Urganch tumanidagi 23-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabida “ Xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko`rish hamda maktablarni attestatsiya va akkreditsiyadan o`tkazish masalasiga bag`ishlab o`tkazilgan semenar bayonnomasi №2


Download 23.27 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi23.27 Kb.
#207146
Bog'liq
23-bayonnoma PISA


Urganch tumanidagi 23-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabida “ Xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko`rish hamda maktablarni attestatsiya va akkreditsiyadan o`tkazish masalasiga bag`ishlab o`tkazilgan semenar

BAYONNOMASI № 2

22. 01.2021 yil Qoromon qishlog’i

Qatnashdilar : Yig`ilish raisi: U. Xamrayeva-maktab direktori

Sh. Madrahimova- O`TIBDO`

pedagoglar jamoasi (36 nafar )

KUN TARTIBIDA:

Xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko`rish hamda maktablarni attestatsiya va akkreditatsiyasidan o`tkazish masalasi haqida.

ESHITILDI:

Kun tartibidagi masala yuzasidan maktab direktroi U. Xamrayeva so`zga chiqib Xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko`rish hamda maktablarni attestatsiya va akkreditatsiyasidan o`tkazish masalasi haqida to`xtaldi. Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish, xalqaro aloqalarni o`rnatish, o`quvchi yoshlarning ilmiy tadqiqot va innovatsiya faoliyatini eng avvalo, yosh avlodning ijodiy g`oyalari va ijodkorligini har tomonlama qo`llab- quvvatlash maqsadida tadbiq qilinayotgan Xalqaro tadqiqotlarning ahamiyati tog`risida gapirib o`tdi. Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora –tadbirlar to`g`risida”gi 2018-yil 8- dekabrdagi 997-sonli qarori bilan tanishtirdi. 2020-2021- o`quv yilining fevral –mart oylarida ta’lim muassasasi attestatsiya va akkreditatsiyasidan o`tkazilishi haqida ham to`xtalib o`tdi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan maktab direktoridan keyin o`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari Sh. Madrahimova so`zga chiqib, ustozlarni O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019- yil 7- iyundagi 470-sonli qarori bilan tanishtirib, “Davlat ta’lim muassasalari hamda nodavlat ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o`tkazish tartibi to`g`risida”gi nizom bilan tanishtirdi. Mazkur nizomda keltirilgan 5 bob, 64 bandning mazmun-mohiyatini to`la –to`kis yoritib berdi. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig`i U. Tashkenbayevning 2019-yil 19- oktyabrdagi 213-sonli “Umumiy o`rta ta’lim maktablarini attestatsiya va akkreditatsiyasidan o`tkazishni tashkil etish to`g`risida”gi buyrug`i bilan tanishtirdi va umumiy o`rta ta’lim muassasalarini ichki baholash va tashqi baholash tartibi to`g`risidagi salayd bilan tanishtirdi . Maktab attestatsiya va akkreditatsiyasidan o`tkazish davrida bitiruvchi 4-, 9-, 11-sinf o`quvchilaridan ichki va tashqi nazorat ishlari o`tkazilishi to`g`risida ham aytib o`tdi. Ushbu sinflardan nazorat o`tkaziladigan fanlar bilan tanishtirdi.

Shundan so`ng, Sh. Madrahimova O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri Sh. Shermatovning “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 2018-yil 14- dekabrdagi 316-sonli buyrug’i bilan tanishtirdi. O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Xorazm viloyati xalq ta’limi boshqarmasi Ta’lim sifati monitoring bo`limi tomonidan tavsiya qilingan “PISA tadqiqotlariga tayyorgarlik ko`rish va o`tkazishning o`ziga xos xususiyatlari” mavzusidagi slaydlar bilan tanishtirdi.

Xalqaro tadqiqotlar bo`yicha trener o`qituvchilar: ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi M. Jumaniyozova, matematika fani o`qituvchisi N. Salayeva, fizika fani o`qituvchisi D. Jumaniyozovalar seminar ishtirokchilarini PISA (15 yoshli o`quvchilarning o`qish, matematika va tabiiy yo`nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholash), TALIS (rahbar va pedagog kadrlarning umumiy o`rta ta’lim muassasalarida o`qitish va ta’lim olish muhitini hamda o`qituvchilarning ish sharoitlarini o`rganish), PIRLS(boshlang`ich 4-sinf o`quvchilarining matnni o`qish va tushunish darajasini baholash), TIMSS(4 va 8-sinf o`quvchilarining matematika va tabiiy yo`nalishdagi fanlardan o`zlashtirish darajasini baholash) haqida ma’lumot berdilar.
Yuqoridagilarni tinglab yig`ilish

QAROR QILADI:



  1. Yuqoridagilarning ma’ruzalari ma’lumot uchun qabul qilinsin.

  2. Maktabda Xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko`rish hamda maktablarni attestatsiya va akkreditatsiyasidan o`tkazish masalasi muhokama qilingan hisoblansin.

3. Xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko`rish hamda maktablarni attestatsiya va akkreditatsiyasidan o`tkazish masalasi to`g`risida belgilangan chora-tadbirlani amalga oshirish maktabning O`TIBDO` Sh. Madrahimova zimmasiga yuklatilsin.

Yig`ilish raisi: U. Xamrayeva



Yig`ilish kotibi: M. Yoqubova
Download 23.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling