2. 2- ma’ruza. Saralash turlari. Saralashning qat’iy usullari Reja


Download 432.07 Kb.
bet1/11
Sana05.01.2023
Hajmi432.07 Kb.
#1080475
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2.2-maruza


2.2- ma’ruza. Saralash turlari. Saralashning qat’iy usullari
Reja:
1. Saralash tushunchasi, uning turlari.
2. To‘g‘ridan to‘g‘ri qo‘shish orqali saralash.
3. To‘g‘ridan to‘g‘ri tanlash orqali saralash.
4. To‘g‘ridan to‘g‘ri almashtirish orqali saralash.
5. Daraxt yordamida saralash usuli
6. Piramidali saralash usuli
7. Tez saralash usuli
8. Birlashtirish orqali saralash usuli
Kalitli so‘zlar: saralash, ichki saralash, tashqi saralash, regulyarlik, saralash samaradorligi, qo‘shish orqali saralash, tanlash orqali saralash, almashtirish orqali saralash (pufaksimon saralash), tez saralash, shell saralashi.

  1. Saralash tushunchasi, uning turlari

Saralash - bu berilgan to‘plam elementlarini biror bir tartibda joylashtirish jarayonidir. Saralashni maqsadi tartiblangan to‘plamda kerakli elementni topishni osonlashtirishdan iborat. Saralash dasturlarni translyasiya qilinayotganda, ma’lumotlar majmuasini tashqi xotirada tashkil qilinayotganda, kutubxonalar, kataloglar, ma’lumotlar bazasi yaratilayotganda tadbiq qilinadi. Ma’lumki, saralashning turli hil algoritmlari mavjud. Sababi, bitta masalani saralash uchun juda ko‘plab turli hil algoritmlar dan foydalanish mumkin. Berilgan masalani hal qilishda ba’zilari mukammal bo‘lishi mumkin. Shuning uchun saralash masalasida algoritmlarni qiyosiy tahlilini o‘tkazish zarurati paydo bo‘ladi.
Saralash masalasini qo‘yilishini quyidagicha yozish mumkin.
Faraz qilaylik, aj, a2 an, elementlar ketma-ketligi berilgan bo‘lsin. U holda saralash algoritmi elementlarni massivga shunday joylashtiradiki, natijada ular qandaydir munosabatga nisbatan f(akj)k2)<... kn) tartibga ega bo‘ladi. Odatda f tartiblash funksiyasi qandaydir maxsus qoida bilan hisoblanmasdan, balki elementni kalit qiymati bo‘yicha massiv elementlari tartiblanadi.

Download 432.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling