2- oraliq nazorat. Savol – javob. 1-savol. Bosh skeleti nechta bo’limdan iborat ?


Download 49.61 Kb.
bet6/16
Sana28.02.2023
Hajmi49.61 Kb.
#1236892
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
2-oraliq nazorat

Facies cerebralis:
-Impressio digitate
-Juga cerebralia
Facies orbitalis:
- Pars orbitalis peshona suyagining ko‘z kosasiga qaragan yuzasi silliq bo‘lib, yon qismida ko‘z yoshi bezi joylashadigan chuqurcha – fossa glandulae lacrimalis bo‘ladi.
- Ko‘z kosasi yuzasi – facies orbitalis da g‘altaksimon mushak birikadigan spina trochlearis o‘simtasi va chuqurcha - fovea trochlearis mavjud.

-foveolae ethmoidale


-foramina ethmoidale anterius et posterius
14 –savol
Peshona suyagi pars nasalisiga tegishli hosilalarni ayting ?



  • Pars nasalis:

  • Peshona suyagining burun qismi - pars nasalis da
    g‘alvirsimon suyak bilan to'lib turadigan o‘yma - incisura ethmoidalis bo‘ladi. Burun qismi - yuqori jag‘ suyagining peshona o‘simtasi va burun suyaklari bilan birlashib turadi. Bu sohada burun qirrali o'simtasining spina nasalis cheti - margo nasalis uchraydi.

  • Peshona suyagi g‘ovakli suyaklar turkumiga kiradi, chunki uning ichida havo saqlaydigan bo‘shliq - sinus frontalis bo‘ladi va burun bo‘shlig‘iga ochiladi.

  • Burun bo‘shlig‘iga ochilish teshigi apertura sinus fronralis deb ataladi.

Peshona suyagi ichidagi havo saqlaydigan bo‘shliq to‘siq - septum sinium frontalium vositasida bo‘linadi

15-savol
PONASIMON SUYAK - OS SPHENOIDALE qanday qismlardan tashkil topgan ?


  • tana - corpus

  • katta qanot - ala major

  • kichik qanot – ala minor

  • qanotsimon o‘simtalar – processus pterygoideus


16-savol.
Ponasimon suyak tanasining kalla bo‘shlig‘iga qaragan yuqori yuzasidagi hosilalarni ayting ?
- O‘rta qismida egarga o‘xshagan soha - sella turcica bo‘lib, uning o‘rtasida gipofiz bezi joylashadigan chuqurcha – fossa hypophysialis bo‘ladi.
- Chuqurchaning old tarafida joylashgan do‘mboqcha tuberculum sellae, ko‘ruv nervining kesishmasidan hosil bo‘lgan egat sulcus prechiasmaticus deyiladi.
- Bu egatlar ikki yon tarafga ko‘ruv nervi o‘tadigan kanalchalar - canalis optici teshigiga davom etadi.
- Turk egari sohasi orqa tomonda egar suyanchig‘i - dorsum sella bilan chegaralanadi.
- Suyanchiqning ustki tarafidagi o‘simtalarga processus clinoidei posteriores deyiladi.
- Egar do‘mbog‘ining orqa sohasidagi tepalikka esa processus clinoidei media deyiladi.
- Oldingi chetlashgan o‘simtalar-processus clinoidei anterior esa kichik qanotning egarga yaqin uchidan hosil bo'ladi.


Download 49.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling