2. amaliy ish. Yo’lovchi lokomotiv tormoz uskunalari ishning maqsadi


Download 289.58 Kb.
bet1/2
Sana09.01.2022
Hajmi289.58 Kb.
#260289
  1   2
Bog'liq
Amaliyot ishi 2. Yolovchi lokomotivlarining tormoz uskunalari


2. AMALIY ISH.

YO’LOVCHI LOKOMOTIV TORMOZ USKUNALARI
Ishning maqsadi: Lokomotiv tormoz uskunalari tormozning mexanik qismi haqida ma’lumotlar keltirish; Harakatdagi tarkibning tortishli birligi, richakli uzatmalar, iste’mol va tormoz magistrallari, barcha zamonaviy lokomotivlar avtotormoz uskunalarini ularni turi va ta’rifi hamda tormoz ish bo‘yicha xulosalar berish.
Harakatdagi tarkibning tortishli birligi (lokomotivlar. elektr va dizel-poezdlari) kompressor uskunalari bilan jihozlantan bo‘lib, kompressorlar, bosh rezervuarlar, bosim regulyatorlari, himoya klapani, moy ajratgichlar va havosovitgichlaridan tashkil topgan. Bu asboblar guruxi tormoz sistemasini siqilgan havo bilan ta’minlash va talab qilingan bosimdagi havo zahirasini to‘plash uchun hizmat qiladi. Bulardan tashqari bosh rezervuarlar havoni, unda sovutib, mavjud namlikdan va kompressor moyidan unga tushgan chiqindilardan xoli qilib, quritib beruvchilari hisoblanadi. Siqilgan havoni samarali tozalash va quritish uchun bosh rezervuarlar ketma-ket guruh bilan ikkitadan birlashtiriladi. Moy ajratgichlar turli seriyadagi lokomotivlarda turlicha o‘rnatiladi: bosh rezervuargacha va undan keyii yoki ular orasida. Himoya klapanlari bosim regulyatori ishdan chiqqanda, bosh rezervuardagi bosimni o‘ta oshib ketishini oldini oladi. Himoya klapanlariniig soni kompressor unumdorligi bilan aniqlanadi.

Iste’mol va tormoz magistrallari uchun diametrining shartli o‘tkazishi 32 mm (1 1/4) , barcha turdagi harakatdagi tarkib uchun standart bo‘lgan quvurln o‘tkazgich qo‘llaniladi. YUk poezdlarining tormoz magistralidagn ishchi bosim 0,53 - 0,55 MPa, yulovchilarda -0,50- 0,52 MPa dir.

Barcha zamonaviy lokomotivlar avtotormoz uskunalarini boshqarish uchun universal avtomatik tormozlarining № 394 yoki № 395 mashnnachi krani bilan va tez harakatlanuvchi yordamchi tormozi № 254 krani bilan, shuningdek mashinachi kranlarini to‘g‘ri yoqib -o‘chirish uchun va boshqaruv kabinasi almashtirilganda lokomotivni majburiy to‘xtatish uchun blokirovkalash № 367 M uskunasi bilan jihozlangan. Yuk lokomotivlari birlashtirilgan poezdlar tormozlarini boshqarishda pnevmatik sinxronizatsiyalash uchun qo‘shimcha uskunalar va № 418 pnevmoelektrik datchigi bo‘lgan tormoz magistralini ajratgichlari bilan jihozlangan.

Yukli harakatdagi tarkib yuk turidagi № 270 va № 483 havotaqsimlagichlari, yo‘lovchilari esa - № 292-001 havotaqsimlagichlari va № 305 elektrohavotaqsimlagichlari bilan jihozlangan. Yo‘lovchi poezdlari va motorvagonli harakatdagi tarkibni elektropnevmatik tormozlar bilan jihozlashda elektr iste’molchilari manbalari, mashnnachi krani kontrolleri va boshqaruv bloki qo‘shib qo‘yiladi.

Rekuperativli va reosgatli tormozlanishi bo‘lgan lokomotivlarda va zamonaviy elektropoezdlarda birdaniga elektr va pnevmatik tormozni ishlab ketishini oldini olish maqsadida, elektroblokirovkali uskunalar o‘rnatiladi.

Ba’zi seriyalardagi yo‘lovchi lokomotivlari va tezkor poezd vagonlari tormoz bosilishini tez to‘g‘irlaydigan qo‘shimcha uskunalar bilan jihozlangan. Tezkor yo‘lovchi vagonlarining tormozlari sxemalarida va diskli tormozi bo‘lgan harakatdagi tarkiblarda yuzaga (g‘ildirakning aylanmay harakatlanishi) qarshi uskunalar ko‘zda tutilgan. Ba’zi yuk vagonlari va dizel-poezdlarining vagonlari yuklashga bog‘lik bo‘lgan turli tormoz bosilishini ta’minlovchi yuk avtorejimi bilan jihozlangan.

Turli turdagi harakatdagi tarkib tormoz uskunalarining pnevma­tik sxemalari ko‘pgina umumiylikka ega. Tortishli harakatdagi tarkib va vagonlarning tormoz uskunalari sxemalarini prinsipial farqlari shundan iboratki, tortishli birliklarda (elektropoezdlardan tashqari ) iste’mol, boshqarish va tormozlash uchun tormoz uskunalarining barchasi, bu vaqtda vagonlarda faqat tormozlashni bajaruvchi asboblar o‘rnatiladi.

Tormoz uskunalarining pnevmatik sxemalarini umumiy kamchiligi unnng universalligining yo‘qligidadir. U tormoz silindrini havo bilan to‘ldirishda va undan havonn chiqarib yuborishda talab qilinadigan parametrlarni saqlanishini to‘la bo‘lmagan darajada ta’minlaydi. Hozirgi davrda tormoz uskunalarining takomillashtirilgan sxemalarnni qo‘llash boshlanmoqda va ularda quyidagilar ko‘zda tutilgan: tormoz silindridan siqilgan havoni chiqarish va to‘ldirish vaqtini pnevmatik tormoz ishini yaxshilash bilan kamaytirish; har bir seksiyaning avtomatik tormozlanishi maxsus ko‘zda tutilgan rezervuarlardan seksiyalar ajrab ketgan vaqtida bajariladi, bunda seksiyalararo pnevmatik birlashmalarda kalibrovkali drossellarni qo‘llanilanishini zarurati ehtiyojini yo‘qolishi; seksiyalararo birlashma soni impuls magistralini tormoz sistemasidan yo‘qotilishi evaziga to‘rttadan uchtagacha qisqartirilgan.

Tormoz uskunalarini, o‘xshash asboblarni qo‘llash vaularni turli seriyadagi lokomotivlarga bir xilda joylashtirishda bundan keyingi rivoji bo‘iicha ishlar olib borilmokda.Siqilgan havoni yanada samarali quritishda, pnevmatik tormozlar sistemalarida namlikni muzlashi va kondensatsiyasini oldini oluvchi, yangi adsorbsion uskunalar ishlab chiqilmokda.

Ishlab chiqarish va ishlatish jarayonlarida tormoz uskunalari doimiy ravishda takomillashib va rivojlanib bormoqda, shuning uchun uning sxemalari harakatdagi tarkibning bir xil turi uchun o‘ziga xoslikka ega bo‘lishi mumkin.



Download 289.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling