2 – Mavzu: Umumiy psixologiya fanining metodlari Reja


Download 23.55 Kb.
Sana28.10.2023
Hajmi23.55 Kb.
#1732202
Bog'liq
2-mavzu..


2 – Mavzu: Umumiy psixologiya fanining metodlari
Reja:

  1. Psixologiya sohasida ilmiy tekshirish olib borishning о‘ziga xosligi

  2. Psixologik tadqiqot metodlari

  3. Psixologiya fanining tarmoqlari

Bugungi kunda psixologiya to‘g‘risidagina emas, balki uning soha-lari bo‘yicha ham boy ilmiy materiallar to‘plangan. Jahon psixologiya fani tajribasidan mana bunday sohalar mustaqil tadqiqot pred-metiga ega ekanligi haqida ishonchli dalillar mavjuddir: mehnat psixologiyasi (injenerlik psixologiyasi, aviatsiya psixologiyasi, kosmik psixologiyasi), pedagogik psixologiya (ta’lim psixologiyasi, tarbiya psixologiyasi, oliy maktab psixologiyasi, maxsus psixolo-giya, iste’dod psixologiyasi), tibbiyot psixologiyasi (psixoterapiya, psixogigiyena, psixofarmokologiya, patopsixologiya), yuridik psixo-logiya (mehnat tuzatish, sud psixologiyasi, sud psixologik eksperti-zasi), harbiy psixologiya, savdo va reklama psixologiyasi, sport psi-xologiyasi, yosh psixologiyasi, qiyosiy psixologiya, psixofiziologiya, eksperimental va amaliy psixologiya kabilar.
Psixologiya fanida tadkikot metodlari amal kilinadigan asosiy nazariy prinsiplarga va psixologiya xal kiladigan konkret vazifalarga boglikdir. Urganilayotgan predmet va xodisalar uzaro alokador, bir–birini takozo etadi, doimo uzgarishda, rivojlanishda, karama–karshi zid-diyatli jarayonlar mavjud deb karashni tushunish zarurligidan kelib chikadi.
Xozirgi zamon psixologiyasida fanning kanchalik kadimiyligiga karamay kator xal kilinishi zarur muammolar, turli okimlar va olimlar tomonidan ilgari surilayotgan taxmin va farazlar–gipote-zalar mavjuddir. Ba’zan bir–birini tuldiradigan,yoki birini ikkinchisi inkor etadigan konsepsiyalar va nazariyalar xam bor. Bu singari turli muammo va karashlarni tugri anglab yetish xozirgi zamon psixologiyasining asosiy prinsiplarini– determinizm, ong va faoliyat birligi, psixika va ongning faoliyatda rivojlanishi prin-siplariga suyangan xolda ilmiy tadkikotlar olib borilishiga boglik xal kilinadi.
Xozirgi vaktda psixologiyada XIX asrda vujudga kelgan, lekin dastlabki ildizlari kadimgi yunon madaniyati tarixiga borib kadaladigan kator nazariyalar bor. Ularning eng kup tarkalganlari kuyidagilardir: biogenetik nazariya (V. Shtern), sotsiogenetik nazariya (K. Levin), bixevioristik nazariya (E. Torndayk), psixoana-liz nazariyasi (Z. Freyd) va boshkalardir.
Psixologiya muammolari turli soxalar bilan boglik bulishi bilan birga xozirgi kun uchun uta dolzarb vazifalarni xal kilish bilan xam boglik. Bular jumlasiga ekologiya muammolari, zoopsixologiya va odamshunoslik muammolari, demografik va millatlararo munosabatlar muammosi, insonparvarlik muammolari bilan boglik psixologik muammolarni kursatish mumkin. Bulardan tashkari moddiy ishlab chikarishni kupaytirish, mexnat samaradorligini oshirish, inson–inson, inson–texnika, yer–inson, inson–iklim munosabatlari, oila munosabatlari, uz joniga kasd kilish, turli jinoyatchilik singarilar xam uta muxim bulganligidan psixologik tadkikotlar orkali anikla-nadi va tuzatishlar kiritiladi.
Psixologiyada inson psixikasini tadkik kilish metodlarining turli tasnifi mavjud. Xarkanday psixologik tadkikot uz–uzini tekshirish, boshkalardagi uzgarish va rivojlanishni tekshirishdan iborat buladi, shuning uchun xam bularni subyektiv va obyektiv tadkikot metodlari deb aytish mumkin. Ammo, aylanib kelib, xammasi xam psixik jarayon, uning paydo bulishi va rivojlanishini tadkik kilishga xizmat kiladi, buni genetik metod desak buladi.
Xakikiy ilmiy psixologiya psixikani urganishning obyektiv metodlaridan foydalanish asosiga kurilishi kerak. Xozirgi zamon psixologiyasining ilmiy tadkikotga nisbatan muxim talabi psixik faktlarini genetik (tarixiy) jixatdan urganish prinsipiga amal kilishni takozo etadi. Genetik prinsipning moxiyati shundan iboratki, urganilayotgan psixik xodisaga jarayon deb karaladi va tadkikotchi uning dialektik rivojlanishining barcha xolatlarini tiklashga, ular bir–birlarini kay yusinda olmoshtira olishlarini kurish va tushunib yetishga xarakat kiladi, urganilayotgan psixik faktni uning konkret tarixi jixatidan tasavvur etishga urinadi.
Psixologiyada genetik prinsipdan foydalanish zarurligini P. P. Blonskiy (1884–1941), L. S. Vigotskiy (1896–1934, S.L.Rubinshteyn (1889–1960), A.N. Leontyev (1903–1979) lar uz asarlarida ta’kidlaganlar. Tadkikotlarni amalga oshirishning genetik prinsipi keyingi yillarda, ayniksa bolalar psixologiyasida bola shaxsini buylama kesimi (prodolniy razrez) buyicha urganish metodi deb atalgan usuli keng kullanilmokda. Bu longityud metodi deb xam aytiladi. Longityud (inglizcha Longitude–dolgota) bir xolatni uzok vakt va muntazam urganish metodidir.
Psixologiyaning asosiy metodlari. B. G. Ananyev psixikani urganish metodlarini turt guruxga ajratib, ularni tashkiliy, empirik (amaliy), natijalarni kayta ishlash yoki statistik, natijalarni sharxlash yoki interpretatsiya metodlari guruxlariga ajratadi.
Birinchi. Tashkiliy gurux uz ichiga kiyoslash, longityud (uzlukstz), kompleks (kup kirrali) deb atalgan turlarini oladi. Kiyoslash turi umumiy psixologiyada, sotsial psixologiyada, meditsina, sport, yuridik psixologiyada keng kullaniladi. Longityud metodi bilan bir xolatni uzok vakt kuzatish, birdaniga bir necha sinaluvchini tekshirish, kiyoslash maksadida kullaniladi. Nemis olimi V. Shtern, fransuz olimi R. Zazzo, rus olimlari N. A. Menchinskaya, A. N. Gvozdev, N. S. Leytis, V. S. Muxina va boshkalar bu usuldan keng foydalandilar. Bu usulda kuzatish "Ona kundaligi" singari nomda xam atalishi mumkin.
Psixologik tadkikotlar ilmiyligini oshirishda bir necha fanlar xamkorligiga suyanib kompleks metod kullaniladi. (Psixologiya, fiziologiya, genetika, falsafa, sotsiologiya, kibernetika, logika va boshkafanlar xamkorligi). Xozir muxandislik psixologiyasi, psixo-fiziologiya, kosmik psixologiya, tibbiyot psixologiyasidagi kupgina kashfiyotlar shu usul bilan ochilmokda.
Ikkinchi gurux – empirik metodlarga kuzatish (uz–uzini kuzatish), eksperiment (tabiiy va laboratoriya eksperimenti), test, anketa, surovlar, sotsiometriya, suxbat, intervyu, faoliyat jarayoni va uning maxsulini tadkik kilish, tarjimai xol (shaxsiy guvoxnomalarni, xujjat, turmush faoliyati vokealarini taxlil kilish) kabilar kiradi va ular sinash, tekshirish, diagnostika va prognozlash vazifalarini bajaradi.
Uchinchi gurux metodlar – natijalarni kayta ishlashga muljal-langan bulib, ular statistik (mikdoriy) va psixologik (sifat) taxlili turlariga bulinadi. Tuplangan ma’lumotlarni kayta ishlab chikishda kuyidagi formulalardan foydalanish mumkin:
Tadkikot metodlarining turtinchi guruxi – genetik va donalash metodlaridan iboratdir.
Genetik metodga asoslanib psixik uzgarishlar bilan rivojlanish boskichlarining bevosita boglikligining ildizini aniklanadi. Uzilishlarga yul kuymaslik uchun yigilgan materiallar maxsus boskichlarga ajratib sharxlanadi.
Tadkikotning birinchi tayyorlov boskichida kashf kilinadigan psixologik konun tugrisidagi taxmin va farazlar taxlil kilinadi.
Tadkikotning ikkinchi boskichida tajriba utkazish prinsipi, sharoiti, obyektiv va subyektiv omillar buyicha muloxaza yuritiladi.
Tadkikotning uchinchi boskichida esa olingan natijalarni kayta ishlanadi va bu xam uz navbatida turt boskichga bulinadi:
a) materialni birlamchi taxlil kilish (sharxlash);
b) taxlil kilingan material bilan tadkikot gipotezasi aloxida sharxlanadi;
v) ikkilamchi taxlil (barkaror, ustuvor dalillar ajratiladi);
g) ikkilamchi sintez – (psixik konuniyat, topilgan dalil, omil va tadkikot gipotezasini birlashtirib maxsus xulosalar chikarish).
Tadkikot natijalarini sharxlashning turtinchi boskichi – sharxlashda xar bir fakt, alomat, kursatkich, xossa psixik jixatdan suz–mantik orkali taxlil kilinadi. Ana shu boskichda tadkikot yakunlanadi, zarur xulosalar chikariladi, amaliy tavsiyalar beriladi.
Psixologiyada eng kup kullaniladigan tadkikot metodlari empirik metodlar guruxidir. Empirik (amaliy ) metodlar guruxiga kuzatish, suxbat, test, eksperiment (tajriba), biografiya, sotsiometriya usullari kiradi. Kuzatish metodi tashki obyektiv va subyektiv (uz–uzini) urganishga imkon beradi. Inson psixikasidagi uzgarishlarni kuzatish uchun kuyidagilar amalga oshirilishi kerak: 1) Kuzatish maksadi, vazifasi belgilanadi; 2) Kuzatish obyekti tanlanadi; 3) Sinaluvchining yoshi, jinsi aniklanadi; 4) Tadkikot vakti rejalashtiriladi; 5) Kuzatish kancha davom etishi kat’iylashtiriladi; 6) Kaysi faoliyat kuzatilishi belgilab olinadi; 7) Kuzatish shakli (yakka, guruxiy, jamoaviy) belgilanadi; 8) Kuzatishni kayd etib borish vositalari (kundalik, kino–video, foto, magnit yozuvi va boshkalar).
Kuzatish orkali turli yoshdagi odamlarning dikkati, xis–tuygulari, nerv tizimidagi tashki ifodasi, temperament xususiyatlari, imo–ishoralari, sezgirligi, xulk–atvori, nutk faoliyati va boshkalar xam urganiladi.
Ishchining dastgox yonidagi faoliyatini kuzatish natijasida uning uz dikkatini taksimlashi, tashki kuzgatuvchidan ta’sirlanish darajasi xakida ma’lumot yigish mumkin. Sport faoliyatini kuzatish orkali odam irodasi, ishchanligi, xis–tuygusini, uzini idora kila olishini urganish mumkin. Mulokot jarayonini kuzatish orkali xarakter, nutk, xis–tuygu xususiyatlarini, introvert yoki ekstravert ekanligini,kizikuvchanligini va boshka xususiyatlarini aniklash mumkin.
Tashki kuzatishda ba’zan tafakkur buyicha xam ma’lumotlar olish mumkin. Ish ustidagi kayfiyatini. Fikrning obyektga yunaltiril-ganligini, ta’sirga berilishi yoki berilmasligini, chexrasidagi tashvish va iztirobni, teranlik, termulish kabi ruxiy xolatlarni urganish mumkin. Bundan tashkari kulning titrashi, asabiylashish, nutkning buzilishi, xissiyotning bekarorlashuvi singarilar xam urganiladi.
Psixologiyada uzini–uzi kuzatish (introspeksiya) usuli xam keng kullaniladi.
Suxbat. Inson psixikasini urganishda suxbatning maksadi va vazifasi belgilanadi, uning obyekti va subyekti tanlanadi, mavzusi, vakti, joyi aniklanadi, yakka, guruxiy va jamoa bilan boglik savol–javob tartibi tayyorlanadi. Suxbatning bosh maksadi muayyan bir vaziyat yoki muammoni xal kilish jarayonida inson psixikasidagi uzgarishlarni urganishdir.
Test. Test–inglizcha suz bulib, sinash, tekshirish demakdir. Shaxsning akliy usishini, kobiliyatini. Irodaviy sifatlari va boshka psixik xususiyatlarini tekshirishda kullanadigan kiska standart masala–topshirik, misol, masala, jumboklar, boshkotirmalar xam test deb atalishi mumkin. Test ayniksa odamning kandaykasbni egallashi mumkinligini, kasbga yarokliligi yoki yaroksizligini, iste’dodli yoki iste’dli emasligini – akli zaifligini aniklashda, kishilarni saralashda keng kullaniladi.
1905 yilda, ya’ni fransuz psixologi A. Bine va uning shogirdi A.Simon insonning akliy usishi va iste’dodi darajalarini ulchash imkoniyati borligi goyasini ilgari surgandan keyin psixologiyada test metodining bir necha xillari kullana boshlandi.
Chet el testologlari tadkikot obyektlarini uzgartirib turadilar va kobiliyat, tafakkur, bilim, kunikma va malakalarni aralash xolda urganishga intiladilar. Sinash jarayonida sinaluvchilarning emotsional xolati va salomatliligiga boglik ruxiy kechinmalarni inobatga olmaydilar.
Psixologlar K.M.Guryevich, V.A.Krutetskiy, YE.I.Rogov va boshkalar kullaydigan testlar tubdan boshkacha prinsipda tuzilgan. Ular testlar tafakkur kursatkichi (indikatori) bulishi uchun xarakat kildilar va muayyan yutuklarga xam erishdilar.
Xozirgi davrda nodir testlar katoriga psixologlar Rorshax, Rozensveyg, Kettel. Vartegg, Veksler, Meyli, Ayzenk, Agastazi, Raven va boshkalar ijodining namunalarini kiritish mumkin.
Eng kup tarkalgan testlar katoriga yutukka erishish erishish xarakatlari, intellekt testlari, shaxs testlari (psixodiagnostika), shaxs «loyixasi» (proyektiv) testlari kiradi.
Misol: «Ortikcha suzni chikarib tashlang!»:
A) Yenisey, Dnepr, Sirdaryo, Amur ( javob – Dnepr)
B) Petrozavodsk, Ijevsk, Siktivkar, Abakan (javob – Abakan)
V) Futbol, voleybol, basketbol, xokkey, suv polosi (javob – basketbol)
Testlardan yetishmagan suz yoki rakamlarni topib, urniga kuying singari shakllaridan kobiliyatni, kuzatuvchanlikni, xotirani tekshirish maksadida xam foydalanish mumkin.
Eng asosiysi testlardan ukuvchi bilimini tekshirish va baxolashda kullanadiganlari bulib, ukuv materialining asosiy kismini anik va tulik bilishlarini aniklashga karatilganligidir. Unda savol va 3-4 javob xam beriladi, shulardan javobning eng tugrisini topish talab kilinadi. Javoblarga ballar berilishi yoki berilmasligi xam mumkin.
Testlar yordamida ayrim kobiliyatlarning, kunikmalarning, malakalarning bor yoki yukligini aniklashga yoki bu kasb soxasida ishlash uchun layokatlilik darajasini va xokazolarni bilishga xarakat kilinadi. Testning diagnostik kimmati ilmiy eksperiment darajasiga, test uchun asos kilib olingan psixologik faktning xakikiyligiga, ya’ni mazkur test kay tarzda tuzilganiga–uning oldindan utkazilgan juda katta eksperimental ishning natijasi xisoblanadimi yoki taxmini, tasodifiy va yuzaki kuzatuvlar natijasi ekanligiga kup jixatdan boglik.
Eksperiment metodi. Yangi psixologik faktlarga ega bulishning obyektiv usullaridan biri – eksperiment metodidir. Kuzatishdan farki, eksperiment utkazuvchi sinalayotgan faoiyatga faol aralashuvi, sun’iy vaziyat paydo kilinishi mumkin. Bu metod inson psixikasini chukur, anik tadkik kilishda eng muximi xisoblanadi. Eksperiment metodi yordamida sun’iy tushunchalarning shakllanishi, favkulodda xolatdan chikish, muammoli vaziyatni xal kilish jarayonlari, shaxsning xis–tuygulari, xarakteri va tipologik xususiyatlari urganiladi. Inson psixikasining nozik ichki boglanishlari, munosabatlari, konuniyatlari, konunlari, xossalari, murakkab mexanizmlari tekshiriladi.
Eksperiment metodining ikkita asosiy turi farklanadi: tabiiy eksperiment va laboratoriya eksperimenti. Tabiiy eksperiment pedagogik–psixologik masalalarni xal kilishda kullaniladi. (Sinfda sun’iy, odatdagidan boshkacha vaziyat va muxit yaratib kuzatish). Bu metodning ilmiy asoslarini 1910 yilda Aleksey Fedorovich Lazurskiy (1874–1917) ishlab chikkan. Bu metoddan ishlab chikarish jamoalari a’zolarining, ilmiy muassasa xodimlarining, ukituvchilarning,keksaygan kishilarning psixologik uzgarishlarini, uzaro munosabatlar, ish kobiliyatlari, mutaxassislikka yarokli–liklari muammolarini xal kilishda kuprok foydalanish mumkin. Tabiiy sharoitda inson psixikasini urganishda sinaluvchilarning uzlari bexabar bulishi, kundalik mexnat tarzi doirasida amalga oshirilishi, zavod va fabrikada moddiy maxsulot ishlab chikarish samaradorligini oshirishga karatilgan xolatlarda kullanilishi mumkin.
Laboratoriya (klinika) metodi kupincha individual (goxo guruxiy) shaklda sinaluvchilardan yashirmay, maxsus psixologik asbob–uskunalar, yul–yuriklar, tavsiyalar,kursatma va ilovalardan foydalanib olib boriladi. Inson psixikasidagi uzgarishlarni aniklaydigan detektorlar, elektron va radio ulchagichlar, sekundomer, refleksometr, anomaloskop, taxistaskop, audometr, esteziometr, elektrotiogramma, elektroense-falogramma kabilardan xam foydalaniladi. Laboratoriya eksperimentining xarakterli belgisi fakat uning laboratoriya sharoitida maxsus psixologik asboblar yordamida utkazishlarida va sinaluvchining xatti–xarakatlari yul-yurikka binoan sodir bulishi bilangina emas, balki sinalayotganligini biladigan sinaluvchi (garchi odatda, sinalayotgan kishi eksperimentning moxiyati nimadan iboratligini, konkret nimani va nima maksadda tadkik kilishayotganligini bilmasa xam) kishining munosabati bilan xam belgilanadi. Laboratoriya eksperimenti yordamida dikkatning xossalarini, idrok, xotira va boshkalarning uziga xos xususiyatlarini tadkik kilish mumkin.
Kupincha laboratoriya sharoitida kishining (uchuvchi, xaydovchi, operator singarilarning) kutilmagan, tasodifiy (ekstremal) vaziyatdagi modellari yaratiladi.
Tajriba aniklovchi, tarkib toptiruvchi va tekshirish kismlariga bulinadi. Tajribaning aniklovchi kismida psixik xususiyat, jarayon yoki xolat, uyin, mexnat, ukish kabi faoliyat turlarida tadkik kilinadi. Tarkib toptiruvchi tajribada sinaluvchilarda biror fazilatni shakllantirish shuning dek ularga maksadga mofik muayyan malakani yul–yurik va usulni urgatish rejalashtiriladi. Tekshirish kismida tarkib toptiruvchi boskichda shakllantirilgan usul, vosita, yul–yurik, malaka va shaxs fazilatlarini darajasini, barkarorligini aniklash, ta’sirchanligiga ishonch xosil kilish uchun moxiyati xar xil mustakil topshiriklar beriladi. Tekshirish tajribasi orkali tarkib toptiruvchi eksperimentning samarasi ulchanadi.
Yigilgan ma’lumotlar mikdor–statistik usulda kayta ishlanib, turmushga tatbik kilinadi. Inson psixikasi xususiyatlarini tadkik kilish orkali muxandis psixologlar eng zamonaviy elektron kurilmalar, robotlar yaratish ustida ish olib bormokdalar.
Biografiya (tarjimai xol) metodi Inson psixikasidagi ayrim uzgarishlarni tulikrok urganish maksadida kullaniladi. Esdaliklar, kundaliklar, badiiy asardagi tavsiflar, baxolar, magnitofon yozuvlari, fotolavxalar, xujjatli filmlar, takrizlar urganilayotgan shaxsni tularok tasavvur etishga xizmat kiladi. Biografik ma’lumotlar odamlarning uzini uzi tarbiyalash, nazorat kilish, idora etish, uzining uslubini yaratish, kamolot chukkisiga erishish jarayonida namuna vazifasini utaydi.
Anketa metodi. Anketa odatda uch xil tuziladi. Birinchi xili anglashilgan motivlarni aniklashga muljallangan savollardan tuziladi. Ikkinchi xilida xar bir savolning bir nechtadan tayyor javoblari beriladi. Uchinchi xili anketada sinaluvchiga yozilgan tugri javoblarni ballar bilan baxolash tavsiya etiladi. (Anketa namunalarini Goziyev E. Psixologiya, Toshkent,1994 yil kitobining 28–29 betlarida kurish mumkin).
Sotsiometriya metodi. Bu metod kichik gurux a’zolari urtasidagi bevosita emotsional munosabatlarni urganish va ularning darajasini ulchashda kullaniladi. Unga amerikalik sotsiolog Djon Moreno asos solgan. Mazkur metod yordamida muayyan guruxdagi xar bir a’zoning uzaro munosabatini aniklash uchun uning kaysi faoliyatlarda kim bilan birga katnashishi suraladi. Olingan ma’lumotlar matritsa, grafik, sxema, jadval shaklida ifodalanadi.
Odatda sinaluvchilardan kuyidagicha savollarga javob berish talab kilinadi: «Sen sayoxatga kim bilan birga borishni xoxlaysan?», «Imtixonga kim bilan birga tayyorlanishni istaysan?, «Kim bilan ko‘shni bo‘lib yashashni yoktirasan?», «Partada kim bilan yonma–yon o‘tirishni istar eding?» va xokazo. Xar bir savol sotsiometrik mezon (o‘lchov) vazifasini bajaradi va turmush vokeligidan olingan. Sinaluvchi xar bir savolning uchta javobidan bittasini «eng makbul» deb tanlash lozim.
Guruxiy tabakalanishni ko‘rsatish uchun sotsiogramma to‘rtta «Maydon» ga ajratiladi, kizlar doiracha bilan, o‘gil bolalar esa uchburchaklar bilan belgilanadi.
Doiracha va uchburchaklar soni familiyalar soniga to‘gri keladi. Gurux a’zolarining o‘zaro munosabatlari doira va uchburchaklar strelkalar bilan biriktirilganda o‘z ifodasini topadi. Eng ko‘p munosabatlarga ega bo‘lgan sinaluvchi doiraning markazidan urin oladi. U guruxning eng yokimtoyi («Yulduzi») xisoblanali.
Turli extiyoj, motiv, kizikish, intilish, xarakat va xokazolar muayyan tartib va koidalarga binoan tizimlashtiriladi, ularning ijtimoiy, psixologik xamda sof psixologik ildizlari tugrisida ma’lumotlar olinadi. Shu bilan guruxlardagi shaxslarning yakkol, anik nuktai nazari, guruxbozlik, ogmachilik, karama–karshilik, xis–tuygularning zurikishi, guruxiy jipslik, moslik, munosabat motiv–lari, karashlar birligi, jinslar urtasidagi mulokotning zamini xamda sexri mana shu usul bilan ochiladi.
Xozir sotsiometriya usuli ijtimoiy xayotda, jamoatchilik fikrini urganishda keng kullanilmokda.
Download 23.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling