning bosh maqsadini oʻzgartirmasdan ishlash faoliyatiga aytiladi. Bu tizim vazifasi (funksiyasi)ning vaqt ichida namoyish etilishidir. Tizim ishlayotgan vaqtda tizim infrastrukturasining sifat oʻzgarishi aniq amalga oshmaydi: uning infrastrukturasining sifati tizim rivojlanganda oʻzgaradi. Rivojlanish tizimdagi tashkillashtirish va uning aksining kurashidir, u axborotning jamlanishi va murakkablashuvi, uning tashkil etilishi bilan bogʻliq. Tizim maqsadining oʻzgartirilishi bilan boʻladigan faoliyat rivojlanish deyiladi. Tizimning egiluvchanligi deb, tizimning tashqi muhit ta’siriga javoban tasnifiy moslashish (adaptasiya) qobiliyati tushuniladi. Tizim, tizim harakati, tizim trayektoriyasini yoʻnaltirish (regulirovaniye) deganda tizimni kerakli holatga, harakatning kerakli trayektoriyasiga qaytarish maqsadida, tizim harakatlari trayektoriyasining kuzatishlari boʻyicha boshqaruvchi parametrlarni tuzatish (korreksiya) tushuniladi. Tizim trayektoriyasi deganda tizim ishlayotgan vaqtda u qabul qiladigan holatlar ketma-ketligi tushuniladi. Bu holatlar tizim holatlari toʻplamida qandaydir nuqtalar sifatida koʻriladi. Fizik, biologik va boshqa tizimlar uchun – bu fazoviy borliqdir. Nazorat savollari: Muhit deganda nima tushiniladi? Tizimning ish bajarishi va rivojlanishi, rivojlanishi va oʻz-oʻzidan rivojlanishlari oʻrtasida asosiy oʻxshashliklar va farqlar bor? Tizimning egiluvchanligi, ochiqligi, yopiqligi nimada koʻrinadi? Qanday tizimlar ekvivalent deyiladi? Tizimlarning invariantligi nima? Tizim izomorfizmi nima? Download 39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling