2-3-Mavzu: pl/sql to’plamlari va yozuvlari (4 soat) Reja


Ma’lumotlarni blokrovka qilish va xotirani boshqarish


Download 22.54 Kb.
bet3/3
Sana15.11.2023
Hajmi22.54 Kb.
#1774706
1   2   3
Bog'liq
2.1-Ma\'ruza

4. Ma’lumotlarni blokrovka qilish va xotirani boshqarish

PL/SQL bloki(kodi) oracle serveriga yetib borgandan so'ng, u yerda kompilyatsiya qilinadi va ishlashga tayyor holga keltiriladi. Shundan so'ng, PL/SQL blogi skanerlanadi va sql kodlar alohida, pl/sql kodlar alohida qilinadi. SQL kodlar SQL Statement Executor nomli sql kodlarini bajaruvchi tizimga beradi va natijani kutishni boshlaydi. SQL Statement Executor sql kodlarni bajarib natijani pl/sql kodlarni bajaruvchi tizimga beradi va pl/sql kodlar bajarilishni boshlaydi va bu kodni(funksiya yoki protsedura) SGA xotirada saqlaydi. Shu nomli funksiya yoki protsedura chaqirilganda, SGA xotiradan tayyor kod chaqirilib, ishlatiladi.



Demak, pl/sql kod yozilib, serverda kompilyatsiya qilinib, sga xotirada saqlanadi va bu kod doimiy serverda saqlanuvchi protseduraga aylanadi(хранимый процедура). Keyingi safar shu protsedura chaqirilganda, SGA xotiradan chaqiriladi va ishlatiladi(qayta yozilmaydi).
PL/SQL kodlarini bunday ishlatish, serverga tushadigan yuklamalarni kamaytiradi va aktiv tranzaksiyalarni sonini qisqartiradi.
Agar siz bir necha SQL kodlarni serverga jo'natsangiz(SQL komandalarni o'zini, PL/SQL ni emas), har biri alohida aktiv tranzaksiya bo'ladi, server har biri uchun alohida SGA qismdan joy ajratib, alohida natija berish kerak bo'ladi.
Agar PL/SQL kodlardan foydalansangiz, PL/SQL kodlari ichidagi SQL kodlar, bitta tranzaksiyada bajariladi va natija bittada beriladi.

Ko'rib turganingizdek, PL/SQL kodlarida, xotirada saqlanuvchi protseduralar tuzib ishlash, ham tartibli, ham server uchun qulay hisoblanadi.

Nazorat savollari:



  1. PL/SQL nima?

  2. PL/SQL qanday ishlaydi?

  3. PL/SQL vazifasi nimadan iborat?

Download 22.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling