Ishning maqsadi:Tog‘ jinslari namunalari mustahkamligini aniqlash, talabalarda qattiq tog‘ jinslarining mustahkamlik xususiyatlari haqidagi tassavurni mustahkamlash.
Bir o‘qli siqish (R) vaqtida tog‘ jinslarining mustahkamligi maksimal buzuvchi kuchni (R max) namunaning boshlang‘ich ko‘ndalang kesim yuzasiga (F0) bo‘lish bilan aniqlanadi.
;
Xalqaro standartga muofiq bir o‘qli siqishda balandligi va diametri 42 mm ga teng bo‘lgan (5 % gacha aniqlik bilan) silindrik shakldagi namuna tajriba qilish tavsiya etiladi.
Tajribani bir sharninli yuzaga ega bo‘lgan hohlagan qurilmada amalga oshiriladi. Og‘irlik beruvchi plita siliqlangan bo‘lishi kerak, namunaga og‘irlik 5 dan 10 kg/sm2 sek. gacha tezlik bilan beriladi.Siqishda mustahkamlik maksimal buzuvchi og‘irlikda aniqlanadi. Olingan natijalar 3.1 jadval bilan taqqoslanadi.
Muhandislik – geologik Ishning maqsadilar uchun siqishda mustahkamlik qiymati bo‘yicha tog‘ jinslarining tasnifi (S.V.Nikolaev bo‘yicha).
3.1. – jadval
Guruh va kichik guruhlar
|
Bir o‘qli siqishda mustahkamlik bo‘yicha intervallar, kg/sm2
|
O‘ta zaif
A
|
40 dan kam
|
B
|
40-60
|
V
|
60-100
|
Zaif
A
|
100-150
|
B
|
150-230
|
V
|
230-350
|
O‘rtacha mustahkamA
|
350-520
|
B
|
520-800
|
V
|
800-1200
|
MustahkamA
|
1200-1800
|
B
|
1800-2700
|
O‘ta mustahkam
|
2700 dan ortiq
|
Vazifa:Bir o‘qli siqish asbobida tog‘ jinslari namunalarini bir o‘qli siqishda mustahkamligini aniqlash.
Quyidagilar zarur:
1. Ish daftari.
2. Chizg‘ich, qalam tm, ruchka
3.Tog‘ jinsi namunalari.
Ishni bajarish ketma-ketligi:
O‘qituvchi tog‘ jinsi namunasini beradi va tog‘ jinsi mustahkamligini aniqlash usulini hamda tajriba o‘tkazish vaqtida texnika xavfsizligini tushuntiradi.
Tajriba natijalari yozib olinadi..
Hisobot: talabalar (kichik guruh) mashg‘ulot tugagandan so‘ng tajriba natijalari haqida va 3.1 va 3.2 – jadvallar bilan taqqoslab hisobot taqdim qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |