2-Amaliy. Ko‘p modeli texnologik oqimlar uchun ketma-ketlik tuzish


Download 26 Kb.
Sana08.05.2023
Hajmi26 Kb.
#1441573
Bog'liq
2- Amaliy




2-Amaliy.


Ko‘p modeli texnologik oqimlar uchun ketma-ketlik tuzish.
Ko‘p fasonli ketma - ketlik jadvali
Jadval



Bo‘linmas
operatsiya
ketma-ketlik
nomer

Bo‘linmas operatsiyalar
nomi

Mutaxassislik



Razryad

Vaqt sarfi (sek)



Jixoz va moslamalar.




А


B


C





1

2

3

4

5

6

7

8





















































































Texnologik jihatdan bo‘linmaydigan operatsiyalarning nomlari hamma fasonlar uchun yozib chiqiladi.Operatsiyalarni bajarish uchun ajratilgan vaqtni har bitta fason uchun operatsiyaning mehnat sarfiga bog‘liq ravishda yozib chiqiladi; agar bironta fasonda qaysidir operatsiya yo‘q bo‘lsa jadvalning tegishli xonasiga shu operatsiya uchun ajratiladigan vaqt yezilmaydi. Har qaysi fasonda kiyimning detallari va tugunlari bo‘yicha biriktirish va pardozlash operatsiyalari vaqtining yig‘indisi, shuningdek, har qaysi fasondagi bitta kiyimni ishlab chiqarish uchun ajratilgan umumiy vaqt yig‘indisi hisoblab chiqiladi.


Tashkiliy operatsiyalarni komplektlash ishini yengillashtirish uchun bo‘linmas operatsiyalar kartotekasidan foydalanish maʼkul. Bunda har qaysi texnologik jihatdan bo‘linmaydigan operatsiyaga bittadan kartochka (uning o‘lchami 10*8sm ) tutilib, unga quyidagilar yoziladi; kiyimning nomi, model nomeri, bo‘linmas operatsiyaning nomeri va mazmuni, ishning razryadi va qaysi mutaxassislikka oidligi, ishlatiladigan uskuna, bo‘linmas operatsiya uchun ish birligi vaqti. Bunday kartochkalar mehnat taqsimotini tuzishdagina emas balki yangi fasondagi yoki yangi turdagi kiyim ishlab chiqarishning texnologik tartibini tuzishda ham qulaylik beradi. Kartochkalar texnologik tartibi bo‘yicha qutichaga qo‘yiladi. Modelning va ish harakterining qandayligiga qarab kartochkalarning rangi har xil bo‘lishi mumkin.
Ishlab chiqarish oqimining quvvatiga qarab kiyim ishlab chiqarish jarayonini maʼlum miqdordagi ishchilar bajaradi. Oqimdagi har bir ishchi ishlab chiqarish jarayonining biron qismini bajaradi. Ishlab chiqarish jarayonining texnologik jihatidan bo‘linmaydigan bitta yoki bir necha operatsiyadan iborat va belgilangan vaqt ichida bitta yoki bir necha ishchi bajaradigan qismi tashkiliy operatsiya deb ataladi. Tashkiliy operatsiyalarning soni va strukturasi oqimning quvvatiga va undagi tashkiliy shakllarga bog‘liq.
Tashkiliy operatsiyalarning soni va tuzilishi oqimning quvvatiga qarab belgilanadi. Kam quvvatli oqimlarda har bitta tashkiliy operatsiyaning bajarilish vaqti ko‘prok bo‘ladi. Bu bo‘linmas operatsiyalarni turli mutaxassislikka va turli tarif razryadlariga tegishli qilib komplektlashni talab kiladi. Katta quvvatli oqimlarda har bitta tashkiliy operatsiyaning bajarilish vaqti kamroq bo‘lib bu bo‘linmas operatsiyalarni bitta mutaxassislikka tegishli qilib komplektlash imkonini beradi. Ishlab chiqarish oqimdagi tashkiliy operatsiyalarning tuzilishiga taʼsir qiladi. To‘g‘ri chiziq buylab harakatlanadigan oqimlarda tashkiliy operatsiyalarni komplektlashda operatsiyalarning bajarilish tartibiga katʼiy rioya qilinishi kerak.
To‘g‘ri chiziq buylab harakatlanmaydigan (kam seriyali oqimlar kabi) oqimlarda yarimfabrikat bir joyga yana qaytib kelishi mumkin,tashkiliy operatsiyalarni ishlab chiqarish siklining turli vaqtida bajariladigan bo‘linmas operatsiyaning bajarilishi uchun kerakli vaqt belgilanadi.
Takrorlash savollari:

  1. Bo‘linmas operatsiyalar vaqti qanday hisoblanadi?

  2. Ko‘p fasonli ketma-ketlik jadvali qanday tuziladi?

  3. Tashkiliy operatsiya deb nimaga aytiladi?

Tayanch iboralar
Bo‘linmas operatsiya, bo‘linmas operatsiyalar soni, mazmuni, buyum ketma-ketligi, mutaxassislik, razryad, vaqt sarfini hisoblash jihozlarni va moslamalarni tanlash usullari, bir fasonli ketma-ketlik jadvali, ko‘p fasonli ketma-ketlik jadvali,
Download 26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling