4. adm, agv, dgku avtomotrissalari tormoz jihozlarining joylashuvi. Tormoz uskunalarining tasnifi
Download 1.64 Mb.
|
7. ADM, AGV, DGKU avtomotrissalari tormoz jihozlarining joylashuvi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tormozlarni siqilgan havo bilan ta’minlash jihozlariga quyidagilar oid hisoblanadi
- Tormozlashni amalga oshiradigan jihozlar guruhiga quyidagilar kiradi
- Harakatlanuvchi tarkib elektropnevmatik tormozlar
4. ADM, AGV, DGKU avtomotrissalari tormoz jihozlarining joylashuvi. Tormoz uskunalarining tasnifi. Harakatlanuvchi tarkibningtormoz uskunalariasboblari siqilgan havo bosimi ostida ishlaydigan pnevmatikhamda mexanik (tormoz richagli uzalma) turlarga bo`linadi. Pnevmatiktormoz uskunalario`z maqsadiga ko`ra quyidagi guruhlarga ajraladi: tormozni siqilgan havo bilan ta’minlash jihozlari; tormozlarni boshqarish jihozlari; tormozlanishni amalga oshiradigan jihozlar; havo o`tkazuvchi quvur vatormozarmaturasi. Harakatlanuvchi tarkibtormoz uskunalariningtasniflanish sxemasi 2.1-rasmda keltirilgan. 4.1. –rasm. Harakatlanuvchi tarkib tormoz uskunalarining tasnifi Tormozlarni siqilgan havo bilan ta’minlash jihozlariga quyidagilar oid hisoblanadi: - kompressorlar; - muhofazalash klapanlari; - bosim rostlagichlari (regulyatorlari); - moy ajratgichlar; - boshrezervuarlar; - havo sovutgichlar. Tormozlarni boshqarish jihozlariga quyidagilar kiradi: - mashinist kranlari; - ko`makchi tormoz kranlari; - tormozniblokirovkalash qurilmalari; - juft tortuv kranlari; - avtostopklapanlari; - qo`yib yuborish signalizatorlari; - tormoz magistrali holatini nazorat qilish datchiklari; - manometrlar. Tormozlashni amalga oshiradigan jihozlar guruhiga quyidagilar kiradi: - havotaqsimlagichlar; - avtorejimlar; - zaxira rezervuarlar; - tormoz tsilindrlari. Havo o`tkazish quvurlari va armaturaga quyidagilar kiradi: - magistral quvurlari; - kranlar; - ulash engcha(rukav)lari; - moyvanamlik ajratgichlari; - filьtrlar va chang tutgichlar. Harakatlanuvchi tarkib elektropnevmatik tormozlar bilan jihozlanganida ta’minot jihozlariga elektr energiyasi manbai (statik o`zgartirgich, akkumulyator batareyalari, elektr boshqarish va nazorat qilish zanjirlari va b.), boshqarish asboblariga esa — kontroller, boshqarish bloki va shu kabilar qo`shiladi. Mos ravishda bunda armatura: klemma qutilari, elektrkontaktli ulanish rukavlari, signal lampalari ham qo`shiladi. Mahsus xarakat tarkibi quyidagi tormoz uskunalaridan tashkil topgan: a) friksion qismlardan – tormoz kolodkasi g’ildirak (nakladka disk), ular tormoz kuchini xosil qilib, harakatlanayotgan poezdning energiyasini TK (tormoz kolodkasi) orqali so`ndiradi; b) tormoz silindrlari (TS) – richakli uzatishlari orqali tormoz kolodkasining g’ildirakka siqilgan havo bosimi evaziga porshenga siqilishini ta’minlaydi; v) g’amlama rezervuar (G’R) – har bir vagonda tormoz silindrini to`ldirish uchun zarur bo`lgan siqilgan havoni akkumulya¬tsiya qilib yig’adi; g) havotaqsimlagichlar (HT) – g’amlama rezervuarni zaryadkalaydi va qo`yib yuborishda TS ni atmosfera bilan, shuningdek tormozlashda G’R bilan aloqalaydi; d) tormoz magistrali (TM) – vagonlar va lokomotivlardagi tormozlarni bir butun sistemaga bog’laydi. UHT bilan ulanadi va diametri (ø 1/4") po`lat quvurli bo`lib, vagonlararo chetki kranlarning egiluvchan rezina matoli engchalari bilan birlashtiriladi. Lokomotivda esa faqat quyidagilar mavjud: a) bosh rezervuar (BR) bilan birgalikda kompressor uskunasi, ularda avtomatik ravishda havo bosimi (7,5...9,0 atm) saqlanadi; b) mashinachi krani (MK) № 394,395 – TM ni poezd holatida kran ushlagichi orqali siqilgan havo bilan ta’minlaydi va zaryadkalaydi xamda unga ulangan G’R va HT larni 5,0...6,2 atm bilan zaryadkalaydi (poezd turiga qarab yulovchi uchun – 5,0...5,2 atm; yukli uchun – 5,3...5,5 atm, og’ir yukli uchun – 6,0...6,2 atm). Tormozlash uchun mashinachi krani MK yordamida magistraldagi bosimni berilgan kattalikka pasaytiradi (hizmat yuzasidan tormozlashda 0,4...0,7 dan 1,5 atm oralig’ida, tez to`xtatishda TM atmo¬sfera bilan aloqada qilish yo`li bilan). Bosimni kamayishi TM orqali har bir HTga uzatiladi, unda TS qanchalik katta bosim xosil qilinsa, shunchalik TM qattiqroq razryadlanadi. Qo`yib yuborishda – mashinachi krani ushlagichini tegishli holatiga burash bilan TM dagi bosimni oshiradi. HT bilan barcha poezddagi TS ni atmosfera bilan aloqalaydi. Elektropnevmatik tormozda – harakatdagi tarkibning xar bir birligi elektromagnit ventili (EMV) bilan jihozlangan bo`lib, u lokomotiv tomonidan boshqariladigan umumiy zanjirga ulangan va tormozlashda TS ni siqilgan havo bilan to`ldirishni va qo`yib yubo¬rishda atmosfera bilan aloqalanishini ta’minlaydi. Lokomotivda shuningdek yana quyidagilar mavjud: lokomotivning № 254 yordamchi tormoz krani (YOTK) va kompressor ishlab chiqarishini to`g’irlab turuvchi bir qator asboblar xamda tormoz sistemasini ortiqcha namgarchilik, moy, changdan asrovchi avtomatik uskunalar (datchiklar, manometrlar, ajratish kranlari). Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling