2- oraliq nazorat Ozon qatlami to’g’risida nimalarni bilasiz?
Download 67 Kb.
|
2OH
Oʻrta Osiyoda qishloq xoʻjaligi juda koʻp suv isteʼmol qiladi. Uning hissasiga sugʻorma dehqonchilikda toʻliq sarflanadigan umumiy suv miqdorining 80—90% ga yaqini yoki yiliga 64 mlrd. m³ toʻgʻri keladi. Uning asosiy qismi sugorma dehqonchilikda sarflanadi. Arid zonalardagi suv resurelarining eng muhim xususiyati — ularning hududlar boʻyicha notekis taqsimlanganligi, shuningdek, dare oqimining vaqt oraligʻida noqulay taqsimlanishidir. Ayrim hududlarda suv resurslari va unga boʻlgan ehtiyoj oʻrtasidagi nomuvofiklikni yoʻqotish uchun gidrotexnika inshootlari: daryo va kanallar oqimini koʻp yillik, yillik, mavsumiy va oy, hafta va sutka davomida tartiblovchi suv omborlar , daryo oqimini hudud boʻylab taqsimlovchi kanallar; daryo va suv omborlari va shu kabidan suv oluvchi nasos stansiyalari quriladi. Gidrotexnika inshootlari kompleksi
majmui suv xoʻjaligi sistemasini tashkil etadi. Sugʻorish va xalq xoʻjaligining boshqa maqsadlari uchun suvga boʻlgan ehtiyoj kuchaygan hozirgi davrda bir qancha tarmoklarga xizmat qiladigan koʻp maqsadli yirik suv omborlari qurilmoqsa , suvni havzalararo taqsimlash va uni uzok, masofalarga olib borish ishlari amalga oshirilmoqda.Oʻzbekistonda Suv xoʻjaligi tarixi juda qadimiy. Sirdaryo va Amudaryo etaklarida mil. av. 8—7- asrlardan boshlab sugʻorma dehqonchilik qilinganligining arxeologik dalillari mavjud. Samarqand vohasi, Fargʻona vodiysida qadimiy sugʻorish inshootlari (kanallar, toʻgʻonlar, korizlar) qoldiqlari hozirgacha saqlanib qolgan. Yirik sugʻorish kanallaridan Boʻzsuv, Zang kabilar qadimiy tarixga ega. 10- asrda Pasttogʻ darasi (Jizzax viloyati Forish tumani)da qurilgan Xon bandi (suv sigʻimi 1,5 mln.m³), 16- asrda Samarqand viloyatida qurilgan Abdullaxon bandi oʻsha davrning noyob inshootlaridan biri boʻlgan.Oʻzbekistonda Suv xoʻjaligi sistemasi 20- asrning 20y.laridan boshlab eski sugʻorish tarmoklarini t iklash, yangilarini qurish, sugʻoriladigan yangi yerlarni oʻzlashtirish (Mirzachoʻl, Dalvarzin, Qumqoʻrgʻon dashtlari, Jizzax choʻli, Qizilqum chekkasi) va uning suv taʼminoti, xoʻjaliklararo sugʻorish va kollektordrenaj tarmoklarini qurish va boshqa bilan bogʻliq holda shakllanadi . Qishloq xoʻjaligi sugʻorma dehqonchilikka asoslangan Oʻzbekistonda suvni isteʼmolchilarga oʻz vaqtida va kerakli miqsorda yetkazib berish maqsadida koʻplab kanal, gidrouzel, gidrotexnika inshootlari, suv omborlari, doimiy nasos stansiyalari, kollektordrenaj Download 67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling