2-амалий машғулот Mavzu: Mehnat havfsizligi to’g’risida instruktaj va ta’lim berish. Ishdan maqsad


Download 48 Kb.
bet1/3
Sana07.03.2023
Hajmi48 Kb.
#1244194
  1   2   3
Bog'liq
2-A Mehnat havfsizligi to’g’risida instruktaj va ta’lim berish


2-амалий машғулот


Mavzu: Mehnat havfsizligi to’g’risida instruktaj va ta’lim berish.


Ishdan maqsad: Ishlab chiqarish xodimlariga GOST-12.0.004-79 va OST 46.0.126-82 standartlariga muvofiq mehnat havfsizligi to’g’risida instruktaj o’tkazish va rasmiylashtirishni o’rgatishdir.


Umumiy ma’lumotlar.
Hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarishga yangidan-yangi texnologiya va mashina-uskunalarning joriy etilishi ishlab chiqarishda ishlayotgan har bir xodimdan yuqori malakani egallashni, texnika qonunlarini yaxshi tushunishni va unga amal qilishni talab qilmoqda.
Sanoat korxonalarining xilma-xilligini hisobga olib, o’zi uchun mos keladigan mehnatni muhofaza qilish va mehnat havfsizligini ta’minlashga qaratilgan instruksiyalar tizimi GOST 12.0.004-79 (MX.SS) tashkil qilingan.
Ushbu hujjat O’zbekistondagi hamma tashkilot va korxona rahbarlari uchun majburiydir. Korxona va tashkilotlarda texnika havfsizligi bo’yicha havfsiz ishlash usullari hamma ishchi va xizmatchilarga instruktajlar berish orqali o’rgatiladi
Mehnat vazirligining mehnat havfsizligini o’qitish va bilimini tekshirish bo’yicha namunaviy ‘Nizom”ga asosan instruktajlar kirish, ish joyida (birlamchi), rejali (takroriy), rejadan tashqarii, qo’shimcha instruktajlar va oylik o’qish kurslarida o’qitishlarga bo’linadi. Hamma instruktajlar harakatdagi instruksiyalar bo’yicha qoida me’yoriga asoslanib kasbiga qarab beriladi.


1.Kirish instruktaji - hamma yangidan ishga, ishlab chiqarish o’qishiga, amaliyotga yoki mehnat safariga kelgan ishchilarga o’tkaziladi. Bu instruktajning asosiy maqsadi ishga kirayotgan yangi kishiga mehnatni muhofaza qilish, havfsizlik texnikasi va sanoat sanitariyasi to’g’risida ma’lumot berish, uni sanoat korxonasi maydonida va ssexlaridagi tartib-qoidalardan habardor qilishdan iborat. Kirish instruktaji havfsizlik texnikasi muxandisi tomonidan yaxshi jixozlangan va ko’rgazmali qurollar o’rnatilgan mehnatni muhofaza qilish xonasida o’tkaziladi. Unda asosan quyidagi ma’lumotlar beriladi: korxona va tashkilotlarda o’rnatilgan ichki tartib koidalar, ishchining instruksiya bo’yicha vazifasi va xayot faoliyati havfsizligi hamda ishlab chiqarish sanitariyasi qonunlari va me’yorlari. Ayollar va yoshlar mehnati, mehnat muhofazasi koidalari va imtiyozlarini tushuntirish. Baxtsiz xodisalarning oldini olish usullarini tushuntirish. Ishlab chiqarishdagi elektr tarmoqlardan foydalanish. Avtotransportda yurganda havfsizlik qoidalari. Xavfsizlik texnikasining umumiy talablari. Ish joyini tashkil qilish tartibi. Xavfli moddalar bilan ishlash tartibi va individual ximoya vositalari. Jixoz uskunalarni to’xtatish usullari. YOng’inga karshi kurash tadbiri va zarur vaqtda birinchi yordam ko’rsatish qoidasi. Ana shu qoidalar bilan tanishgandan so’ng uning bilimi tekshirilganligi xaqida maxsus daftarga yozib qo’yiladi.

Download 48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling