2. 1 Dasturiy ta’minot ishlab chiqish masalasining qo‘yilishi 6
Tasvirlashning asosiy texnikalari
Download 1.18 Mb.
|
Osnovi programmirovanie
3.1 Tasvirlashning asosiy texnikalariQuyidagi asosiy tasvir texnikalari «blok-chizma» (Inglizcha: Flowchart) guruhiga tegishlidir. Tasvir texnikalari internatsional qo‘llanuvchi standart belgilardan foydalanadi. 3.1.1 Tasvirlashning asosiy texnikalariMa’lumotlar oqimining o‘tish chizmasi (Inglizcha: Data Flowchart, DFD) ma’lumotlarning mantiqiy oqimi xomaki rejasini va kompyuterdagi kiritish/chiqarish jarayonini bajaradi. Ma’lumotlar oqimi yo‘nalishi uchun standart belgilar va ko‘rsatkich(strelka)dan foydalaniladi. Bu belgilar shuningdek tasvirning boshqa texnikalarida ham (mas.,dasturning mantiqiy chizmasida) mavjud. Umumiy jarayon Qo’l jarayoni, qo’lda ishlov berish Ma’lumot tashuvchilarning batafsilroq belgilarisiz berilgan, umumiy ma’lumotlar Qo‘lda kiritish qurilmasi (mas. klaviatura) Xujjat, mas. bosishga chiqarish, kvitansiya Bir qancha xujjatlar
Tezkor xotira Ekranga chiqarish, optik yoki akustik ma’lumotlar Bevosita kiritiladigan ma’lumotlar tashuvchi, mas. qattiq disk
Cheklovchilar, mas. Boshlanishi, oxiri Ishora qilish bo’yicha jarayon (mas. dastur osti) Umumiy ma’lumotlar oqimi Ma’lumotlarni masofadan uzatish 3.1-rasm: Ma’lumotlar oqimi o‘tish chizmasidagi va boshqa diagrammalardagi razmlar Keyingi rasm inglizcha/amerikacha nomlar bilan belgilar to‘plamini ko‘rsatadi: 3.2-rasm: Ma’lumotlar oqiminig o‘tish chizmasi va boshqa diagrammadagi belgilarni, inglizcha nomlari Tasavvur qilish qanchalik mumkin bo‘lsa, shunchalik oddiy va qanchalik kerak bo‘lsa, shunchalik kompleks. 2.3.5.1 namuna senariyidagi park avtomati uchun ma’lumotlar oqimi o‘tishining quyidagi chizmasi hosil bo‘ladi: 3.3-rasm: Pul kartochkali parkovkalash avtomati haqida ma’lumot 3.1.2. Dasturning mantiqiy chizmasi Dasturning mantiqiy chizmasi 3.1.1. bo‘limida sanab o‘tilgan jarayonlar, kiritish chiqarish va oqim chiziqlari kabi belgilarni o‘z ichiga oladi. Bu loyiha texnikasi yordamida masalani echish uchun zarur takliflar zanjiri yaqqol ko‘rsatilgan qaror jarayonini chizish mumkin. Dasturning mantiqiy chizmasida har doim “Boshi” va “ohiri” mavjud bo‘ladi (inglizcha: Start and Stop). Quyidagi qoidalarga amal qilish kerak:
Dasturning mantiqiy chizmasini shunday qurish kerakki, uni tepadan pastga o‘qish mumkin bo‘lsin. Belgilarga arxivlangan axborot matnlari sig‘ishi kerak. Agar dasturning mantiqiy chizmasi o‘ta kompleksli va aniq bo‘lmasa, konnektorlardan foydalaniladi. Bu erda ham, xarorat qanchalik mumkin bo‘lsa, shunchalik oddiy, qanchalik kerak bo‘lsa, shunchalik kompleksli, degan qoida amal qiladi. Dasturlarning mantiqiy chizmalarida tez-tez uchrab turuvchi “Tarmoqlanish” va “konnektor” belgilari quyida chizma tarzida oydinlashtiriladi: 3.4-rasm: Dasturning mantiqiy chizmasini tipik belgilari Oddiy misol sifatida quyida tanga bilan ishlovchi jamoat telefon apparatidan telefon suhbati qadamlarining tahlili uchun dasturning mantiqiy chizmasi havola qilingan: Yo’q Ha 3.5-rasm: Dasturning mantiqiy chizmasi 3.1.3. Struktura diagrammasi (Struktogramm) Dasturlash vositasi sifatida struktura diagrammasi (Struktogramm (inglizcha: Nassi-Shneidermann-Diagram)) dasturning mantiqiy chizmasiga qaraganda ancha qulayroq. Struktura diagrammasi yordamida dastur bitta tuzilish bloki chegarasida ko‘rsatilishi mumkin. Tuzilish bloki ichida struktura ostki bloklari ulanadi. Tuzilish diagrammasi dasturlashning foydalanilayotgan tiliga va apparat vositalarining istalgan platformasiga bog‘liq bo‘lmagan dasturiy mahsulotni rejalashtirish va xujjatlashtirish bo‘yicha xujjatlarni ifodalaydi. Masalaning mantiqiy echilishi va buning uchun zarur bajarish strukturalari oldingi qatorda joylashadi. Atigi bir nechta asosiy belgilar qo‘llanishi sababli struktura diagrammalari yordamida o‘qish va modullashni o‘rganish juda tez kechadi. Asosiy joylashuv quyidagi rasmda ko‘rsatilgan:
3.6-rasm. Struktura diagrammasining asosiy joylashuvi Struktura diagrammasidagi barcha jarayonlar uchta asosiy «Takrorlash» (Repetition), «Tanlash» (Selection) va «Operator» (Sequence) tuzilmalari bilan namoyon bo‘ladi. 3.1.3.1 Takrorlash Takrorlash (Repetition) sikli (mas. wxile-sikl) dasturlashga muvofiq keladi. Har bir siklning uzilishi mezoniga ega, wxile-sikl uchun «yuqori» (yuqorigi satr bilan boshqariluvchi sikl) turadi, do–until – sikl uchun «quyi» (quyi satr bilan boshqariluvchi sikl) turadi. Struktura diagrammasida uzilishning ushbu mezoni shunga muvofiq «yuqori» yoki «quyi» deb yoziladi.
3.7-rasm: Struktura diagrammasida yuqorigi satr bilan boshqariladigan sikl 3.1.3.2 Tanlash Tanlash (Selection) dasturlashda oddiy tarmoqlanish (if-then-nazorat qiluvchi struktura)ga ham, xodisalarni aniqlash (case-nazoratchi struktura)ga ham mos keladi.
3.8-rasm: Tuzilma diagrammasidagi tarmoqlanish Keyingi rasm xodisalarni aniqlashni ekran menyusi misolida (1, 2, 3 va 4) bandlardan birini tanlash, keyin esa tegishli dasturiy blokkacha olib borish mumkin.
3.9-rasm. Struktura diagrammasida xodisalarni aniqlash Yuqorida ko‘rsatilgan rasmda shunga e’tibor qilish kerak-ki, quyi satr bilan boshqariladigan sikl tomonidan avvaliga 1, 2, 3 va 4 bo‘lmagan barcha xato va kiritishlar tutib qolinadi. 3.1.3.3 Operator Struktura diagrammasida oddiy to‘g‘ri burchakda joylashgan bo‘lsa, ular operator yoki jarayon odimi(Inglizcha: Sequence)dir. Operatorni ko‘rsatish qisqa, lo‘nda, shunga qaramay, tushunarli bo‘lishi kerak. Quyida keltirilgan rasm yana jamoat tangali telefon apparatidan telefon so‘zlashuvi misolini, bu struktura diagrammasi ko‘rinishida (strukturagrammalar (Struktogramm)) takrorlaydi.
3.10-rasm. “Telefon so‘zlashuvi” misoli. Dasturning 3.5-rasmda struktura diagrammasi qiyofasida ko‘rsatilgan mantiqiy chizmasi (Struktogramm). Struktura diagrammasi (Struktogramm) AKT o‘qitishda dasturning mantiqiy o‘tmishini ko‘rsatish uchun eng afzal ko‘riladigan tasvir texnikasidir 3.2. Tavsifning maxsus texnikasi 3.1 bo‘limda taqdim qilingan tavsif texnikalari (Ma’lumotlar oqimi o‘tish chizmasi, dasturning mantiqiy chizmasi va struktura diagrammasi) dasturning mantiqiy o‘tishini xujjatlashtiradi va bu bilan bevosita amalga oshishga yoki dasturlashga juda «yaqin». Bu texnikalar ishlab chiqilgan yoki ishlab chiqilayotgan dasturning sifatini ya’ni uning to‘laqonligini va bexatoligini tekshirish uchun unchalik yaroqli emas. Bu maqsad uchun quyida ko‘rsatilgan usullar xizmat qiladi. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling