2. Amaliy masalalarni modellash
Kompyuterda modellashtirish talabalarni tadqiqotlarga undaydi
Download 24.7 Kb.
|
Amaliy masalalarni modellash.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Matematik modellashtirish va uning bosqichlari
Kompyuterda modellashtirish talabalarni tadqiqotlarga undaydi
Hozirgi kunda O‘zbekiston Milliy universiteti rahbariyati bilan hamkorlikda, Fizika fakulteti talabalariga «Biofizikaviy va biokimyoviy jarayonlarni kompyuterda modellashtirish» onlayn kursi tashkil qilindi. Ta'kidlab o‘tishim kerak, talabalar ushbu kursni katta qiziqish bilan qabul qilishdi va modellashtirish sirlarini faol o‘rganishmoqda. Kompyuter simulyatsiyasi moslashuvchan, dinamik hamda interaktivdir. Shu sababli talabalarda tadqiqot va izlanishga qiziqish uyg‘otadi. Bunda talabalar turli xil parametrlarning qiymatlarini o‘zgartirib, ularning ta'sirini kuzatish orqali ilmiy tushunchalar va g‘oyalar to‘g‘risida o‘z xulosalarini chiqaradilar. Ko‘pgina tadqiqotchilar kompyuter simulyatsiyasining interaktivligi va talabalarni jalb qilish xususiyati, ularning bilim olishini yaxshilashda uning afzalliklarini oshirish uchun kalit ekanligini ta'kidlashadi. Interfaol kompyuter simulyatorlari talabalarga o‘zlarining kashfiyotlarini boshqarish va egalik qilish hissini beradi va shu bilan ularning ma'lumotni tushunish va tahlil qilish qobiliyatini oshiradi. Ushbu simulyatsiyalar real dunyo hodisalarini qayta tasavvur qilish imkoniyatini beradi. O‘zMU bilan hamkorligimizni davom ettirib, kelajakda turli loyihalarga bakalavr, magistr va PhD talabalarni jalb qilishni rejalashtirganmiz. Shubhasiz, ushbu hamkorlik talabalar ilmiy faoliyatini yangi bosqichga olib chiqadi. Hozirgi jahon tajribasini hisobga olgan holda aytishim mumkin, O‘zbekistondagi barcha OTMlar kompyuterda modellashtirish yo‘nalishlarini tashkil qilishni jiddiy o‘ylab ko‘rishlari kerak. O‘zbekiston dunyoga ochilayotgan bir vaqtda, yaqin 4-5 yil ichida kompyuterda modellashtirish mutaxassislariga ehtiyoj sezilarli darajada ortadi. Ushbu talabga muvofiq holda professional kadrlar tayyorlashni tizimli yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Matematik modellashtirish va uning bosqichlari Matematik modellashtirish aniq fanlardagi turli amaliy masalalarni yechishda muvaffaqiyat bilan qo`llanib kelinmoqda. Matematik modellashtirish uslubi masalani xarakterlaydigan u yoki bu kattalikni miqdor jixatdan ifodalash, so`ngra bog`liqdigini o`rganish imkoniyatini beradi. Uslub asosida matematik model tushunchasi yotadi. Download 24.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling