Kurs ishi mavzu: Ko’p fotonli jarayonlar. Topshirdi: Salayeva. H. Qabul qildi: Matyoqubov. H
Download 235.9 Kb.
|
Lazer kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- KURS ISHI Mavzu : Ko’p fotonli jarayonlar. Topshirdi: Salayeva.H. Qabul qildi: Matyoqubov.H
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI Urganch Davlat Universiteti fizika-matematika fakulteti fizika yo’nalishi 191-guruh talabasi Salayeva Hilolaning “Lazer fizikasi” fanidan tayyorlagan KURS ISHI Mavzu: Ko’p fotonli jarayonlar. Topshirdi: Salayeva.H. Qabul qildi: Matyoqubov.H Urganch – 202_ Mundarija. Kirish………………………………………………………………….3 I.Bob.Lazerlar haqida umumiy ma’lumot…………………………….5 1.1.Lazerlarning yaratilish tarixi……………………………………….5 1.2.Muhitda tarqalayotgan nurlanishning yutilishi va kuchayishi…….9 II.Bob.Lazer nurlanishining xususiyatlari…………………………….12 2.1. Nochiziqli optika…………………………………………………122.2.Ko’p fotonli jarayonlar…………………………………...……….15 2.3. Lazer nurlanishining monoxramatikligi, kogorentligi, qutblanishi.16 Xulosa……………………………………………………………….…21 Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………….……..22 Kirish. Keyingi yillarda turmushimizning barcha sohalari qatori ilm-fan va ta’lim sohasiga ham katta ahamiyat berilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2017-yil 14-martdagi “o’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora - tadbirlari to‘g‘risida hamda 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirishning chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” Qarori ham bu sohadagi amalga oshirilayotgan ijobiy ishlarning mantiqiy davomi bo‘ldi. Ushbu qaroming ijrosini ta’minlashga yo‘naltirilgan dasturda o‘rta maxsus hamda Oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy o‘quv, o‘quv-uslubiy va ilmiy adabiyotlar bilan ta’minlash nazarda tutilgan. Shuni inobatga olgan holda yuqoridagi qarorlarning ijrosi sifatida hozirgi zamon fizikasining dolzarb yo‘nalishlariga bag‘ishlangan ushbu o‘quv qo‘llanma tayyorlandi. Ma’lumki. bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri fundamental fanlar yo‘nalishidagi ixtiro va yangi ishlanmalami amaliyotga imkoniyat darajada joriy qilishdan iborat. Bu esa o‘z navbatida fundamental fanlaming rivojlanishiga turtki bo’lmoqda. Lazerning ixtiro qilinishi va kogerent nurlanishning amaliyotga qo‘llanilishi fan bilan amaliyot orasidagi o‘zaro uzviylilikning integratsiyasining namunasi bo‘la oladi. Hozirgi vaqtda fan va texnikadagi ba’zi sohalami lazersiz tasavvur etib ham bo‘lmaydi. Mazkur hollar o‘z navbatida lazerlami ilmiy asoslarini yanada rivojlanishini talab etmoqda. Ishlab chiqarishning samarali rivoji borgan sari sodda hamda ishonchli asboblami yaratmoqda. Bunday 3 talablarga lazer texnologiyasi javob beradi. Haqiqatan ham birbiriga o‘xshamagan fan sohalarida lazerlardan muvaffaqiyatli foydalanilmoqda, jumladan, ular optik aloqa, qishloq xo‘jaligida, jarayonlarni nazorat qilish, radikallar kimyosi, golografiya, tibbiyot, izotoplarni ajratish, integral sxemalami tayyorlash hamda sanoatda payvandlash va hokazolardir. Mazkur sohalar o‘z navbatida lazerlarga taalluqli ilmiy tadqiqot ishlarini keskin rivojlantirishni taqozo etmoqda. Kvant elektronikasi-hozirgi zamon fizikasini elektromagnit to’lqinlarni majburiy nurlanish vositasida yuzaga keltirish (generatsiyalash) hamda ularni kuchaytirish usullarini o‘rganuvchi muhirn qismi hisoblanadi. Bunda optik kvant kuchaytirgichlar va generatorlaming xususiyatlari hamda ulaming turli maqsadlarda qo‘llanilish vositalari o‘rganiladi. Optik kvant generatorlar (OKG) - lazerlaming, yuqori energiyaga ega bo‘lishi lazer nurining ajoyib xususiyatlari nomoyon bo‘lishi bilan bog’liqdir. Kvant generatorlarining yorug‘lik nurlari chiqaruvchilari optik kvant generator yoki lazer nomini olgan. Lazer so‘zi inglizcha “Light amplification by stimulated emission ofradiation ” so‘zlarining bosh harflaridan tuzilgan qisqartirilgan nom bo‘lib ‘majburiy nurlanish vositasida yorug’lik nurlanishini kuchaytirish, degan ma’noni bildiradi. Nemis fizik olimi A.Eynshteyn 1916-yili kvant tushunchalari asosida yorug'likning yutilishi yoki nurlanishi biror energetik holatdan boshqa energetik holatga o‘tishda majburiy nurlanish jarayoni boMishi mumkinligi to‘g‘risida o‘zining fikrini aytib, emperik formula tavsiya etadi. A. Eynshteyn taxminiga ko‘ra atomning uyg‘ongan holatdan asosiy holatga o‘tishida nur chiqarishi ikki usul bilan, o‘z - o‘zidan va majburiy nurlanish vositasida yuz berishi mumkin. Yorug’lik nurlari uchun majburiy nurlanish o‘z - o‘zidan nurlanishga nisbatan juda kuchsiz bo‘lgani uchun uni asosiy nurlanishdan deyarli ajratib boMmaydi. Shuning uchun majburiy nurlanish dastlab o‘ta yuqori chastotali (O'YUCH) to‘lqinlar bilan tajriba olib borishda kuzatilgan. 1954-yiI N.G.Basov, A.M.Proxorov va Ch.X.Tauns tomonidan molekular kvant generator (mazer) yaratildi. Mazer - yuqori yo‘nalganlikka ega boigan o‘zgarmas aniq chastotada quvvatli kogerent elektromagnit nurlanish hosil qiluvchi qurilmadir. Mazerning ishlashi ammiak molekulalarining majburiy nurlanishiga asoslangan. Bunda ammiak molekulalarining 24 Ggs chastotada kogerent nurlanish xususiyatiga ega bo’lishi kuzatilgan. Optik to‘qinlari oralig‘ida majburiy nurlanishni chiqaradigan mazerlami - lazerlar deyiladi. 1964-yili kvant elektronika sohasiga tegishli fundamental tadqiqotlar uchun Rossiya olimlari N'.GJBasov va A.M.Proxorov hamda amerikalik olim Ch.X.Tauns Nobel mukofotiga sazovor boMishgan. T.G.Meyman tomonidan amalda birinchi marta lazer nuri olingan bo‘lsa, hozirgi vaqtda, ham quvvat jihatidan, ham spektming ishchi sohasi bo‘yicha monoxromatik lazerlar yaratildiki, ular mazkur fan sohasida bo‘layotgan ulkan rivojlanishdan dalolat beradi. Lazerlar to‘g‘risida gap borganda ulaming murakkab tabiatini, ularni qo‘llanilish sohasi keng va rang - barangligini e’tiborga olish zarur. Download 235.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling