4. adm, agv, dgku avtomotrissalari tormoz jihozlarining joylashuvi. Tormoz uskunalarining tasnifi
Tormoz sistemalarining asosiy printsipial sxemalari
Download 1.64 Mb.
|
7. ADM, AGV, DGKU avtomotrissalari tormoz jihozlarining joylashuvi
Tormoz sistemalarining asosiy printsipial sxemalari
a) Noavtomatik tugri ta’sir qiluvchi tormoz: Kompressor 1 tormoz sistemasini siqilgan havo bilan bosh rezervuarlarga 3 dam berib to`ldirilishini ta’minlaydi. Saqlovchi klapan 2 rezervuardagi eng yuqori yo`l qo`yilgan bosimni nazorat qiladi. Mashinachi kraniga 4 havo quvuri 5 ulangan, u TS 6 bilan aloqalanib, harakatdagi tarkib birligini o`zaro egiluvchan engchalari 8 yordamida chetki kranlari 7 bilan birlashgan. b) Avtomatik to`g’ri ta’sir qiluvchi va to`g’ri ta’sir qilmaydigan tormoz: Bu tormoz harakatdagi tarkib birligining xar biridagi rezervuarlarda 4 siqilgan havo zaxirasini saqlanishi bilan xarakterlanadi, u tormoz magistralidan 3 HT 5 orqali zaryadlanadi. HT tormozlashda TS 6 ni G’R 4 dan magistraldagi (TM) uni tegishli bosimgacha kamaytiradi. Bosimni tushishi saqlanishi bilan (perekrisha holati) TS da belgilangan bosim saqlanadi. Qo`yib yuborish – TM bosimni oshishi bilan ta’minlanadi bunda XT TS ga atmosfera orqali aloqalanadi. To`g’ri ta’sir qiluvchi tormozda TS chikib ketgan siqilgan havo HT orqali G’R dan o`tib to`ldiriladi, u esa TM zaryadkalanadi. TM da o`rnatilgan bosim MK – 2 orqali havo chiqib ketganda BR bilan aloqalanishi evaziga saqlanadi. TM ajrab ketsa, XT poezdning bir tomonidan ishlab ketadi va TS BR bilan aloqalanadi. Elektropnevmatnk tormoz – bu tormozlar o`zaro almashinuvchi sxemalar bilan bajariladi. Ularning eng keng tarqalgani birta: a) to`g’ri ta’sir qiluvchi – unda TS dagi bosim elektr impulslar bilan harakatlanuvchi maxsus rele orqali boshqariladi. b) avtomatik – bunda elektromagnit ventillar bosim bilan tormoz magistralining butun uzunligi bo`yicha birdaniga uni to`xtatishda atmosfera bilan aloqalaydi va qo`yib yuborishda siqilgan havo manbai bilan boshqaradi. TS ni havo bilan to`ldirish va havoni chiqarilishini HT bajaradi, chunki ular bosqichli qo`yib yuborishga ega. Elektropnevmatik tormozda boshqaruv elektrik, siqilishi (pnevmo) esa siqilgan havo evaziga bajariladi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling