2-amaliy ish Kopyor balandligini hisoblash va uni tanlab olish


Download 15 Kb.
Sana07.11.2023
Hajmi15 Kb.
#1753419
Bog'liq
2-amaliy ish


2-amaliy ish
Kopyor balandligini hisoblash va uni tanlab olish
Kopyor yuk ko‘tarish qurilmaning kon stvoli tepasida o‘rnatiladigan bo‘lagi. Unda shkiv o‘rnatiladigan maydoncha mavjud bo‘lib, bu maydonchada yo‘naltiruvchi shkivlar joylashadi. Undan tashqari yo‘naltiruvchining (provodnik) yuqori qism bo‘lagida, idishni bo‘shatish yo‘li o‘tkazish targaklari (posadochnыe kulaki) tebranuvchi maydoncha (kachayuщiesya ploщadki) kopyorga mustahkamlanadi.
Ko‘p po‘lat arqonli yuk ko‘tarish qurilma kopyorida yuk ko‘tarish mashina, elektr yuritgich, reduktor va taranglash shkivi kopyor ichida joylashadi. Kopyorlar qurilish materiali turiga ko‘ra metalll konstruksiyali, temir–betonli va aralash qurilish materialli kopyorlarga bo‘linadi.
Kopyor bir yoki bir necha yuk ko‘tarish qurilmalarga xizmat qilishi mumkin. Kopyorlar konstruktiv tuzilishi va shakliga qarab bir necha guruhga bo‘linadi.
A-xarfi shaklidagi kopyor. U metall konstruksiyali fermalardan tashkil topgan. Fermalardan ikkitasi tik uchinchisi esa qil o‘rnatilgan. Fermalarning birlashgan joyida shkiv maydonchasi - 3 o‘rnatilgan (3.3a - rasm). Bu maydonchada yo‘naltiruvchi shkivlar joylashgan.
O‘zaro birlashgan tik va qiya fermalar faqat shkiv maydonchani ko‘tarib turadi. Shaxta stvolining yuqoriqismida alohida metall konsruksiyali moslama (stanok)-1o‘rnatilgan. Ushbu moslamaga yo‘naltiruvchining yuqori qismi bo‘laklari va idishni bo‘shatish yo‘li mustahkamlangan.
To‘rtta tayanchli kopyor (3.3 b - rasm) asosi tug‘ri to‘rtburchak shaklida bo‘lib, tik va qiya metall konstruksiyali fermalar va stanok -2 lardan tashkil topgan. Fermalar va stanok birlashgan joyda shkiv maydonchasi -3 o‘rnatilgan. Bunday kopyorlarda yuk ko‘tarish mashina qiya tayanch -2 tomonda o‘ranatiladi.
Ikki yuk ko‘tarish mashina o‘zaro 900 burchak bilan joylashgan hollarda kopyor tayanchi-2 harbir mashina tomonida o‘rnatiladi.
Trapetsiya (shatrovыe) shakldagi kopyorlar (3.3 c- rasm). U metall konstruksiyali tayanchlar -2, tik moslama (stanok) - 1 va shkiv maydonlardan - 3 tashkil topgan tik moslama - 1 shaxta stvolining yuqori qismida alohida o‘rnatilgan. Bu ko‘rinishdagi kopyorlar yuk ko‘tarish mashinalar o‘zaro qarama-qarshi tomonlarda o‘rnatiladigan hollarda qo‘llaniladi.



2.8-rasm. Yuk ko‘tarish qurilma kopyor.

Silindr ko‘rinishdagi kopyorlar alohida bo‘laklardan yig‘ilgan silindr shaklidagi tik moslama (stanok) shkiv maydoni va u bilan birlashgan tayanchdan tashkil topadi.


Yuk ko‘tarish qurilma ishini nazorat qilish uchun kopyorning stvol bo‘g‘zi va bo‘shatish balandlikda ochiq joylar qoldirilgan.
Minora ko‘rinishidagi koper (3.3d- rasm) . U asosi to‘g‘ri to‘rtburchak yoki doira ko‘rinishda bo‘lib temir-betondan quriladi. Kopyorning yuqori qismida yuk ko‘tarish mashina, uning elektr yuritgichi, reduktor va taranglash shkivlari o‘rnatiladi. Bu ko‘rinishdagi kopyorlar ko‘p po‘lat arqonli yuk ko‘tarish qurilmalarda qo‘llaniladi.
Hozirgi kunda ularning balandligi

  • skipli yuk ko‘tarish qurilmalarda 90 - 130 m.

  • kletli yuk ko‘tarish qurilmalarda 50 - 60 m.


2.9-rasm. Yuk ko‘tarish mashinaning shaxta stvoli atrofida joylashishi

Yo‘naltiruvchi shkivlar. Bir po‘lat arqonli yuk ko‘tarish qurilmalarining yo‘naltiruvchi shkivlari kopyorning shkiv maydonchasida o‘rnatiladi va ular po‘lat arqonlarni ko‘tarib turish va shaxta stvoli bo‘ylab yo‘naltirish vazifasini bajaradilar. Shkivlar bir gorizontal o‘q yo‘nalishida yoki bir vertikal tekislikda o‘rnatilishi mumkin. Ularning kopyorda qanday ko‘rinishida o‘rnatilishi yuk idishlarning shaxta stvolida va yuk ko‘tarish mashinaning stvol atrofida joylashishiga bog‘liq (2.9-rasm).


Agar yuk idishlar shaxta stvolida yuk ko‘tarish mashinaga nisbatan A- yo‘nalishda o‘rnatilgan holllarda shkivlar bir gorizontal o‘q yo‘nalishida va B-yo‘nalishda joylashgan hollarda esa ular bir vertikal tekislikda o‘rnatiladi.

2.10-rasm. Yo‘naltiruvchi shkivlar.
Yo‘naltiruvchi shkivlarning konstiruktiv elementlari quyidagilardan iborat (2.10-rasm):
1- aylanma shakldagi gardish (обод);
2- spitsallar (gardishni gubchak bilan mustahkamlovchi);
3- gubchak (ступица);
4- o‘q;
5- podshipniklar.
Gubchak zichlama (шпонка) bilan o‘qga mustahkam o‘rnatilgan. Shkiv gardishi spitsalar bilan gubchakga o‘rnatilgan. Po‘lat arqon gardish aylanasidagi ariqchada harakatlanadi. Diametri 3 metrgacha bo‘lgan shikivlar po‘latdan gardish, spitsalar va gubchak birgalikda quyma usul bilan tayyorlanadilar.
Diametri 4, 5 va 6 m bo‘lgan yo‘naltiruvchi shkivlar gardishi po‘latdan shtampalash usuli bilan tayyorlanadi. Spitsalari esa shvellerlardan iborat bo‘ladi. Spitsalar gardishga zaklepkalar va gubchakka esa boltlar bilan mustahkam o‘rnatilgan bo‘ladi.
Download 15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling