2- tajriba ish Mavzu: Tog’ jinslari (ruda) namunalarining zichligini aniqlash. Ishning maqsadi


Download 26.22 Kb.
bet1/4
Sana14.12.2022
Hajmi26.22 Kb.
#1004547
  1   2   3   4
Bog'liq
2-тажриба иши


2- Tajriba ish
Mavzu: Tog’ jinslari (ruda) namunalarining zichligini aniqlash.
Ishning maqsadi: Cho’kindi, magmatik va metamorfik tog’ jinslari (ruda ) namunalarini zichligini aniqlash orqali, tog’ jinslari fizik xususiyatlari to’g’risida nazariy bilimlarni mustahkamlash.
Tog’ jinslarining asosiy fizik xususiyatlaridan biri, bu tog’ jinslarini tabiiy zichligidir. Bu xususiyat ko’pgina tog’ – kon xisob – kitob ishlarida qo’llaniladi. Masalan, kon lahmlarini ishlab chiqarish ishlarida, kon lahmlarini mustaxkamligini hisoblashga, tog’ jinslarini mexanik xususiyatlarini aniqlashda va boshqa ishlarda.
Odatda qoyali qattiq, cho’kindi, magmatik va metamorfik tog’ jinslarini
(va rudalarini ) zichligini quyidagi usullarda aniqlanadi:

  1. Maxsus tarozilarda og’irligini o’lchash usuli. Bu usulda asosan o’lchanayotgan jins namunasini hajmi va uni tabiiy namlikdagi og’irligi o’lchanadi. Bunda asosan jins zichligi uning mineral tarkibi, g’ovvakligi va tabiiy namligiga ko’p jixatdan bog’liq.

2. Hajm o’lchash usuli. Bu usul to’g’ri geometrik shaklga ega bo’lgan tog’ jinslarini
zichligini aniqlashda qo’llaniladi. Ayniqsa bu usul qattiq mustaxkam va geometrik
shakl berishda uqalanib ketmaydigan tog’ jinslariga aloqador.
Bizning auditoriya sharoitimizda ikkinchi usulni qo’llash qulay. Chunki, bizda foydali qazilma konlaridan keltirilgan namunalar kub shaklida yoki silindr shaklda tayyorlangan.
Bunday shakllardagi namunalarni hajmini so’ngra uning og’irligini aniqlash mumkin ( 6.1 - Rasm ).
Odatda tog’ jinsini zichligi quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
ρ= G/ v ; gr / sm³
Topshiriq: Berilgan tog’ jinsi namunalarini zichligini aniqlang ?
Kerakli qurollar:

  1. Ish daftari

  2. Chizg’ich, qalam, ruchka

  3. Uslubiy ko’rsatma

  4. Tog’ jinsi namunasi

  5. O’lchov tarozisi, toshlari bilan.


Download 26.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling