№2 40 bo’lajak o’qituvchilarning kommunikativ kompetentligini takomillashtirishning pedagoik asoslari ahmedov Akmaljon Yusufovich


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana26.12.2022
Hajmi0.66 Mb.
#1066630
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
bo-lajak-o-qituvchilarning-kommunikativ-kompetentligini-takomillashtirishning-pedagoik-asoslari

MUHOKAMA VA NATIJALAR 


ISSN: 2181-3337
SCIENCE AND INNOVATION 
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL 
2022 
№ 2
43 
O’qituvchining kommunikativ kompetentligi mezonlarini aniqlash zaruriyati 
kommunikativ kompetentligining yuqori, o’rta, past kabi uch darajasini ajratish imkonini berdi. 
Kommunikativ kompetentlikning yuqori darajasi o’qituvchining o’quvchilar bilan insonparvarlik 
o’zaro munosabatlarining yaqqol ifodalangan yo’nalganligi bilan tavsiflanadi, ularda har ikki 
ishtirokchi mazkur jarayonning sub’ektlari sifatida xizmat qiladi, bunda ularni har birining 
shaxsi anglanadi va noyob, qaytarilmas sifatida qabul qilinadi. Bundan tashqari, o’qituvchi 
bolalar bilan muloqotga ehtiyoj sezadi va amaliyotda muloqotning axloqiy shakllaridan 
foydalanadi.
Pedagogda verbal va noverbal kommunikatsiya malakalari sezilarli darajada rivojlangan, 
bunda muloqotning verbal va noverbal komponentining nomuvofiqligi kuzatilmaydi. O’qituvchi 
o’zining psixologik-fiziologik holatini tartibga solishni biladi. Nizoli vaziyatdan chiqish sifatida 
hamkorlik usulidan foydalanadi.
Kommunikativ kompetentlikning o’rta darajasi o’qituvchining yetarlicha ifodalanmagan 
qadriyatli-kommunikativ yo’nalganliklarini nazarda tutadi. Tashqaridan insonparvar sifatida 
aniqlanadigan, o’quvchilar bilan munosabatlar ko’proq ijtimoiy rollarni bajarish xususiyatiga 
ega. Bunday o’qituvchilar bolalar bilan muloqotga alohida ehtiyoj sezmaydilar, muloqotning o’zi 
qat’iy chegaralangan, ko’pincha ijobiy hissiy ifodalarsiz. Bunda kasb zarurati doirasida verbal va 
noverbal kommunikatsiya malakalari ahamiyatli darajada rivojlangan.
O’qituvchi o’zining psixologik-fiziologik holatini tartibga solishni biladi, bunda mazkur 
ma’noda ma’lum hissiy beqarorlik bo’lishi mumkin. O’qituvchilarda kommunikativ 
kompetentlikning past darajasi ularning o’z qadriyatli yo’nalishlaridan bir yoki bir necha 
kommunikativ qadriyatlarni istisno etishlarida belgilandi. O’qituvchi va o’quvchining muloqoti 
insonparvar sifatida tavsiflana olmaydi: o’quvchilar noqulaylik his etadilar; darsning hissiy 
ko’rinishi ko’proq salbiy; bolalar bilan aloqa 12 mavjud emas.
O’qituvchining xulqida muloqotning verbal va noverbal tashkil etuvchisining 
nomuvofiqligi mavjud. O’qituvchi ko’pincha o’zining psixologikfiziologik holatini tartibga 
solishni bilmaydi. Yuqorida bayon etilganidan kelib chiqib, kommunikativ kompetentlik dinamik 
hosila bo’lib, o’z rivojida ikki bosqichdan o’tadi: umumiy va kasbiy kommunikativ kompetentlik 
(bunda shaxs rivojlanishining ma’lum bosqichidan ular birgalikda mavjud bo’ladi), shuningdek, 
darajadan darajaga rivojlanishi mumkin.
Bu rivojlanish kommunikatsiya “tilini” o’z-o’zidan beixtiyor o’zlashtirish va o’qitish 
orqali sodir bo’ladi. Bunda muloqot bilan to’g’ridan-to’g’ri va bevosita aloqador bo’lgan kasb 
to’g’risida gap borsa, bu jarayon maxsus tashkil etilgan o’qitish va ma’lum shartlarni bajarishda 
mahsuldor bo’ladi deb aytish o’rinli. Avvalo, bo’lajak o’qituvchi asosli bilimlarga ega bo’lishi 
kerak. 
Pedagogik fanlar asosida shaxsning insonparvarlashtirilgan kommunikativ yadrosi rivoji 
pedagogika fanlari va pedagogika fanlarining maqsadi yo’nalgan holatining izohi:
- pedagogika tarixi – pedagogik g’oyalar, nazariyalar va ta’lim tizimlarining 
rivojlanishini o’rganadi;
- pedagogika – ta’limning asosiy qonuniyatlarini maxsus tashkil yetilgan pedagogik 
jarayon sifatida o’rganadi va pedagogik bilimning barcha tarmoqlarini rivojlantirish uchun asos 
yaratadi, pedagogikaning umumiy tamoyillari, didaktika (ta’lim nazariyasi), tarbiya nazariyasi, 
ta’limni boshqarish;


ISSN: 2181-3337
SCIENCE AND INNOVATION 
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL 

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling