2-амалий машғулот Mavzu: Mehnat havfsizligi to’g’risida instruktaj va ta’lim berish. Ishdan maqsad


Download 48 Kb.
bet3/3
Sana07.03.2023
Hajmi48 Kb.
#1244194
1   2   3
Bog'liq
2-A Mehnat havfsizligi to’g’risida instruktaj va ta’lim berish

3.Rejali yoki takroriy instruktaj. Bu instruktajni o’tkazish vaqti korxona kasaba uyushma qo’mitasi bilan kelishilgan xolda 6 oyda bir martadan kam bo’lmagan holda belgilanadi. Instruktajning mazmuni ish joyidagi instruktaj mazmuni bilan bir xil bo’lib, hamma ishchilar bilan ish staji, kasbi, razryadidan qat’iy nazar o’tkaziladi. Instruktaj o’tkazilgandan so’ng
2-shakl to’ldirilib, jurnalga yozib quyiladi.
4.Rejadan tashqari instruktaj. Agar, mehnatni muhofaza qilish qoidalarida, texnologik jarayonda, uskuna va moslamalar tuzilishida, xomashyo materiallarida o’zgarish bo’lsa, shuningdek ba’zi bir ishchilar havfli ish usullaridan foydalanayotganligi sezilsa, mehnat intizomi va havfsizlik texnikasi qoidalari buzilsa, ishchining ishlayotgan joyida biron bir sabab bilan (30-60 kun) uzilish ro’y bersa va boshqa xollarda rejadan tashqari instruktaj o’tkaziladi. Bu instruktaj ham ish joyida instruktaj dasturiga asosan o’tkaziladi va 2-shakl bo’yicha jurnal to’ldirilib, instruktaj o’tkazish sababi ko’rsatiladi.
5.qo’shimcha instruktaj. Bu instruktaj baxtsiz hodisadan keyin, agar u ayni korxonada yuz bergan bo’lsa, so’nggi instruktaj berilgan sanadan qat’iy nazar hamma ishlovchilar bilan qo’shimcha instruktaj o’tkaziladi. Instruktaj o’tkazilgandan keyin 2-shakl bo’yicha jurnal to’ldirilib, instruktaj o’tkazish sababi ko’rsatiladi.
Oylik o’qish kurslarida kuchlanishi 1000 V va undan yuqori bo’lgan elektroqurilmalarga xizmat ko’rsatuvchi xodimlar, balandlikda ishlovchi montajchilar, izolyasiyalovchilar, elektr-gaz payvandchilar va yuqori havf manbaida ishlaydigan ishchilar o’qiydi. Ular tashkilot bosh injeneri tasdiqlagan dastur asosida ishlarning havfsiz usullariga o’qitiladi. O’qitish tugagandan so’ng xodimning ishlab chiqarish sanitariyasi yuzasidan, havfsizlik texnikasi va yong’in havfsizligi bo’yicha bilimi tekshirilib, unga ishlash uchun guvohnoma beriladi.
Mehnat havfsizligi bo’yicha instruktaj o’z vaqtida berilmasa yoki sifatsiz o’tkazilsa tashkilot rahbarlari qonun – qoidalar bo’yicha javobgarlikka tortiladilar.


Nozorat savollari



  1. Mehnat muhofazasining xuquqiy asoslarini qaysi hujjatlar belgilaydi?.

  2. Mehnat Kodeksida ''Mehnat muhofazasi '' bo’limining mazmuni nimadan iborat ?

Ayollar va yoshlar mehnatiga qarday imtiyoz va kafolatlar berilgan?
Download 48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling