Kurs ishi mavzu: Ko’p fotonli jarayonlar. Topshirdi: Salayeva. H. Qabul qildi: Matyoqubov. H


Download 235.9 Kb.
bet4/13
Sana22.02.2023
Hajmi235.9 Kb.
#1221796
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Lazer kurs ishi

Mazer (Maser - microwave amplification by stimulated emission of radiation) - ingliz so‘zlaridagi bosh harflardan tashkil topgan va mazmuni mikroto‘lqinni majburiy nurlanish hisobiga kuchaytirishdir. Shu ishlari uchun ular 1964 yili Nobel mukofotining sovrindori bo‘lishdi.

Kvant elektronikasining rivojlanishi elektromagnit to‘lqinning yangi, infraqizil va ko‘zga ko‘rinuvchi sohalarida kogerent nurlanish olishga yo‘naltirildi. Dunyoning ko‘p ilmiy laboatoriyalarida lazerlar yaratish ustida ish boshlab yuborildi. Bu ishlarning rivojlanishida A.M. Proxorovning kvant qurilmalarida ochiq optik rezanotor sifatida Fabri-Pero ( etaloni) interferometrini qo‘llash g‘oyasi hal qiluvchi omil bo‘ldi.

Birinchi gazli lazer (Laser – light amplification by stimulated emission of radiation – ya’ni yorug‘likni majburiy nurlanish hisobiga kuchaytirish demakdir) 1961-yilda neon va geliy aralashmasida yaratildi. Uzluksiz ish holatida infraqizil sohada to‘lqin uzunligi 1,15 mkm bo‘lgan kogerent nurlanish berdi. 1962-yilda geliy-neon lazerlarida ko‘zga ko‘rinadigan sohada, 0,63 mkm to‘lqin uzunlikli, qizil rangli kogerent nurlanish hosil qilindi. Shundan beri geliy–neon lazeri takominllashib kelinmoqda.Qattiq jism lazеrlariga misоl sifatida yoqut, ittriy – alyuminiy granati (IAG) va shisha lazеrlarini ko’rsatish mumkin. Aktiv iоnlar kristallik yoki amоrf jismlar panjaralariga aralashma sifatida kiritiladi. Qattiq jism lazеrlarining aktiv mоddalari uch va to’rt enеrgеtik satxlidir. Qattiq jism lazеrini ishlatish qulay, оsоn va quvvati juda katta. Lazеrlarning taraqqiyoti umuman qattiq jism lazеrlaridan bоshlangan. Qattiq jism lazеrlarida elektroaktiv kirishma atomlari mavjud bo’lsa, ularning ionlari energetik satxlarda yorug’lik (optik) nurlari yordamida invers to’ldirish hosil qilinadi. Bunday lazerlar samarali ishlashi uchun ular:


  • - Katta kuchaytirish koeffitsientiga ega bo’lishi;

  • - Optik jihatdan bir jinsli;

  • - Mexanik mustaxkam va issiqlikka chidamli;

  • - Texnologik ishlovlarga qulay;

  • - Katta o’lchamli aktiv qismlar tayyorlash imkoniga ega;

  • - Issiqlik o’tkazuvchanligi yuqori bo’lishi kerak.

  • Bu talablarga javob beruvchi aktiv elementlar soni cheklangan bo’lgani uchun qattiq jismli lazerlar turlari ham cheklangan. Amalda ko’proq rubin, oyna va ittriy-alyuminiyli granatdan yasalgan lazerlar ishlatiladi. Neodimli shisha asosidagi lazerlarda 4 satx ishlaydi. Shisha matritsa asosidagi lazerlarning afzalligi, katta o’lchamli diametri 5-10 sm, uzunligi 2 m li aktiv elementlar tayyorlash mumkin. Bu esa katta energiyali nurlanish impulslari olish imkonini beradi. Bu lazerlar nurlanish energiyasi diapazoni kengligi va arzonligi bilan boshqa lazerlardan (rubinli) ustun turadi.



Download 235.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling