2. 2§. Indeksatorning turi va uning parametrlari turlari haqida


Download 0.67 Mb.
bet2/18
Sana03.02.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1151810
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
19.08 A Tojiyeva Saboxon Dasturlash kurs ishi

KIRISH

Aziz farzandlarim! Xalqimiz, Vatanimiz sizlardan buyuk ishlar kutayotganini hech qachon yodingizdan chiqarmang!Yurtning yuksak ishonchi va umidini to‘la oqlash, unga munosib bo‘lish dunyodagi eng ulug‘ baxtdir. Shunday sharaf barchangizga nasib etsin”


Sh.M.Mirziyoyev.
XX asrning 80 - yillaridan oldin ishlab chiqilgan kompyuterlar uchun katta dasturiy sistemalarni ishlab chiqish juda ham mushkul vazifa edi. Buning eng katta sababi shu davrga xos bo’lgan kompyuterlarning imoniyatlarining chegaralanganidadir. Dasturiy komplekslarni ishlab chiqishda asosiy cheklanishlar kompyuter tezkor xotirasining sig’imi, ma’lumotlarni ikkilamchi xotira qurilmalaridan (magnit lentalar, barabanlar va x.k.) o’qish tezligi, prostessorning ishlash tezligi (ularning takt chastotalari bir necha yuz mikrosekund bo’lgan) bilan bog’liq. Bu davrdagi kompyuterlar xalq ho’jaligining hisob-kitob bilan bog’liq bo’lgan masalalarini yechish uchun mo’ljallangan edi. Kompyuterlarda boshqa xarakterdagi masalalarning yechishning iloji yo’q edi. Dasturchilar uchun shu kompyuterlarda yechilayotgan masala uchun berilgan ma’lumotlarni hisobga olgan holda masalaning yechish algoritmini ishlab chiqish birinchi o’rindagi vazifa hisoblangan. Bu borada N. Virtning mashhur ma’lumotlar+algoritm=dastur formulasini yodga olish yetarli. 80-yillardan keyin ishlab chiqilgan kompyuterlarning imkoniyatlari kengayib, ishlab chiqarish narxi keskin pasaygani tufayli ulardan foydalanish samarasi ortib bordi. Natijada, dastlab matn va grafiklar uchun muharrirlari ishlab chiqildi, keyinchalik multimedia qurilmasi yordamida tovushli ma’lumotlarni qayta ishlash imkoniyatlari ham paydo bo’ldi. Kompyuter tasviriy imkoniyatlarining kengayishi foydalanuvchilar uchun qulay bo’lgan grafik muloqot interfeysini yaratilishiga sabab bo’ldi. Natijada yuqori murakkablikdagi katta amaliy dasturlarni yaratish foydali hamda zarur bo’lib qoldi. Dasturiy vositalarni ishlab chiqish uchun qurol sifatida yuqori bosqichli algoritmik tillardan foydalanildi. Bu dasturiy vositalar dasturchi va dasturchilar guruhi imkoniyatlarini kengaytirib, dasturiy mahsulotlarning murakkablik darajasining ortishiga ham sabab bo’ldi. Hozirgi kunda C# dasturlash tili yuqori bosqichli dasturlash tillari ichida eng samarali dasturlash tillaridan hisoblanadi. C# dasturlash tilida dastur tuzish uchun Visual Studio .NET muhitidan foydalanamiz. C# dasturlash tili obektga mo’ljallangan dasturlash tili hisoblanadi. Ushbu qo’llanmada C# dasturlash tili va uning operatorlari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Bilamizki ma’lumotlarni oqish va yozish turli xil oqimlar orqali amalga oshiriladi. Ma’lumotlarni fayl oqimlari orqali o’qish va yozish juda katta ahamiyatga ega. Sababi agar bir ma’lumotlarni ekran orqali o’qisak va yozsak unda har safar dasturni ishga tushurganda ma’lumotlarni qaytadan kiritishga to’g’ri keladi bu esa ancha qiyinchiliklar tug’diradi. Bundan tashqali natijalarni tahlil qilishda, ularni solishtirishda ham fayl oqimi bilan ishlash juda ko’p qulayliklarni olib keladi. Birin chi bobda konsol rejimda ma’lumotlarni ekran orqali kiritish va chiqarish amallari ko’rib chiqilgan. C# tilining sintaksisi, ma’lumotlar tiplari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Har bir operatorning funksional imkoniyatlari misollar orqali tushuntirib berilgan. C# tilida ifoda, intruksiya va operatorlar haqida ma’lumotlar keltirilgan. Tarmoqlash, takrorlash operatorlari va ularni har xil variantlari misollar orqali tushuntirib berilgan. Bundan tashqari har bir operatorning funksional imkoniyatlari misollar orqali tushuntirib berilgan.obyektga mo’ljallangan dasturlash tillarining asosini sinf tashkil qiladi. Qo’llanmaning ikkinchi bobi Microsoft Visual Studio 2010 muhitida C# dasturlash tili yordamida fayllar bilan ishlash, ular ustida bajariladigan amallarga bag’ishlangan. Bunda fayl va kataloglar ro’yxati ustida bajariladigan barcha metodlar o’rganib chiqilgan. Bunda fayl va kataloglar ustida bajariladigan metodlar o’rganilib misollar orqali tushuntirib berilgan. Ma’lumotlarni faylda yozish va o’qish oqimlari bo’yicha mavjud metodlar o’rganilib misollar orqali tushuntirib berilgan. Har bir operatorning funksional imkoniyatlari misollar orqali tushuntirib berilgan.
C# tili dasturlashning zamonaviy davri boshlanishini belgilab berdi. 1960-yillarda dasturlash texnologiyalaridagi strukturaviy dasturlashning paydo bo‘lishiga olib kelgan inqilobiy o‘zgarishlar C# tilining yaratilishiga asosiy imkoniyatlarni belgilab berdi.
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi: Bugungi knda dasturlash asoslari keng rivojlangan bo‘lib, bulardan eng yaxshilari C++, JAVA, Phyton va C# lar kiradi. Ushbu kurs ishi C# dan haqida bo‘lib, C# dasturlash tilida Math sinfi va uning metodlari mavzusida. C# dasturlash tili 90-yillarning oxirida ishlab chiqilgan bo‘lib Mickrosoft.NET ning bir qismi hisoblanadi. C# dasturlash tili Al’fa versiya sifatida 2000-yillardan boshlab ishlatila boshlagan. C#ning bosh arxitektori butun dunyo dasturchilari ichida birinchilar qatorida turgan va butun dunyo tomonidan tan olingan Anders Hejlsberg bo‘ldi. Uning 1980-yillarda chiqarilgan Turb Pascal dasturi orqali hm tanishimiz mumkin. C# dasturlash tili bevosita C, C++ va JAVA dasturlash tillari bilan bog‘liq. Chunki bu 3ta til dasturlash tillari bo‘yicha eng mashhurlaridir. C# va JAVA dasturlash tillari o‘zaro o‘zgacha bog‘langan. Ularning kelib chiqishi C va C++ bo‘lsada o‘zaro bir biridan farq qiladi. C# dasturlash tili ham ob’ektga mo‘ljallangan tillar sirasiga kiradi.
Kurs ishining maqsadi va vazifalari: Ushbu kurs ishi hozirgi kunda kompyuterda berilgan masalalarni dasturlash tillari orqali yechish, indeksatorlar va xossalar orqali misollar yechish.Talabalarda C# dasturlash tilini yanada mustahkamlash va uning nazariy va amaliy qismlarini o‘rganiladi. Dasturiy interfeyslarni ishlatishni to‘liq qo‘liq qo‘llab – quvvatlash, sohaga yo‘naltirilgan dasturiy tehnologiyalarni qo‘llab quvvatlashlar o‘rganiladi.
Kurs ishini tayyorlashda foydalanilgan adabiyaotlar tahlili: Men ushbu kurs ishimni yozishda:
Fundamentals of Computer Programming With C# (The Bulgarian C# Programming Book). Svetlin Nakov & Co., 2013;
Andrew Troelsen. Pro C# 5.0 and the .NET 4.5 Framework Sixth Edition 2012 apress;
Svetlin Nakov & Co. FUNDAMENTALS OF COMPUTER PROGRAMMING WITH C# (The Bulgarian C# Programming Book). Sofia, 2013;
Andrew Troelsen. Pro C# 5.0 and the .NET 4.5 Framework Sixth Edition 2012 apress;
HERBERT SCHILDT. The Complete Reference C#4.0 McGrow-Hill 2011 kabi adabiyotlardan foydalanmoqchiman. Bu kitoblarda C# dasturlash tiliga oid juda ko‘plab ma’lumotlar berilgan. Men bu kurs ishimni yozishim uchun bu kitoblardan sinflar, metodlar, Math sinfi va uning metodlari bilan ishlash haqidagi ma’lumotlarni oldim.
Kurs ishining nazariy va amaliy ahamiati: Har qanday ma’lumot olayotganda ham avval nazariy qismini o‘rganib so‘ngra amaliyda uni o‘zimiz qo‘llab ko‘rmasak o‘rgangan nazaryamiz bizga hech qanday foyda bermaydi. Shunigdek dasturlashda ham C#ni o‘rganayotganimizda uni albatta amalda sinab ko‘rib o‘rganishimiz kerak. Amalda sinab ko‘rish uchun esa nazaryani bilishimiz kerak nazariya va amaliyot bir biriga uzviy bog‘liq.Agar biz har ikkisini ham yaxshi o‘rgansak biz uchun C# dasturlarida ishlash umuman qiyinchilik tug‘dirmaydi.
Kurs ishi tuzilmasining tavsifi: Ushbu kurs ishi kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat.



Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling