2- mavzu: yosh media iste'molсhilarda axborotga nisbatan tanqidiy fikrlash ko'nikmasi reja


Download 18.43 Kb.
bet1/2
Sana13.12.2022
Hajmi18.43 Kb.
#999850
  1   2
Bog'liq
2-mavzu maruza


2- MAVZU: YOSH MEDIA ISTE'MOLСhILARDA AXBOROTGA NISBATAN TANQIDIY FIKRLASh KO'NIKMASI
Reja:
1. Media iste'molchimi yoki mediasavodxon iste'molchi?
2. Media mahsulot turlari.
3. Media mahsulotni tahlil qilishda tanqidiy fikrlashning ahamiyati.

Yoshlar ­ mediamahsulotlarni eng ko'p «qabul qiladigan» segment. Demak, har bir zamonaviy yigit­qiz media bozorning «ich»ini bilib o'sishi kerak. Bu intellektual axborot asrining talabi, zamonaviylikning sharti. Shuning uchun ham YuNESKO mediata'limni XXI asrda madaniy ta'limning ustuvor yo'nalishlaridan biri sifatida belgilagan.


“Media ­ ma'naviy mahsulotlarning virtual bozori. Bu bozorda hech kim “molim yomon”, demaydi. Buzg'unchi, jinoyatchi, johillar ham o'z g'oya­ mahsulotini “eng yaxshi buyum”, deydi. Virtual olamda bunyodkorlik, taraqqiyot uchun zarur manbalar ham ko'p. Gap odamning ana shu bozor taklif etayotgan mahsulotlarni xarid qilishda adashmasligiga borib taqaladi. Bugungi tilda aytganda, gap mediamadaniyatni to'g'ri egallashida”.
Demak, yoshlar mediamatnlarni o'qiyotgan, mediamahsulotni tomosha qilayotganda ularni qabul etish, tahlil qilish, baholash va yaratish, zamonaviy jamiyatda mediamahsulotlarning ijtimoiy, ma'naviy, mafkuraviy, madaniy kontekstini tushunishlari kerak. Bu esa odamning mediamadaniyati qandayligiga bog'liq. Ukrainalik pedagog olima S.M.Sterdenko mediamadaniyati yuqori kishini mana shunday tasvirlaydi: “Uning mediabog'lanishlari soni va davomiyligi rejalashtirilgan bo'ladi. O'ziga kerakli axborotni to'g'ri tanlay oladi. Axborotga tanqidiy yondashadi, chunki u medianing zararli ta'sirlarini biladi, qarshisida ochilgan mediamatnni o'z fil'tridan o'tkazib, keyin qabul qiladi. Mediamahsulotdan foydalanishda axloq me'yorlariga amal qiladi. Mediamahsulot yarata oladi». Mediamadaniyat ­ turli media asarlarni tahlil qilish, baholash, yaratish uchun zarur bo'ladigan bilim, ko'nikma va malakalar yig'indisi. Aqlli yigit­qizlarning o'z himoya qobig'i, “zirh”i bo'ladi. Ular media mahsulotlarni o'z «ma'naviy fil'tr”i (mafkuraviy immuniteti) orqali ko'ra olishadi, o'qib, tomosha qilishadi. Mediamatnlardagi targ'ibot­tashviqotni, biryoqlamalikni va buning sabablarini, ma'lumot tarqatuvchining niyatlarini ko'rib turishadi. Bunday mediamadaniyat mediamahsulotlarga tanqidiy yondashuvni belgilab beradi, aldanishlardan asraydi.
Nemis olimlari ushbu qonuniyatga tayanib muhim kashfiyot yaratishdi.
«Muhim ma'lumotga ega bo'lish ­ hokimiyatga ega bo'lish; keraklisini keraksizidan ajratish ­ yanada ko'proq hokimiyatga ega bo'lish; kerakli ma'lumotni o'z rejissurasiga asoslanib tarqatish yoki ushlab turish ­ ikki karra hokimiyatga ega bo'lish demakdir. Odamlarga axborot orqali psixologik ta'sir ko'rsatishning imkoniyatlari ana shunday», deyiladi Germaniyaning asosiy politologiya darsliklaridan birida.
Media deb ommaviy axborot vositalariga (OAV) aytiladi. OAVning bir qator muhim xususiyatlari borki, ularni e'tiborga olmasdan OAV faoliyatiga to'g'ri baho berib va uni tashkil etib bo'lmaydi. Fikrimizcha, bu xususiyatlarning ichida eng muhimini taniqli kanadalik olim Maklyuen tushuntirib bergan: media – bu inson hissiyotlarining davomidir. Mazkur g'oya muallifning kitobida yaxshi tushuntirib berilganligi sababli, biz bu masalaga to'xtalmaymiz. Kitobning asosiy xulosasi sifatida shuni aytish zarurki, media, odamning aqlidan ko'ra, hissiyotlariga ko'proq ta'sir qiladi. Maklyuenning mashhur ta'biri – vositaning o'zi axborotdir – aynan shu g'oyani tasdiqlovchi ibora.
Zamonaviy ommaviy axborot vositalari turli xil formatlarda, jumladan bosma ommaviy axborot vositalari (kitoblar, jurnallar, gazetalar), televizor, filmlar, video o'yinlar, musiqa, mobil telefonlar, turli xil dasturiy ta'minot va Internetni o'z ichiga oladi. Har bir media turi tarkibni, shuningdek, ushbu kontent yetkazib beriladigan qurilma yoki ob'ektni o'z ichiga oladi.

Download 18.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling