2-3-Mavzu: pl/sql to’plamlari va yozuvlari (4 soat) Semenar savollari


Download 20.71 Kb.
Sana09.02.2023
Hajmi20.71 Kb.
#1179999
Bog'liq
2.1-Semenar


2-3-Mavzu: PL/SQL to’plamlari va yozuvlari (4 soat)

Semenar savollari:

  1. PL/SQL nima?

  2. PL/SQL qanday ishlaydi?

  3. PL/SQL vazifasi nimadan iborat?

  4. To’plamlar va ichki jadvallar nima?

  5. Kursor o’zgaruvchilari nima?

  6. Kursor ma’lumotlarini o’zgartirish nima?

  7. Ma’lumotlarni blokrovka qilish nima?



PL/SQL – bu oracle firmasi tomonidan tuzilganSQL so'rov tilining kengaytirilgan ko'rinishi bo'lib, protsedurali dasturlash tili hisoblanadi. SQL dasturlash tiliga kirmaydi, u faqat so'rovlarni amalga oshirib beradiku. PL/SQL esa, oracle ma'lumotlar bazasi uchun dasturlash tili hisoblanadi. Quyida PL/SQL protsedurali dasturlash tili bilan tanishib chiqamiz.
PL/SQL – SQL tilini inkapsuliyatsiya qiluvchi, qadamma-qadam dasturlovchi prsedurali til hisoblanadi.
PL/SQL – bu tilda, o'zgaruvchilarni yaratish va chaqirish ma'lum bir buzilmaydigan qonunlarga bo'ysungan holda amalga oshiriladi. Parametrlarga ega bo'lgan protsedura va funksiyalar bilan ishlay oladigan va ADA tilidan o'tgan paketlar(package) yarata oladigan tildir.
PL/SQL – o'zgaruvchilarning tiplariga katta e'tibor beradigan, mos kelmaydigan tiplarni kompilyatsiya jarayonida ko'rsatib beradigan, tiplar ustida ma'lum bir o'zgartirishlarni amalga oshiraoladigan tildir.
PL/SQL – bu til ob'yektga mo'ljallangan dasturlash tillari oilasiga tegishli emas, lekin ob'yektlarni yaratish va ular ustida amallar bajarishi mumkin. Juda ham chigal a?
PL/SQL – bu dasturlash tili operatsio tizimga bog'liq bo'lmagan til hisoblanadi, ya'ni windows operatsion tizimi uchun yoki Linux operatsion tizimi uchun alohida-alohida o'rganish kerak degan tushuncha yo'q.
PL/SQL – oracle firmasi tomonidan yaratilgan, qayta kompilyatsiya qiluvchi modullar hisobiga, yuqori pog'onali dasturlash tillari, qaysiki, C, C++ bog'lanib, ishlay oladi. Misol uchun, C dasturlash tili bilan ishlash uchun, OCI(Oracle Call Interface) nomli muhit kerak holos.

Bu rasmda ko'rinib turibdiki, kliyent sifatidasql*plus, app.server(weblogic), xar hil dasturlash tillarida tuzilgan dasturlar va hakazolar ko'rsatilgan. Bular serverga ma'lum bir so'rov, ya'ni bazadan kerakli ma'lumot olish uchun so'rov jo'natib, kerakli natijani xatosiz olishga intilishadi. Bu tizimda eng asosiy muammo tarmoq trafigi hisoblanadi. Tarmoqning ishlash tezligi yetarli darajada katta va xatosiz bo'lishi kerak, aks holda bazadagi ma'lumotlarning noturg'unligi kuzatilishi mumkin. Kliyentlar sonining ko'pligi va xar hilligi hisobiga, tarmoqqa katta yuklama tushadi va buni o'z vaqtida nazorat qilib, sodir bo'ladigan xatoliklarni oldini olishi lozim.


PL/SQL bloki(kodi) oracle serveriga yetib borgandan so'ng, u yerda kompilyatsiya qilinadi va ishlashga tayyor holga keltiriladi. Shundan so'ng, PL/SQL blogi skanerlanadi va sql kodlar alohida, pl/sql kodlar alohida qilinadi. SQL kodlar SQL Statement Executor nomli sql kodlarini bajaruvchi tizimga beradi va natijani kutishni boshlaydi. SQL Statement Executor sql kodlarni bajarib natijani pl/sql kodlarni bajaruvchi tizimga beradi va pl/sql kodlar bajarilishni boshlaydi va bu kodni(funksiya yoki protsedura) SGA xotirada saqlaydi. Shu nomli funksiya yoki protsedura chaqirilganda, SGA xotiradan tayyor kod chaqirilib, ishlatiladi.
Download 20.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling