2. 2-mavzu: Anjuman, an'ana, bayramlar va urf odatlarni tashkil qilinishida ma'naviy-ma'rifiy ishlarning roli
Download 177 Kb.
|
2.2-мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ananalar keng doiradagi tushuncha.
- Bayramlar va urf-odatlarning jamiyat hayotidagi orni
- Urf-odatlar
- Эътиборингиз учун раҳмат!
2.2-mavzu: Anjuman, an'ana, bayramlar va urf odatlarni tashkil qilinishida ma'naviy-ma'rifiy ishlarning roliReja 1. Ma'naviy ma'rifiy ishlarni tashkil qilishda anjumanlarning o'rni. 2. An'analar keng doiradagi tushuncha. 3. Bayramlar va urf-odatlarning jamiyat hayotidagi o'rniMa'naviy ma'rifiy ishlarni tashkil qilish bo'yicha ko'plab tadbirlar ichida anjuman, an'ana, bayramlar va urf odatlar alohida o'rin tutadi. Ularning har birining mazmun-mohiyatini anglash va to'g'ri tashkil qilish ishning muvaffaqiyatli va samarali olib borilishiga xizmat qiladi.Shu ma'noda, anjuman bir nechta manba'larda bir necha xil tarzda ta'riflangan bo'lib, ular u yoki bu jihatdan anjumanning maqsadini, mohiyatini ochib berishga harakat qilingan.Masalan, O'zbek tilining izohli lug'atida (“O'zbekiston milliy milliy entseklopediyasi”, Davlat ilmiy nashriyoti) ANJUMAN (f.-yig'in, majlis) Umuman bir odisa, tantana munosabati bilan bo'ladigan yig'in, majlis. Odatda (Avaz)bir g'azal aytar, kelasi anjumanda shoiri zamonlarmazkur g'azalga nazira bog'lar edilar. S.Siyoyev.Vikipediya, ochiq entseklopediyasida quyidagicha tariflanadi, Anjuman (arab. – yig'in) – 1) keng doirada o'tkaziladigan majlis, yig'ilish, kengash; 2) bir davrda yashab, bir sohada faoliyat ko'rsatgan atoqli shaxslar guruhi, jamiyati; 3) bir xil kasbdagi hunarmandlarning biror maslahatli ish yuzasidan vaqt-vaqti bilan yig'ilishib o'tkaziladigan majlisi, shogirdlarni ishga o'tkazish yig'ini, marosimi, ziyofati.Xulosaga keladigan bo'lsak, alohida bir munosabat bilan o'tkaziladigan yig'in, majlisni anjuman deyish mumkin. Quidagi anjumanni bunga misol qilib olish mumkin.An'analar keng doiradagi tushuncha.
O'zbek tilining izohli lug'atida bu haqda shunday deyiladi. ANЪANA (a – nasldan-naslga o'tuvchi qoida) Hayotda qaror topgan (topayotgan) udum, urf-odat va boshqa amallar.Bayramlar va urf-odatlarning jamiyat hayotidagi o'rni
Umuman bayramlar haqida gapirganda ko'chma ma'nodagi nisbatlar ham ko'pchildikni tashkil qiladi. Bayramning o'ziga xos nisbati esa – insonlar hayotining mazmunli o'tishini tashkil etuvchi tarkibiy qism sifatida biror-bir muhim hodisa, voqea, sanani ko'pchilik bo'lib, ko'tarinki ruhda, xursandchilik bilan nishonlash.Urf-odatlar
kishilar turmushiga singib ketgan, doim takrorlanib turadigan hatti-harakat, ko'pchilik tomonidan qabul qilingan hulq-atvor qoidalari va ko'nikmalar (masalan, o'zbeklarda kichiklarning kattalarga salom berishi, erta turib uy-xovlini supurib-sidirish, tartibga keltirib qo'yish, mehmonlarga alohida hurmatda bo'lish, bayram arafasida betob, ojiz va qiynalaganlardan xabar olish, yordamga muxtojlarga hasharga borish va shu kabilardir).
Xullas, anjuman, an'ana, bayramlar va urf odatlarni tashkil qilinishida ma'naviy-ma'rifiy ishlar ularning mazmun-mohiyatini to'g'ri anglash, to'g'ri tashkil qilishda asosiy omil bo'lib xizmat qiladi.
Эътиборингиз учун раҳмат!
Download 177 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling