2. amaliy ish. Yo’lovchi lokomotiv tormoz uskunalari ishning maqsadi


Yulovchi lokomotivlarining tormoz uskunalari


Download 289.58 Kb.
bet2/2
Sana09.01.2022
Hajmi289.58 Kb.
#260289
1   2
Bog'liq
Amaliyot ishi 2. Yolovchi lokomotivlarining tormoz uskunalari

2.1. Yulovchi lokomotivlarining tormoz uskunalari.
VL60k,TE7, TEP60, TEP10L yo‘lovchi lokomotivlari elektropnevmatik, avtomatikli pnevmatik va yordamchi tormozlari bilan jihozlangan. YUk turidagi lokomotivlardan farqli o‘laroq, qaerda avtomatik tormozning havotaqsimlagichi yordamchi tormozning kraniga ta’sir qilganda, yo‘lovchi lokomotivlarida havotaqsimlagich bosim relesiga ta’sir detali yoki bevosita tormoz silindrlarini havo bilan to‘ldirilishini amalga oshiradi.

Elektropnevmatik tormoz blan boshqaruv elektrohavotaqsimlgichning elektromagnit ventiliga doimiy tok kuchlanshnini uzatish bilan amalga oshiriladi.

VL60K elektrovozi va TEP60 teplovozi avval ko‘rib chiqilgan bir seksiyali yuk lokomotivlaridagidan farq qilmaydigan kompressor uskunalari bilan jihozlangan. VL6O elektrovozida E-500 turidagi ikkita kompressor va har biriin hajmi 300 l bo‘lgan to‘rtta bosh rezervuarlar, TEP60 teplovozida -KT-7 turidagi bitta kompressor va har birini hajmi 250 l bo‘lgan to‘rtta rezervuarlar o‘rnatilgan.

Lokomotivda ikkita boshqaruv kabinasi bo‘lib (rasm - 2.3.), unda elektr kontrolleri 6, shtepselli ajratgichi 7 va tenglashtiruvchi rezervuari 4, № 254 yordamchi tormoz krani 8 va manometrlari 5 bo‘lgan № 328 yoki 395 mashinachi kranlari o‘rnatilgan. № 292-001 havotaqsimlagichi 16 va № 305-000 elekgrohavotaqsimlagichi 18 g‘amlami rezervuari 15 va tormoz magistrali bilan ishchi kamerasi orqali qayta ulovchi klapan esa - tormoz silindri 17 va № 304-002 bosim relesi bilan birlashgan. VL60K elektrovozida diametri 356 mm bo‘lgan to‘rtta tormoz silindri, TEP60 teplovozida - diametri 254 mm bo‘lgan sakkizta tormoz silindri o‘rnatilgan.

Pnevmatik asboblar bilan bir qatorda elektropnevmatik tormozning elektr iste’moli manbai, kontaktlar paneliga o‘rnatilgan №97 boshqaruv bloki, nurli signalizatorlar 9, voltmetrlar 10, paketli o‘chirgichlar 11 va saqlagichlar 12 mavjud.

Elektropnevmatik tormozning №1 va 2 chiziqli o‘tkazgichlari po‘latli quvurga o‘rnatilgan va klemmali qutilar 3 orqali № 369 A birlashtirish engchalari 2 elektr kontaktorlariga ulangan. Engcha izolyasiyalangan osmaga 1 ilib qo‘iiladi va bunda chiziqli simlar ajraladi.



Boshqaruv usuliga bog‘lik holda (elektr yoki pnevmatik) elektrohavotaqsimlagich 18 yoki havotaqsimlagich 16 harakatga keltiriladi va havo g‘amlama rezervuardan 15 qayta ulash klapani 19 orqali bir telejkaning tormoz silindrlariga 17 va bosim relesiga 20 keladi; boshqa telejkaning silindrlari 22 iste’mol magistralidan yuqori bosim klapani 21 va relesi 20 orqali to‘ldiriladi, uning qo‘zg‘atuvchi kamerasi yordamchi tormoz magistraliga qayta ulash klapanining ikkinchi tomoni orqali ulangan.

2.3. rasm. Bir seksiyali yo‘lovchi VL60 P teplovozining tormoz uskunalari sxemasi
Elektropnevmatik tormozlashda mashinachi krani kontrolleri 6 boshqaruv blokiga 13 ta’sir qiladi, u orqali chiziqli ishchi simi №1 doimiy tok kuchlanganligini uzatadi. Natijada elektrohavotaksimlagichning ventili ishga tushadi. Tormoz silindridagi 17 havo bosimi ikkala boshqaruv kabinasidagi pultlarda manometr 5 bo‘yicha nazorat qilinadi.

Elektropnevmatik tormoz harakati razryadka bilan yoki tormoz magistralining razryadkasisiz mashinachi krani orqali sodir bo‘lishi mumkin.

Pnevmatik boshqaruvda tormozlashning birinchi bosqichida (razryadka magistrali 0,05 MPa) tormoz silindrlarida (0,2 MPa 1acha) yuqori bosim hosil bo‘lishi mumkin, bu esa yo‘lovchi poezdlari harakatlanganda silkinishlarga olib kelishi mumkin. Buni yo‘qotish uchun, TEP10L teplovozlaridagi yordamchi tormoz magistraliga orasida ajratish krani bo‘lgan, har birini hajmi 12 l stabilli ikkita rezervuari yoqilgan. Bu rezervuarlar bilan ishlaganda, tormoz silindridagi bosim kamroq.

Mashinachi krani orqali pnevmatik boshqaruvda faqat tormozlarning to‘la qo‘yib yuborishi amalga oshiriladi. Qismanli (bosqichli) qo‘yib yuborish uchun TEP10L teplovozlarida, stabilli rezervuarlardan havoni chiqarib yuboradigan, VVZ turidagi elektropnevma­tik ventillari ko‘zda tutilgan.

Stabilli rezervuarlardagi va tormoz silindrlaridagi bosim bir hilda saqlanadi.

Elektropnevmatik tormozining boshqaruvi bir seksiyali lokomotivning oldingi kabinasidan amalga oshiriladi. Ikkita seksiya bi­lan ishlaganda orqa seksiyaning elektropnevmatik tormozining elektr sxemasi o‘chirib qo‘yiladi. (faqat qo‘yib yuborish tugmachasi va havotaqsimlagich yoqilgan holida qoldiriladi). TEP60 teplovozlarining seksiyalarini birlashmasi ko‘pgina birliklar sistemasi bo‘yicha faqat ikkinchi kabinadan ko‘zda tutilgan.

CHS2 va CHS4 elektrovozlari tormoz bosilishining tezkor to‘g‘irlanishi uskunasi avtomatik pnevmatik tormozlari bilan, shuningdek to‘g‘ri ta’sir kiluvchi turidagi elektropnevmatik tormozi bilan jihozlangan, bunnng uchun maxsus elektrouskunalar o‘rnatilgan va poezd tarkibi chiziqli simlari birlashtirish engchalari kontaktorlari orqali bog‘langan. Bunday elektrovozlarda bulardan tashqari reostatli tormoz mavjud va bu elektrovozlar K-2 turidagi ikkita kompressor bilan jihozlangan.

G‘amlama rezervuarning zaryadkalanishi tormoz magistralidan havotaqsimlagich orqali amalga oshiriladi.



Yordamchi tormoz krani bilan tormozlashda havo qayta ulash klapanining ikkinchi tomonidan ikkala telejkaning tormoz silindrlariga, kran ochiq bo‘lganda esa -o‘qli datchigiga keladi.
Download 289.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling