2. 1-mavzu. Ishlab chiqarish jarayoni va uning natijalari


Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish omillari. FTTning evolyutsion va revolyutsion shakllari


Download 332.75 Kb.
bet9/9
Sana23.03.2023
Hajmi332.75 Kb.
#1287721
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2.2 Mavzu

Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish omillari. FTTning evolyutsion va revolyutsion shakllari.
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun unga ta’sir qiladi- gan omillami ham bilish zarurdir. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga bir qancha omillar ta’sir qiladi:

  1. fan-texnika taraqqiyotni tezlashtirish, energiyalaming xom­ ashyo va materiallaming yangi turlarini topish va uning natijalarini tezlik bilan ishlab chiqarishda qo‘llash;

  2. tabiiy va iqtisodiy omillami hisobga olib ishlab chiqarishni rat- sional joylashtirish, ixtisoslashtirish va kooperatsiyalash;

  3. iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlami amalga oshirish va uning tashkiliy bo‘g‘inlarini o‘zgartirish;

  4. ishlab chiqamvchilami moddiy va ma’naviy jihatdan rag‘batlantirib, ulaming faolligini oshirish;

  5. mavjud tabiiy, moddiy va mehnat resurslaridan oqilona, tejab- tergab foydalanish, yangi, arzon, sifatli xomashyo va energiya turla­ rini, ekinlaming yangi hosildor navlarini, chorva mollarining mahsul- dor zotlarini topib, ishlab chiqarishga joriy qilish;

  6. kishilaming bilim saviyasini, malakasini oshirish, yetuk ishchi va mutaxassislar tayyorlash.

Bular ichida fan-texnika taraqqiyoti natijalarini ishlab chiqarishda qo‘llash, hamma ishga innovatsion yondashish omili hozirgi kunda respublikamiz uchun dolzarb va muhim ahamiyat kasb etadi. Fan-texnika taraqqiyotining evolyusion va revolyusion shakllari farqlanadi. Evolyutsion shaklda rivojlanish deganda, FTTning mavjud texnologiyasi asosida, mashinalar va uskunalar qisman modemizatsiyalash asosida rivojlanishi tushuniladi. Revolyutsion shaklda rivoj- lanishi deganda esa, fan-texnikaning bir qancha sohalarida birdaniga katta o‘zgarishlar bo‘lib, texnikaning eng so‘nggi yangiliklarini, avlodlarini ishlab chiqarishda qoilash, prinsipial yangi texnologik tizimga o‘tish tushuniladi. Fan-texnika taraqqiyotining keyingi shakl- lda rivojlanishi yuksak samara beradi. Shuning uchun ham ayrim me’yoriy hujjatlarda va mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyev ma’ruzalarida iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini hozirgi zamon fan va texnikasining eng yangi yutuqlari asosida tayyorlangan texnika va texnologiyalar bilan qayta qurollantirish lozimligini ta’kidlamoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonida “ishlab chiqarishni modemizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma loyi- halarini amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib borish” vazifasi qo‘yilgan.
Download 332.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling