2-amaliy ish Uzelni qismlarga ajratish va yig‘ish usullari Ishdan maqsad


Download 20.03 Kb.
bet3/3
Sana04.10.2023
Hajmi20.03 Kb.
#1691749
1   2   3
Bog'liq
2-amaliy mashg \'ulot Uzelni qismlarga ajratish va yig‘ish usullari

Agregatlarni yig‘ish. Agregatlar va uzellarni yig‘ish yangi, qismlarga ajratish joylari yoki ehtiyot qismlar omboridan keltiriladigan uzel va detallardan bajariladi. Yig‘ishning bunday turi agregatlarni ishlab chiqarish jarayonida harakatini uzluksiz bo‘lishini ta’minlaydi. Yig‘ilgan agregatlar ularning aniq va soz ishlashi tekshirish maqsadida albatta qandaydir sinovlardan o‘tkaziladi. Bunday sinashlar jarayonida qandaydir nosozliklar aniqlansa, ular bartaraf etiladi.
Agregatlarni yig‘ishda quyidagi turdagi detallardan foydalaniladi:
• ta’mirlangan;
• foydalanishda bo‘lgan;
keyingi foydalanishga yaroqli;
• ishlab chiqaruvchi zavoddan olingan yangi.
Har bir detal diqqat bilan tanlanishi kerak, chunki u mashinani belgilangan foydalanish davri mobaynida soz ishlashini ta’minlashi lozim. Har bir birikma uchun ma’lum bir turdagi detallar tanlanishi kerak. Yig‘ish davrida shuningdek tirqishlarga ham alohida ahamiyat qaratish lozim. Ular qanchalik kichik bo‘lsa, mashinaning ushbu elementi ham shuncha uzoq vaqt ishlaydi.
Mashina va agregatlarni yig‘ish bo‘yicha barcha ishlar texnik taraqqiyotning eng ilg‘or yutuqlari asosida bajarilishi kerak. Yig‘ish ishlab chiqarishini tashkil qilishda yig‘ishning quyidagi asosiy mezonlariga amal qilish lozim:
• boshlang‘ich bosqichda detallarning kichik birikmalari yig‘iladi;
• olingan birikmalar mos uzellarga yig‘iladi;
• olingan uzellar va bir qator detallar yordamida agregatlar yig‘iladi;
• nihoyat, agregatlar, deatllar va uzellardan yaxlit mashina yig‘iladi.
Ta’kidlash joizki, yig‘ish ishlarini boshlashdan avval, shuningdek yig‘ish davrida ham ayrim detallar balansirovkalanadi, bu esa yig‘ish sifatini sezilarli darajada oshiradi.


2.2 Amaliy ish tarkibi



  1. Detal yoki uzelni qismlarga ajratish va yig‘ish usullari bo`yicha keltirilgan ma’lumotlar bilan tanishib chiqilsin.

  2. “Uzelni qismlarga ajratish usullari”, “Uzelni yig‘ish usullari” mavzularida klaster tuzilsin.

  3. O‘qituvchi tomonidan berilgan topshiriq asosida berilgan detal yoki uzel uchun qismlarga ajratish va yig‘ish amallari ketma-ketligi tuzilsin.

  4. Nazorat savollariga javob berilsin.

Nazorat savollari

1. Qismlarga ajratish-yig‘ish operatsiyalarining mo‘ljallanishi?


2. Detal yoki uzelni qismlarga ajratish usullarini aytib bering?
3. Detal yoki uzelni yig‘ish usullarini aytib bering?
4. Birikish detallarini markirovkasi nima?
5. Yig‘ish ishlarini yuqori sifatini, shuningdek mehnat samaradorligini ta’minlash uchun qanday talablari belgilangan?
7. Yig‘ish ishlab chiqarishini tashkil qilishda yig‘ishning qanday asosiy mezonlariga amal qilish lozim?
Download 20.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling